Ma’ruza №1 Mavzu: Puxtalik nazariyasining asoslari. Reja


Mashina va jihozlarninng ishlash sharoiti va detallarning chidamliligi



Download 442,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana23.12.2022
Hajmi442,54 Kb.
#894597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.2. Mashina va jihozlarninng ishlash sharoiti va detallarning chidamliligi. 
 
Ishlatish va saqlash vaqtida har qanday mashina turli xil ichki va tashqi 
ta’sirlarga duchor bo’ladi. Natijada uning asosiy parametrlari va hususiyatlari 


buziladi. Mashinaning boshlang’ich xususiyatlari buzilishiga asosiy sabablar 
sifatida uning ish sharoitini buzilishini, unga o’z vaqtida texnik xizmat 
ko’rsatilmasligini, tuzatish sifati pastligi va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Odatda detallarning shikastlanishi mashinalarni ishlatish va ularga texnik 
xizmat ko’rsatish qoidalarining buzilishi natijasida va ayrim xollardagina 
metalning toliqishi yoki undagi yashirin nuqsonlar (darzlar, bo’shliqlar) oqibatida 
yuz beradi. Ishlatish qoidalariga amal qilinganda, tutash detallarning yeyilishi 
ularning ishlash vaqtiga bog’liq ravishda asta-sekin ortib boradi. Mashina 
detallarining 80% dan ortig’i yeyilish natijasida ishdan chiqadi. 
Mashinalarning puxtaligi tirsakli vallar, mahoviklar, shkivlar ishlaganda 
mashinalarning titrashiga ko’p darajada bog’liq bo’ladi. Ayrim detallarning 
tuzatish, almashtirish chog’ida ularning muvozanati buziladi, bu esa mashina 
ramasining titrashiga olib keladi. Tez aylanuvchi detallar ishlaganda yuzaga 
keluvchi titrash turli detallarda, podshipniklarda qo’shimcha yuklanishlar hosil 
qiladi.
Detallarning muvozanatlanmaganligi bir qancha sabablari: ularning 
o’lchamlari noto’g’riligiga, materialining zichligi notekisligiga, yig’ish paytidagi 
hatoliklarga bog’liq bo’lishi mumkin. O’qdoshlikning buzilishi natijasida 
vallarning podshipniklarida yuklanish keskin ortib ketadi, bu esa detallarning 
foydali ish koeffitsienti kamayishiga hamda ularning ortiqcha yeyilishiga olib 
keladi. 
1.3.Materiallarning yeyilishi, toliqishi va eskirishi. 
Mashinalar ishlayotganda tutash detallarning yeyilishi sababli ular o’rtasida 
ruxsat etilmagan kattalikdagi tirqishlar paydo bo’lib ular mashinalarning meyorida 
ishlashini buzadi. 
Yeyilish tezligi deganda yeyilish kattaligining shu yeyilish uchun ketgan 
vaqtga nisbati tushuniladi. 
Yeyilish jadalligi deb, yeyilish kattaligining shu yeyilish sodir bo’lgan 
yo’lga yoki bajarilgan ish hajmiga nisbatiga aytiladi. 
Texnologik mashina va jihozlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ularning 
ishchi organlariga fizik va kimyoviy xususiyatlari turlicha bо‘lgan ta’sir 
kо‘rsatishlar bо‘ladi. Natijada mashina detallarining asta-sekin eskirishiga olib 
keladi, buning oqibatida ishchi organlarni ishlash qobiliyati pasayib boradi. Ishlash 
qobiliyatini pasayishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri bо‘lib ishqalanish va 
yemirilish hisoblanadi. 
Ishqalanish tabiatning ajoyib hodisasidir. U insoniyatga issiqlik va olov berdi, 
tormoz sitemasi tufayli tez yurib ketayotgan poyezd va avtomobilni qisqa vaqt 
ichida tо‘xtatish, kimyoviy reaksiyani minglarcha marotaba tezlashtirish, odam 


ovozini plastinkaga yozib olish, musiqa asboblari ovozlarini eshitish imkonini va 
boshqa kо‘p narsalarni berdi. 
Ishqalanish – deyarli har qanday mexanizm ishlaganida albatta sodir 
bо‘ladigan jarayon. Texnikada u ikki xil ahamiyatga ega bо‘ladi. Podshipniklar, 
tishli uzatmalar, porshenli tizimlarda ishqalanish sirtlarning yeyilishiga, 
quvvatning isrof bо‘lishiga olib keladi. Shuning uchun bu о‘rinda ishqalanish 
zararli omil hisoblanadi. Tormozlar va ilashish muftalarida esa ishqalanish 
foydalidir, shu bois bu о‘rinda yeyilishning ruxsat etilgan chekli qiymatlaridan 
chiqib ketmagan holda uni ma’lum qiymatgacha oshirishga harakat qiladi. 

Download 442,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish