1. Qur’oni Karimning tarjimasi. Islom ulamolari Qur’onni bir arab qabilasi tilidan ikkinchi bir arab qabilasi tiliga— shevasiga tarjima qilishni man etganlar. Buning sababi quyidagichadir. Qur’on tarjimasi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi — so‘zma-so‘z tarjima, ya’ni Kalomni bir tildan ikkinchi tilga, nazm va tartibini, asl ma’noning saqlanishini rioya qilgan holda o‘girish. - 1. Qur’oni Karimning tarjimasi. Islom ulamolari Qur’onni bir arab qabilasi tilidan ikkinchi bir arab qabilasi tiliga— shevasiga tarjima qilishni man etganlar. Buning sababi quyidagichadir. Qur’on tarjimasi ikki xil bo‘ladi. Birinchisi — so‘zma-so‘z tarjima, ya’ni Kalomni bir tildan ikkinchi tilga, nazm va tartibini, asl ma’noning saqlanishini rioya qilgan holda o‘girish.
- Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi ham ikki usulda bajariladi. Birinchi usul — "tarjima bilmisl" ya’ni, "asliga o‘xshash tarjima" deyiladi. Bunda, oyatlarning har bir so‘zi muqobiliga boshqa lug‘at so‘zlari qo‘yiladi, oyatlarning va undagi so‘zlarning nazm va tartibi o‘zgarmaydi. Hatto asl matndan sezilib turgan balog‘at va fasohat ham o‘zgarmagandek tuyuladi. (Bunday tarjimaga Oltinxon To‘ra (vatandoshimiz Mahmud Taroziy) tarjimasini misol qilishimiz mumkin) Lekin bu Allohning kalomiga nisbatan mumkin emasdir. Chunki, Qur’onning nozil bo‘lishi ikki sababdandir.
Birinchisi, Qur’on Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning haq payg‘ambar ekanliklarini tasdiq etuvchi alomat bo‘lib, birinchi mo‘jizadir. Butun insonlar va jinlar birlashganda ham uning bitta surasiga o‘xshash surani keltirishga ojizdirlar. Qur’oni Karim g‘aybdan xabar berish, o‘zgarmas shariat ahkomlarini bayon qilish singari insonning qo‘lidan kelmaydigan mo‘jizaviy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga, uning har bir oyatida maqomga mos shunday balog‘atlar mavjudki, bu xususiyatlar arab tilidan boshqa tilga o‘tganda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ikkinchisi, Qur’on odamlarni dunyoda ham, oxiratda ham manfaatli bo‘lgan amallarga hidoyat qiladi. Buning uchun Qur’oni Karimning ahkomlaridan istinbot qilish va undan yo‘l-yo‘riq olib, amal qilish lozim bo‘ladi. Qur’onning ba’zi oyatlaridan hamma ham tushunib foydalanishi mumkin. - Birinchisi, Qur’on Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning haq payg‘ambar ekanliklarini tasdiq etuvchi alomat bo‘lib, birinchi mo‘jizadir. Butun insonlar va jinlar birlashganda ham uning bitta surasiga o‘xshash surani keltirishga ojizdirlar. Qur’oni Karim g‘aybdan xabar berish, o‘zgarmas shariat ahkomlarini bayon qilish singari insonning qo‘lidan kelmaydigan mo‘jizaviy xususiyatga ega bo‘lish bilan birga, uning har bir oyatida maqomga mos shunday balog‘atlar mavjudki, bu xususiyatlar arab tilidan boshqa tilga o‘tganda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Ikkinchisi, Qur’on odamlarni dunyoda ham, oxiratda ham manfaatli bo‘lgan amallarga hidoyat qiladi. Buning uchun Qur’oni Karimning ahkomlaridan istinbot qilish va undan yo‘l-yo‘riq olib, amal qilish lozim bo‘ladi. Qur’onning ba’zi oyatlaridan hamma ham tushunib foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |