6.3- chizma. Kompyuterlashtirilgan shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash
tartibi
Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining xo‘jalik
faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlari kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan
qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi.
Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik korxonalar va
mikrofirmalar korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining
namunaviy hisobvaraqlar rejasi asosida mablagiar va ularning manbalari hisobini asosiy
hisobvaraqlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali umuman buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta’minlash imkonini beruvchi xo‘jalik
operatsiyalarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining qisqartirilgan ishchi rejasini
tuzish huquqiga egadirlar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini
quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlarining mohiyatiga mustaqil ravishda
moslashtirib olishlari mumkin:
- yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlarna yozuv tamoyili)ga;
- tahliliy va jamlarna hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog’liqligiga;
-barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga;
- hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga;
- xo‘jalik faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy
hisobotlarni tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar
ma’lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga.
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik operatsiyalarini
boshlang‘ich hisob axboroti ma’lum bir moddiy tashuvchilarining to‘liq hujjatlashtirilishi
hisoblanadi.
Xo‘jaIik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan
boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks ettiruvchi timsollar
qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda tutilgan majburiy rekvizitlarni
o‘z ichiga olishi kerak.
Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida registrlarning
ikkita turidan foydalanilishi mumkin:
- xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari;
-tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari.
Subyektlar o‘z faoliyati mohiyatining talablarini hisobga olgan holda boshlang‘ich
hujjatlarning taklif etilayotgan shakllariga qo‘shimcha ustunlar va satrlarni kiritish
huquqiga egadirlar.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari mablag‘larning mavjudligi va ularning
ma’lum bir sanaga bo‘lgan manbalari hamda moliyaviy hisobot tuzishni aniqlash mumkin
bo‘lgan tahliliy va jamlarna hisob registri bo’lib hisoblanadi.
Qaydnomalar tahliliy hisob registrlari bo‘lib hisoblanadi. Bundan shuni xulosa qilish
mumkinki, Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo boshlang‘ich hujjatlar
ma’lumotlari asosida, yoki bo’lmasa qaydnomalarning yakuniy ma’lumotlari asosida
to‘ldirish mumkin.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida yoki uni
operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga hamda daftar shaklida
ochilgan holda, yuritish mumkin. Bunda Daftar birma-bir tiqilishi va raqamlangan bo‘lishi
kerak.
Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek,
xo‘jalik yurituvchi subyektning muhr izi bilan tasdiqlanuvchi, keltirilgan varaqlar soni
yozib qotyiladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular mavjud
bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar summalari
yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng "Operatsiyalar mazmuni" ustunida har bir
boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik operatsiyalari xronologik ketma-
ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi. Bunda, Daftarda "Nazorat summasi"
ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid summalar ikkiyoqlarna yozuv usulida
mablag‘lar va ularning manbalariga muvofiq turlarini hisobga olish hisobvaraqlarining
"Debet" va "Kredit" ustunlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida aks ettiriladi.
Barcha hisobvaraqlar debitorlik aylanmalarining umumiy yakuni kredit
aylanmalarining umumiy yakuni va "Nazorat summasi" yakuniga teng bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik operatsiyalari daftarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun barcha zarur
hisobvaraqlar keltirilishi mumkin.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat Buxgalteriya balansida -1-sonli shakl,
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni 2-sonli shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy
hisobotni taqdim etadilar.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga buxgalteriya hisobini yuritishda soddalashtirilgan
shaklni qo‘llash ruxsat etilgan. O‘zbekiston Respublikasida ushbu hisob shaklining
registrlari, ularni tuzish tartibi 20-son BXMS bilan belgilangan. Boshqa turdagi korxonalar
buxgalteriya hisobini o‘zlarining hisob siyosatlarida ko‘rsatilgan shaklda olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |