32
birgalikda 16 yoshga to‘lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan kishilar ham
mehnat
qilayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, mehnat resurslari (MR) mehnat
yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va
nafaqachilar (IN)dan iboratdir.
Mehnat resurslari sonini quyidagicha hisoblash mumkin:
MR = MYO – N + IYO + IN.
Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi;
N – I-II guruh nogironlari.
O‘zbekiston mehnat resurslari bilan yuqori darajada ta’minlangan mamlakat
hisoblanadi. Respublikada yoshlar ko‘p bo‘lganligi sababli, ular mehnat yoshiga
yetgan sari mehnat resurslari soni yildan – yilga oshib bormoqda. Yo.
Abdullayevning “Statistika nazariya”sidagi (Yo. Abdullayev. Statistika nazariyasi.
T.: «O‘qituvchi», 2002, 484 bet) ma’lumotlarga asosan Respublikada 1990 yilda
mehnat qilish yoshida 10,0 mln. aholi bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilda 12,4 mln.
kishi
bo‘lgan, 2005 yili esa 14,0 mln. kishi bo‘lishi prognoz qilingan.
Mehnat resurslarini quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlab o‘rganish mumkin:
•
mulkchilik shakli bo‘yicha;
•
xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha;
•
ijtimoiy guruhlar bo‘yicha;
•
yoshi va jinsi bo‘yicha;
•
ma’lumoti bo‘yicha;
•
millati bo‘yicha va hokazo.
Hududlar bo‘yicha mehnat resurslari o‘rganilib, bu hududlarda aholining
bandlik darajasi, ishsizlik va shu kabi ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqarishni
joylashtirish, hamda qaysi tarmoqlarni ustuvor rivojlantirish masalalari hal qilinadi.
Mehnat resurslari mulkchilik shakli belgisi bo‘yicha asosan 2-ta katta
guruhga: davlat va nodavlat sektorida band bo‘lganlarga bo‘linadi.
Lekin nodavlat
sektori o‘z navbatida: hissadorlik jamiyatlari, ijara korxonalari, xususiy korxonalar va
dehqon xo‘jaliklariga guruhlanib o‘rganiladi. Bunday guruhlash natijasida aholining
asosiy qismi qanday mulkchilik tasarrufida ishlayotgani va uning tarkibi qanday
o‘zgarayotganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda hozir
mehnat resurslarining 70 % dan ko‘prog‘i nodavlat sektor xo‘jaliklarida band va bu
hissa yildan-yilga oshib bormoqda.
Mehnat resurslarining tarmoqlar bo‘yicha o‘rganilishi makroiqtisodiy
statistikada muhim ahamiyatga ega. Chunki mehnat resurslarining
qaysi tarmoqda
ko‘p bandligiga qarab mamlakat iqtisodiyotiga baho beriladi. Agarda sanoatda band
bo‘lganlar salmog‘i yuqori bo‘lsa (qishloq xo‘jalik tarmog‘ida band bo‘lganlardan)
bunday mamlakatlarni industrial iqtisodiyotli davlat deyiladi. Agarda mehnat
resurslarining katta qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lsa, bunday mamlakat agrar
iqtisodiyotli davlat hisoblanadi.
Mehnat resurslari quyidagi vaqtlarda ko‘payishi mumkin:
•
16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga;
33
•
Ishga jalb qilingan nafaqachilar hisobiga (shu jumladan imtiyozli
nafaqaga chiqqanlar ham);
•
Shu hududga boshqa yerlardan kelib, ishga qabul qilinganlar hisobiga.
Bu ko‘rsatkichlarning har birining koeffitsientlarini aniqlab, ularning mehnat
resurslarining ko‘payishiga ta’sirini o‘rganish mumkin. 16 yoshni to‘ldirgan
yoshlar
hisobiga mehnat resurslarining ko‘payish koeffitsienti (YOQ
16
) 16 yoshni to‘ldirgan
yoshlar sonini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo‘lib topiladi.
YO
16
x 1000
YOK
16
=
--------------;
MLA
Bu yerda MLA = mehnatga layoqatli aholi soni.
Bu ko‘rsatkich har yili 16 yoshga to‘lgan yoshlar hisobiga iqtisodiy faol aholi
soni qanchalik ko‘payishini bildiradi. Respublikamizda yoshlar ko‘p, demak bu
ko‘rsatkich Respublikamizda MDH davlatlriga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
Ishga jalb qilingan nafaqachilar koeffitsienti (NK) ishga qabul qilingan
nafaqachilar sonini (IN) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo‘lib
topiladi.
NK =
;
1000
MLA
IN
⋅
Bu ko‘rsatkich nafaqaga chiqqan, lekin tajribali, yuqori malakali xodimlardan
unumli foydalanish bilan birga, ularning moddiy va manaviy ehtiyojlarini
yaxshilash borasidagi ishlarni bildiradi.
Hududga ko‘chib kelgan va ishga qabul qilinganlar koeffitsienti (HKIQ)
hududga ko‘chib kelib, ishga qabul qilinganlar sonini (HKIQ)
mehnat yoshdagi
mehnatga layoqatli (MLA) aholi soniga bo‘lib topiladi
HKIQ x 1000
HKKK = --------------------;
MLA
Bu ko‘rsatkich hududda mehnat resurslari migratsiya natijasida mehnat
resurslari qanchalik ko‘payganligini bildiradi.
Mehnat resurslari turli sabablarga asosan kamayishi mumkin, ularning asoslari
quyidagilar:
•
Mehnat qilish yoshidan o‘tib, nafaqaga chiqadiganlar;
•
Ushbu yilda mehnat yoshida vafot etganlar;
•
Shu hududdan boshqa yerlarga ko‘chib ketganlar va shu kabilar.
Bu ko‘rsatkichlarning mutloq miqdorlarini va koeffitsientlarini ham aniqlash
mutkin. Ko‘rsatkichlarning mutloq miqdorlarini aniqlash tushinarli =- statistik qayd
qilinadi. Ularning koeffitsientlari ularning mutloq miqdorlarini mehnat yoshidagi
mehnatga layoqatli aholi (MLA) soniga bo‘lib (promillda) topiladi.
YO. Abdullayevning «Makroiqtisodiy statistika» kitobida (t. mehnat -1998 yil)
92 bet) mehnat resurslaridan foydalanish darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi quyidagi bog‘lanish ifodalangan:
34
BBS
MEMALA MEA MR
Kb = -------------- . -------------- . -----------. -----------;
MEAMLA MEA MR A
Bu yerda: BBS – ish bilan band bo‘lgan aholi;
MEAMLA – mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi;
MEA – mehnat yoshidagi aholi soni;
MR – mehnat resurslari soni;
A – ja’mi aholi soni.
Bu bog‘lanish asosida har bir hissalar o‘zgarishi natijasida omillarning ta’siri
mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga qanchalik va qanday ta’sir qilganligini
aniqlash mumkin. Mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha mehnat resurslari
balansi tuziladi. Unda bir tomondan mehnat resurslari soni ko‘rsatilsa
ikkinchi
tomondan ularning foydalanishi xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha bandlar o‘quvchi-
talabalar va ishsizlar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: