TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
2-rasm. Mutaxassis komptenetligi tarkibiy tuzilishi
Falsafiy, psixologik va pedagogik ishlar tahlili, biz tomondan o‘tkazilgan nazariy tadqiqotlar
natijasi bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining turli kasbiy muhim sifatlarini, kasbiy, metodik
kompetentligini shakllantirish jarayonida maxsus tashkillashtirilgan o‘quv faoliyati muhim
ahamiyatga ega.
«Kasbiy kompetensiya» tushunchasining mohiyati, shuningdek, o‘qituvchining «metodik
kompetensiya»si tushunchasining mazmuni, tarkibi va tuzilishi to‘g‘risida yanada batafsilroq
to‘xtalamiz.
O‘qituvchining metodik kompetentligi mohiyati. Kasbiy kompetentlikni shakllantirish
pedagogika oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashning asosiy talablaridan biriga
aylanmoqda. Taʼlim tizimi oldiga shunday mutaxassislarni tayyorlash vazifasi qo‘yiladiki, bunda
bilim, ko‘nikma va malakalar kasbiy sohada zarur bo‘lgan maʼlum bir kompetensiyaga aylanadi.
O‘qituvchining kasbiy kompetentligi o‘zida bir necha kompetensiyalarni qamrab oladi, jumladan,
metodik ham kiradi. Shuning uchun o‘qituvchining metodik kompetentligi mohiyatini aniqlash
uchun mutaxassisning (o‘qituvchining) "kasbiy kompetentligi" tushunchasining mohiyatini ko‘rib
chiqamiz, chunki u o‘rganilayotgan kompetensiyaga nisbatan umumiydir.
Tadqiqotchilar quyidagi savolga javob izlaydilar: "Shunga qaramay, oliy pedagogik taʼlimga
mos kompetentlikni aniqlash uchun asos nima?"
T.M.Kovalevaning fikricha, kasbiy sohaga oid tayanch kompetensiyalarni ifodalash uchun
maʼlum talablar qo‘yadi. Muhim jihatlar shundaki, tayanch kompetensiyalar kasb olamining
kalitidir, chunki fanga oid kompetensiyalar alohida hisoblanadi. Bundan tashqari, pedagogika
OTMlari bitiruvchilari ega bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar (fazilatlar) ularning ushbu kasbiy
kompetensiyalariga mos kelishi uchun shakllantiriladi. Keyin kompetensiya so‘zi paydo bo‘ladi.
Tadqiqotchi "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalarini farqlaydi va kompetentlikni
subyektlarning fazilatlari to‘plami sifatida, kompetensiyalar esa kasbiy faoliyatning tayanch
talablari sifatida belgilaydi
1
.
Buyuk Britaniyada "kompetensiya" tushunchasining mohiyati turli maqsadda qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, kompetensiyalar tayanch (key skills), fanga oid (core skills) va asosiy (base
skills)ga bo‘linadi. M.Xolsted va T.Ordji asosiy va juda keng kompetensiya bor, deb hisoblashadi.
Аsosiylari orasida ular quyidagi uchta kompetensiyani ajratib ko‘rsatadi: raqamlar bilan ishlash,
1
Ковалева Т.М. Ключевые компетенции и образовательные стандарты: Обсуждение доклада А.В.Хуторского на
Отделении философии образования и теоретической педагогики РАО 23 апреля 2002 г. - Центр "Эйдос",
www.eidos.ru/news/compet-dis.htm, e-mail: info@eidos.ru
Do'stlaringiz bilan baham: