Jаmi:
6.1-chizma. Jurnal-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi
Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan kamchiliklar, hisob
shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940-yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab
darajasiga ko‘tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order
shakli vujudga keldi. 1949-yilda ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida tajribadan o‘tgan
buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining me’yoriy hisob registrlarini ishlab chiqdi. Shu
hisob registrini jurnal-order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining ham
jurnal-order shakli deb atalishiga asos bo‘ldi.
1960-yil 1-yanvardan qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobining yagona schyotlar
rejasiga muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda
ishlab chiqildi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi
prinsiplariga o‘zgarishlar kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining
memorial-order shakli qo’llanilib kelardi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shakli boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini
guruhlab jamlash prinsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma
bo’limlari bo‘yicha xo‘jalik mulklari va jarayonlarini
sintetik va analitik hisobi
ta’minlanadi.
Hisobot oyidagi dastlabki hujjat ma’lumotlarini tizimlash va jamlash hisobga olinishi
kerak bo’lgan mablag’ va xo‘jalik jarayonlarini ular foydalanishi bo‘yicha aks ettirish
imkoniyatini beruvchi hisob registrlarida olib boriladi. Demak, memorial-orderlarni tuzish
zaruriyati qolmaydi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida boshlang‘ich xo‘jalik
ma’lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri jurnal-order va yordamchi vedomostlarda aks ettirilib
boriladi.
Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib borishga
mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ba’zilarida bir turdagi xo‘jalik
jarayonlarining ko‘p sodir bo‘lishi yordamchi vedomostlardan foydalanish zaruriyatini
tug'diradi. Oy davomidagi bir xil xo‘jalik jarayoni ko‘p sodir bo‘lganligi sababli yordamchi
qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa, jamlangan ma’lumotlar jumal-order hisob
registriga ko‘chiriladi. Yordamchi vedomostlar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi.
Birinchidan, jurnal-orderda ma’lumotlar aks ettrilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik
hisob registr sifatida ham foydalaniladi.
Yordamchi vedomostlar buxgalteriya hisob obyektlarini guruhlashda ham
ahamiyatlidir. Masalan, muomala xarajatlarini (savdo korxonalarida), umum ishlab
chiqarish xarajatlarini (ishlab chiqarish korxonalarida)
guruhlash zaruriyatida ham
yordamchi vedomostlardan foydalaniladi, ularda tegishli ma’lumotlar jamlanadi va oy
oxirida jumal-orderda aks ettiriladi. Boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini jumal-orderlarda
to‘g‘ri guruhlashni ta’minlash maqsadida schyotlar krediti bo‘yicha korrespondensiyalari
jurnal-order hisob registrida to‘g‘ri yoritilishini ko‘zda tutilgan holda maxsus qator ajratish
orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
Jumal-order hisob registrlarida schyotlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik
hisobotlar uchun zarur ko‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus qatorlar ajratilgan.
Buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli quyidagi asosiy prinsiplarga asoslangan:
- jumal orderda xo‘jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli schyot krediti
bo‘yicha debetlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yoziladi;
- iqtisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq schyotlar bo‘yicha jumal-
orderlar mujassamlashgan holda qo‘llaniladi;
- sintetik va analitik hisob yozuvlari
birgalikda olib boriladi;
- buxgalteriya hisobi xo‘jalik jarayonlarini nazoratni olib borish va oylik,
choraklik,
yillik hisobotlarni tuzishda kerakli ko‘rsatkich!arga ajratib aks ettirish;
- korresondensiyalanuvchi schyotlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari (jumal-
order, yordamchi vedomostlarjda aks ettiriladi;
- hisob registrlari bir oy uchun qollaniladi.
Jumal-order shakli qo’llanilishi natijasida quyidagi imkoniyatlarga ega bo’linadi:
- hisob ishlari osonlashadi;
- xo‘jalik aylanishi tezlashadi;
- hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi oqilona tashkil etiladi
va oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi oshadi;
- hisob ishlari xapajatlari kamayadi;
- sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi;
- hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari yengillashadi.
Buxgalteriya hisobining Jumal-order shaklida sintetik va analitik hisob yozuvlari
birgalikda olib boriladi deb ta’kidlandi. Ba’zi hisob obyektlari bo‘yicha analitik hisob
uchun analitik kartochkalar yuritiladi.
Analitik kartochkalar hisob obyektlari miqdori ko‘p bo‘lganda qo‘llaniladi. Masalan,
Asosiy vositalar analitik hisobi uchun AV-6a “Asosiy vositalar inventar kartochlari”
yuritiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida xarajatlar hisobi
uchun kartochkalar yoki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, guruhlovchi vedomostlar ham
yuritiladi.
Ushbu analitik hisob kartochkalari yuritilganda, ular ma’lumotlari asosida aylanma
vedomostlar tuziladi.
Buxgalteriya hisobi jumal-order shaklida qo’llaniladigan ikkita hisob registri (jumal-
order, yordamchi qaydnomajdan tashqari zaruriyat bo‘lsa, yana yordamchi hujjat sifatida
maxsus ishlab chiqilgan jadvallardan ham foydalaniladi.
Sintetik hisob registrida - Bosh kitob va boshqa registrlar asosida balans va
hisobotning boshqa shakllari tuziladi.
Bosh kitobda har bir schyot bo‘yicha varaq ajratilib,
unda schyotga taalluqli
boshlang‘ich qoldiq, debet aylanmalari har bir mos ravishdagi kreditlanuvchi schyotlar
bilan birga, kredit aylanmaning umumiy summasi va oy oxiriga qoldiq summasi ham
ko‘rsatiladi.
Bosh kitobda aks ettiriladigan schyotlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli jurnal-order,
yordamchi vedomostlardan olinadi.
Demak, jurnal-order ma’lumotlari naqadar to‘g‘ri va aniqligi hisobot tuzish uchun
asos hisoblananadi va Bosh kitob ma’lumotlarini ham to‘g‘riligini ta’minlaydi.
Jumal-orderlar xo‘jalik jarayoniarini sintetik hisobini yuritishga mo‘ljallangan bo‘lib,
bir schyotning kreditga va boshqa schyotlarning debetlanishi sifatida shaxmat yozuvidan
foydalangan holda yuritiladi.
Ba’zi schyotlar kredit aylanmalarini hisobini yuritishga mo‘ljallangan jurnal-
orderlardan tashqari, shu schyotlarning debet aylanmalarini hisobga olib boruvchi
yordamchi vedomostlar ham yuritiladi. Savdo korxonalarida tovarlar
hisobini yuritishga
mo‘ljallangan “Tovarlar” schyoti bo‘yicha ham xuddi shunday, kredit aylanmasi hisobi
uchun jurnal-order, debet aylanmasi hisobi uchun yordamchi vedomostlardan
foydalaniladi.
Schyotlar debet aylanmasi uchun mo‘ljallangan yordamchi vedomostlardagi
yozuvlar ham kreditlanuvchi schyotlar bilan aks ettiriladi, ya’ni shaxmat
yozuvi usulida
yoziladi.
Shaxmat yozuvi usulini xususiyati shundaki, yozuv bir marta aks ettiriladi.
Ba’zi schyotlar ular iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi
sababli, ular hisobi uchun bitta jurnal-order mo‘ljallangan.
Masalan, “Asosiy vositalar”, “Asosiy vositalar eskirishi” schyotlari iqtisodiy
mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli 13-jurnal-orderdan
foydalanilgan holda hisob yuritiladi.
Bosh daftarga esa, har bir schyot bo‘yicha ajratilgan varaqlarga tegishli ma’lumotlar
umumiy yuritilgan jumal-orderdan olib yoziladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida qo’llaniladigan Bosh daftaming
xususiyati shundaki, unda schyot ma’lumotlarini bir oyligi emas, balki, bir yil davomida
yozib boriladi.
Bosh kitob jurnal-order ma’lumotlarini umumlashtirksh, hisobot shakllarini tuzish
uchun har bir schyotlar bo‘yicha yozuvlarni to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: