korrespondensiyalanadigan schyotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1
memorial-order, “Kassa” schyotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuziladi.
Bunday tajriba oy davomida analitik schyotlar bo‘yicha ularni oy oxirida sintetik schyotga
birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan
holda yozib borish imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga ilova qilinib
(biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi. Ro‘yxatga olish daftarining jami
oylik summasi sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomosti aylanmalarining
jami bilan
taqqoslash uchun foydalaniladi. Shu bilan sintetik hisob tomonidan xo‘jalik
muomalalarining to‘liq qamrab olinishini tekshirishga erishiladi.
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan so‘ng yozuvlar
Bosh daftardagi sintetik schyotlarga o‘tkaziladi. Memorial-order shaklining Bosh daftari
ikki tomonlarna yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik schyot uchun alohida yoyiq ikki
bet ajratiladi. Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir schyot bo‘yicha
korrespondensiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun
ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi.
Bunday shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat vedomosti deb ham ataladi. Bosh
daftar schyotlarida faqat hisobot davri uchun joriy aylanmalar hisobga olinadi.
Agar sintetik schyotlarga memorial-orderlardan faqat mazkur oy uchun jami aylanma
vedomostiga o‘tkaziladigan aylanmalar yozilsa, u holda sintetik schyotlar birlashadigan
hisob registri shaxmat nazorat vedomosti deb ataladi.
Memorial-order shaklida analitik hisob sintetik hisobga
parallel ravishda va
memorial-orderlarga ilova qilinadigan hujjatlar asosida undan mustaqil ravishda yuritiladi.
Analitik hisob registrlari sifatida daftarlar va kartochkalardan foydalaniladi.
Memorial - order buxgalteriya hisob shaklini quyidagi afzalliklari mavjud:
1. Hisob jarayonlarini qat’iy ketma-ketligi;
2. Registrlar andozaviy shakllaridan foydalanishni imkoniyati mavjudligi;
3. Hisob texnikasini oddiyligi va tushunarligi;
4. Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash imkoniyatini
mavjudligi.
Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba’zi bir
kamchiliklarga egadir:
1. Hisob ishlarini ko‘p mehnatliligi;
2. Analitik va sintetik
hisobni alohida yuritilishi, ya’ni hisobni alohida yuritilishi
natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga keladi;
3. Turli hisob registrlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi.
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan,
hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga
kelishi XIX asr boshlariga
to‘g‘ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda.
Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo’llaniladigan
buxgalteriyalarga xosdir.
Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo’lmaganligi sababli,
qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki hujjat ma’lumotlari Bosh daftar deb
ataladigan sintetik registrda yuritiladi.
Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning uchun
ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish
maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik
jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi
Demak, Bosh daftar shaklida ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin:
1. Bosh daftar.
2. Hisob obyektlari hisob vedomosti.
Vedomostlar analitik hisob registlari hisoblanadi.
Agar korxona hisob obyektlari hisob vedomostlarini ham yuritsa,
u holda Bosh
daftarga ma’lumotlar ham dastlabki hujjatlar, hamda vedomostlar ma’lumotlari asosida
yozib boriladi.
Bosh daftaming varaqlarida xo‘jalik jarayoni bo‘lgan vaqtida, dastlabki hujjat tartib
raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondensiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatiladi. Bu
daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qulayliklari quyidagilardan iborat:
- yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi;
- hisob ishlari kamayadi;
- qo‘llaniladigan
registrar miqdori kamayadi;
- sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yo‘qoladi;
-hisob xodimlarining ortiqcha mehnati qisqaradi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh daftar
shaklini qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular quyidagilardan iborat.
- korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay qoladi;
- qo’llaniladigan schyotlar miqdori ko‘payishi, xato yozuvlar aks ettirilishi ehtimolini
oshiradi;
- Hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini
ta’minlarnaydi.
Ammo, yuqorida ta’kidlanganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan
kichik korxonalar foydalanishi u yerdagi hisob ishlarini yaxshi
olib borilishiga xizmat
qiladi
Bosh daftarda yil boshiga har bir mablag’ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirilib
chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda har bir
dastlabki hujjat asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga
taalluqli summa, ikki yoqlarna yozuv usuliga ko‘ra, korrespondensiyalangan schyotlar
debeti va kreditida yoziladi.
Oy oxirida har bir schyot bo‘yicha debet va kredit aylanmalari aniqlanadi va jami
debet va kredit aylanmalari jamlanib, ular tengliligini taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet
va kredit aylanmalar uig‘indisi tengligi hisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini bildiradi.
Debet va kredit aylanmalarda aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi
bilan birga
“Tekshiruv summasi” qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak.
Shundan so‘ng, har bir schyot bo‘yicha oy oxiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy
oxiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv schyotlarda
kredit tomonida aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo’ishi shartdir.
So'ngra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schyotini jadval ko‘rinishini, kompyuter
sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi “Excel”da samarali qo’llashi mumkin.