Bu oyatlarni so‘z-maso‘z tarjima qilish ham mumkin. Ammo, Qur’onda shunday oyatlar borki, uning ma’nolarini mujtahid olimlargina tushunishi va foydalanishi mumkin. Bu murakkab ma’noli oyatlarning tarjimasi ayni Qur’on oyati bo‘lolmaydi. "Asliga o‘xshash" tarjima ba’zi oyatlarning ma’nosini berolsa ham, murakkab ma’noli oyatlarning ma’nosini ochib berolmaydi. Demakki, oyatning ilohiylik xususiyati yo‘qoladi. Xulosa qilib aytganda, Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi uning muqaddas asliyati o‘rnini bosolmaydi. Ikkinchi usul — "tarjima big‘ayril misl", ya’ni, "asliga o‘xshamagan tarjima" deyiladi. Bunda tarjimon Qur’on nazmiga e’tibor qilmagan holda, toqati yetgancha oyatlar mazmunini boshqa tilga o‘girib beradi. Bunday tarjima bashar so‘zida mumkin bo‘lsa ham, Allohning Kalomida mumkin emas, chunki, Alloh Kalomining nazmi buziladi va hurmati ketib qoladi. - Bu oyatlarni so‘z-maso‘z tarjima qilish ham mumkin. Ammo, Qur’onda shunday oyatlar borki, uning ma’nolarini mujtahid olimlargina tushunishi va foydalanishi mumkin. Bu murakkab ma’noli oyatlarning tarjimasi ayni Qur’on oyati bo‘lolmaydi. "Asliga o‘xshash" tarjima ba’zi oyatlarning ma’nosini berolsa ham, murakkab ma’noli oyatlarning ma’nosini ochib berolmaydi. Demakki, oyatning ilohiylik xususiyati yo‘qoladi. Xulosa qilib aytganda, Qur’onning so‘zma-so‘z tarjimasi uning muqaddas asliyati o‘rnini bosolmaydi. Ikkinchi usul — "tarjima big‘ayril misl", ya’ni, "asliga o‘xshamagan tarjima" deyiladi. Bunda tarjimon Qur’on nazmiga e’tibor qilmagan holda, toqati yetgancha oyatlar mazmunini boshqa tilga o‘girib beradi. Bunday tarjima bashar so‘zida mumkin bo‘lsa ham, Allohning Kalomida mumkin emas, chunki, Alloh Kalomining nazmi buziladi va hurmati ketib qoladi.
Islom ulamolari, kimki ahli tafsir (mufassir) bo‘lsa, ya’ni, Qur’oni Karimni tafsir qilish uchun zarur bo‘lgan ilmlar sohibi bo‘lsa, tafsir qilishi mumkin ekanligiga ittifoq qilganlar. Mana shu ittifoq qilingan mufassirlar qatoriga Qur’onni boshqa tilga ma’naviy tarjima qiluvchilar ham doxildirlar. Chunki, tafsir qiluvchilar ham, ma’naviy tarjima qiluvchilar ham oyatlarning tartibini buzmasdan, biror kalimaning o‘rnini o‘zgartirmasdan Allohning murodini insonlarga yetkazadilar. Biroq tafsir bilan ma’naviy tarjimaning alohida farqli jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Tafsir tili Qur’onning asl tili ekanligi, ma’naviy tarjima esa Qur’on tilidan boshqa tilda bo‘lishi birinchi jihatdir. Ikkinchi jihati esa, tafsirni mutolaa qiluvchi qori Quron matni tilini ham tushunadi. Agar tafsirda xatolik sodir etilgan bo‘lsa, undan darhol voqif bo‘ladi. Ma’naviy tarjimani mutolaa qiluvchi qori esa ko‘pincha Qur’on matni tilini bilmasligi, natijada xato bo‘lsa ham tarjimaga qatiy ishonib qolishi mumkin. - Islom ulamolari, kimki ahli tafsir (mufassir) bo‘lsa, ya’ni, Qur’oni Karimni tafsir qilish uchun zarur bo‘lgan ilmlar sohibi bo‘lsa, tafsir qilishi mumkin ekanligiga ittifoq qilganlar. Mana shu ittifoq qilingan mufassirlar qatoriga Qur’onni boshqa tilga ma’naviy tarjima qiluvchilar ham doxildirlar. Chunki, tafsir qiluvchilar ham, ma’naviy tarjima qiluvchilar ham oyatlarning tartibini buzmasdan, biror kalimaning o‘rnini o‘zgartirmasdan Allohning murodini insonlarga yetkazadilar. Biroq tafsir bilan ma’naviy tarjimaning alohida farqli jihatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Tafsir tili Qur’onning asl tili ekanligi, ma’naviy tarjima esa Qur’on tilidan boshqa tilda bo‘lishi birinchi jihatdir. Ikkinchi jihati esa, tafsirni mutolaa qiluvchi qori Quron matni tilini ham tushunadi. Agar tafsirda xatolik sodir etilgan bo‘lsa, undan darhol voqif bo‘ladi. Ma’naviy tarjimani mutolaa qiluvchi qori esa ko‘pincha Qur’on matni tilini bilmasligi, natijada xato bo‘lsa ham tarjimaga qatiy ishonib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |