2. Hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi.
3. Hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi.
4. Hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi.
5. Moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi.
6. Korxonalarning mulkchilikni saqlanishi ustidan nazorati kuchaytiriladi.
7. Hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi.
Buxgalteriya hisobining axborot texnologiyalariga asoslangan shakli asosida
buxgalteriya hisobi usulining asosiy elementida hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga
ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash
mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi.
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma’lumotlari
hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni
masalan, disketlarda va h.k.
Buxgalterning ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi
avtomatlashtirilgan ish
joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi.
Axborot texnologiyalaridan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan
birga korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.
Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi
vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi.
Buxgalteriya hisobida axborot texnologiyalari
vositalaridan foydalanish, natijasida
vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval –avtomatlashtirilgan shakli kompyuter
dasturlaridan foydalanishga asoslangan.
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari
hisob registrlarini
avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi.
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy bosqich
bu - buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir. Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
kompyuterga kiritilishidan oldin, ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim.
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida hujjatlar aylanishi ham shu shaklga moslashgan
holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturlarni tayyorlash,
ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari
ham ushbu shakldagi
bosqichlardan hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlarni hisoblash markazi (HM) yoki
avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob registrlarini
oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jumal-orderlar, vedomostlar,
kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan foydalanishni
mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini hajmi, hisob xodimlarini
soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini
yuritishda buxgalteriya
hisobining
qaysi
shakllaridan
foydalanishlaridan
qat’iy nazar, O‘zbekiston
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va boshqa tegishli
me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart.