Universiteti a. Abdusamedov, B. Jalilov, A. Tashanov



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/82
Sana19.12.2022
Hajmi4,52 Mb.
#891113
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Bog'liq
Dinlar falsafasi.AbdusamedovA. Djalilov B. TashanovA.

3. Islom va dinshunoslik
Ma’lumki, islom VII asming birinchi yarmida Arabiston yarim 
orolida paydo bo‘lgan jahon dinlaridan biridir. Yangi dinni o‘z 
vatanida targ‘ib, tashviq qilish va qaror toptirish bilan birga uni 
boshqa mamlakatlarga ham yoyish maqsad qilib olindi. Shuning 
uchun VII-VIII asrlarda islom ta’limoti va madaniyatini Arabistondan 
tashqari qo‘shni mamlakatlarga tarqatish, turmush tarziga singdirish 
bo‘yicha katta g‘oyaviy va amaliy targ'ibot ishlar qilinib, natijada arab 
xalifaligi tarkibiga kirgan hudud xalqlarida islom mafkurasi hukmron 
diniy mafkura va dunyoqarashga aylanadi. Ushbu holatning vujudga 
kelishi jarayonida muayyan qiyinchiliklar va qarshiliklarga ham duch 
kelindi. Chunki mazkur mamlakatlarda islomdan boshqa dinlaming 
nafaqat diniy ta’limotlari, balki diniy-falsafiy qarashlari mavjudligi bu 
yangi dinga bo‘lgan munosabatlami takomillashtirishni, kengroq fikr 
yuritishni talab qildi. Ya’ni, islom ta’limotini diniy-falsafiy 
mushohada qilish zaruriyati tug‘ila boshladi. Ayrim tadqiqotchilaming 
fikricha, arab - musulmon o‘rta asr falsafasining asosiy mazmunini
18


Sharq perepatetiklar9 kurashi tashkil etgan. Islomdagi falsafiy 
Ikrlaming shakllanishi mu’taziliylar va mutakallimlar (kalom 
falsafasi) qarashlari bilan bog‘liq bo‘lib, u VIII asming ikkinchi 
armidan boshlangan. M u’taziliylar harakati 0 ‘rta Osiyoda ham keng 
oyilib, ilm-fan, falsafiy fikrlar rivojiga olib keldi, oqibatda ilmiy 
snarkazlar vujudga keldi. M u’taziliylar ta ’sirida vujudiyyo‘n diniy 
falsafiy oqimlari shakllandi. Bu oqim vakillari-Al Kindiy, Ibn Rushd, 
\1-Maarriy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar 
niavjudotni ikkiga-vujudi mumkin va vujudi vojibga bo‘lganlar. 
Vujudi vojib sabab-oqibat aloqalariga ega bo‘lib, uning mavjudligi 
boshqa narsadan emas, balki o‘z mohiyatidan kelib chiqadi.
M u’taziliylikning qarashlari va vujidiyyo‘n diniy-falsafiy oqim 
g‘oyalari qo'shxaqiqat to‘g‘risidagi katta nazariy qoida shakllanishiga 
sabab bo‘ldi. Bunga ko‘ra, ilohiy va dunyoviy (ilmiy) haqiqatlar bor 
bo'lib, ilohiy haqiqatga faqat alohida odamlar-payg‘ambarlar, 
aziz
avliyolar etishishi mumkin. Dunyoviy haqiqat esa aql yordamida, ilm- 
an yo‘li bilan uni qolgan odamlar anglab oladilar.
Bunday falsafiy fikrlar, xususan, diniy-falsafiy oqimlaming 
ihakllanishi va rivojlanishi dinshunoslik fani shakllanishidan bir 
aecha asrlar oldin paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu holat diniy- 
falsafiy qarashlaming islom ta’limoti tarixida dastlabki davrlardan 
boshlab vujudga kelganligini va bu jarayon keyinchalik ham davom 
etganligini ko‘rsatadi. Mu’taziliylaming vujudiyyo‘n diniy-falsafiy 
g‘oyalari, qadimgi Yunon faylasuflari (Aristotel) qarashlaridan oziq 
olib rivojlangan Sharq falsafasi ta’sirida islomda alohida oqim- 
tasaw uf vujudga keldi.
T asaw uf murakkab diniy-falsafiy oqim bo‘lib, xilma-xil shakl va 
yo‘nalishlarga ega. Unda ikkita asosiy-g‘oyaviy yo‘nalish ko‘zga 
tashlanadi: birinchisi, bu dunyo o‘tkinchi dunyo bo‘lib, mol-mulk, 
mansabga ixlos qo‘yish Allohni unitishga olib keladi; ikkinchisi, bu 
dunyo Alloh Taolo tomonidan yaratilgan, odamlar esa, shu dunyodagi 
ezgu ishlari bilan u dunyoda Alloh visoliga musharraf bo‘la olishi 
uqtiriladi.
XIX asming 2-yarmidan boshlab, Evropa, Amerika va Rossiyada 
islom, uning tarixi va manbalarini o‘rganishga e’tibor qaratildi.

Перепатетиклар (юнонча. Суз булиб, лу*авий маъноси " сабр килувчияар * ни англатса цам, 
мо^иятАристотел изидан борувчи файласуфларни англатади.
19


Ayniqsa, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston, 
Tojikiston, SHimoliy Kavkazda islom ta’limoti, muqaddas yozuvlami 
o‘rganish va tahlil, tadqiq qilishda keng ko‘lamda ilmiy izlanishlar 
amalga oshirilgan.
Evropalik olimlar esa islomshunoslik fanini o‘rganish, islom 
tarixi va manbalarining tadqiqoti yo‘lida ko‘p xizmat qilganlar. Bu 
borada rus sharqshunosligida ham barakali ishlar olib borilgan. 
V.R.Rozen asos solgan mashhur «Rus akademik sharqshunosligi»ning 
vakillari N.A.Mednikov, L.E.SHmidt, A.E.Krimskiy, V.V.Bartold.
I.YU.Krachkovskiy, 
E.E.Bertels, 
A.A.Semenov 
va 
boshqalar 
islomshunoslik sohasida qimmatli asarlar yaratganlar.
Islomning paydo bo‘lishi va uning ta’limotini ilmiy nuqtai 
nazardan o'rganish, umuman islomshunoslik masalasi XX asming 30- 
yillarga kelib sobiq sovet tuzumida jiddiy ravishda o‘rtaga qo‘yildi. 
0 ‘zbekiston olimlari esa islom tarixi va islomshunoslik bo‘yicha 50- 
60-yillardan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Akademik
I.Mo‘minov 
rahbarligida 
tadqiqotchi 
olimlardan 
A.Ortiqov, 
M.Usmonov, S.Azimov, O.Suxareva va boshqalar ilmiy ishlar olib 
bordilar. 
70-80-yillarga kelganda, islom va uning ta’limoti, 
islomshunoslik sohasida akademik M.Xayrullayev, N.Ibragimov, 
olimlardan 
J.Bozorboyev, 
I.Jabborov, 
Ibrohim 
Karimov,
A.Ochildiyev, 
T.Toshlonov, 
I.Xo‘jamurodov, 
LXudoyberdiev,
O.Bozorov, A.Abdusamedov va boshqalar dinlar tarixi ta’limoti va 
dinshunoslik faniga munosib hissalarini qo'shdilar.
Mustaqillik sharofati bilan islom, uning ta’limotini o‘rganish 
islomshunoslik va dinshunoslik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini 
amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu davr ichida 
Qur’oni karimning o‘zbek tiliga ikkita tarjimasi va tafsiri taqdim 
qilindi va ko‘plab yangi-yangi asarlar, to‘plamlar, maqolalar chop 
etilmoqda.
Shunday qilib, islom ta’limoti tarixida amalga oshirilgan nazariy 
va amaliy ishlar Movarounnahr, Xuroson va Eronda, umuman 0 ‘rta 
Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari diniy-falsafiy tafakkurida birinchidan. 
ilmiy-falsafiy, madaniy ahamiyatga ega bo‘ldi; ikkinchidan, ular 
qoldirgan ilmiy-madaniy meros dinshunoslik va din falsafasi 
fanlarining shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qildi.
Din falsafasi deyarlik barcha dinlarda xususan jahon dinlari 
(buddaviylik, xristianlik va islom)da mavjuddir. Din falsafasi
20


muammolami echimini topishga ontologik, gnoseologik, kosmologik, 
ijtimoiy va boshqa jihatlardan yondoshiladi.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish