Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


-sinf matematika darsligida “barchasi”, “ayrimlari”, “…dan tashqari barchasi”, “har



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

1-sinf matematika darsligida “barchasi”, “ayrimlari”, “…dan tashqari barchasi”, “har 
qanday”, “ixtiyoriy”, “…lardan biri ”, “barchasidan biri” kabi mantiqiy tushunchalar beriladi. 
Rasmli ko‘rgazmalar orqali og‘zaki bajarish uchun mashqlar asosida ularning ma’nolari 
yoritiladi.
2
 
To‘plamlar ustida amallar bajarishda, asosan, sonli to‘plamlarda mantiqiy amallar, 
mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlariga oid og‘zaki va matnli masalalar beriladi. 
150-bet 1-masala. Rasmda tasvirlangan barcha narsalarning nomini ayting. Ularni bir so‘z 
bilan nima deyish mumkin: 
Siz ham shunday ixtiyoriy to‘plam tuzing.
2-masala. Yashikda 4ta o‘yinchoq bor edi. Undan 2ta o‘yinchoq olindi. Qaysi o‘yinchoqlar 
olingan. Javoblar soni nechta bo‘lishi mumkin? 
Ma’lumki, o‘quvchining mantiqiy tafakkurini o‘stiradigan izlanish faoliyati bir qancha 
bosqichlardan iborat. Masalan, har qanday masalani yechish uning sharti va savoli bilan 
tanishtirishdan boshlanadi. O‘quvchi o‘zidagi bilim va tajribaga tayanib, masala shartidagi 
1
Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlangi’ch sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi. (O O‘Y uchun darslik.)Toshkеnt.“Fan va 
texnologiya” 2005-yil. 
2
M.Ahmedov, N.Abdurahmonova, M.Jumayev. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1- sinfi uchun darslik «Turon-iqbol» 
Toshkent – 2018 
120


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
ma’lumotlarni o‘zaro munosabatlarini topishga harakat qiladi, ya’ni mantiqiy mushohada 
yuritadi. Unda masalani yechish yo‘li haqida mulohaza vujudga keladi. U masalani yechish 
rejasini tuzadi. O‘quvchilarning shu mulohazalariga asosan ketma-ket aniq amallar bajariladi. 
Hisoblash natijasiga asoslanib, yakun va xulosalar chiqariladi. Shu bilan o‘quvchilar yangi bilim 
oladilar. Bu bilimlardan shunga o‘xshagan masalani mustaqil yechishda foydalanadilar. 
O‘quvchilarning bunday izlanish faoliyati ularning bilish faolligini rag‘batlantiruvchi ehtiyojga 
aylansagina, kutilgan natijalarni berish mumkin.
1
Ko‘pgina masala va mashqlarda o‘quvchilarni mustaqil izlanishga da’vat etadigan “savol 
tuzing”, “teskari masala tuzing”, “taqqoslang”, “xulosa yasang” kabi ko‘rsatmalar berilgan. 
Shuning uchun bunday masalalar yechishda o‘quvchilar fikrlashini yo‘naltirib, ularga yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatib, masala va misollarni yechish yo‘llariga yetaklab boruvchi usullardan foydalanish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinf matematika darsliklarida “Berilgan rasm asosida masala tuzing va uni 
yeching”, “Chizma asosida masala tuzing va uni yeching” kabi mazmundagi masalalarni 
yechishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsaddan tashqari, shu masala uchun xususiy maqsadlar 
belgilaymiz, o‘z oldimizga shu masalani yechish orqali yana nimalarni o‘rgatish mumkin, degan 
savol qo‘yamiz, natijada: 
1.
Rasmga qarab masala tuzish; 
2.
Masalani ifoda tuzib yechish; 
3.
Masalani tenglama tuzib yechish; 
4.
Masalani turli usullar bilan yechish; 
5.
Teskari masalalar yechish; 
6.
Matematik nutqni rivojlantirish
kabi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish mumkinligini aniqlaymiz. 
2
Bularning hammasini “O‘quvchilarning mantiqiy (matematik) fikrlashini, tafakkurini 
rivojlantirish” degan bitta maqsadga birlashtirib, tahlilni ham shu maqsadga yo‘naltiramiz. 
Buning uchun o‘quvchilardan rasmga qarab masala tuzish va uni aniq, ixcham, matematik termin 
(atama)lardan o‘z o‘rnida foydalangan holda aytib berish so‘raladi. Masala sharti tahlil qilinib, 
maqsad aniqlangandan keyin yechishga kirishiladi. Hamma o‘quvchilar ma’lum matematik 
faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg‘on 
tasdiqlarni farqlay oladi.
3
Mantiq olamdagi qonuniy, zaruriy bog‘lanish va aloqalar, tartib va izchillik, tafakkurning 
ichki aloqadorligi, tadrijiy fikrlash, turli qarashlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni o‘z ichiga 
olgan bo‘lib, insonni hech bir narsaga befarq bo‘lmay, sinchkov qarashga, har bir voqea-
hodisaga xolis baho berishga, shu yo‘l bilan muntazam va izchil fikr yuritish va har qanday 
oqilona fikrni isbotlay bilishga o‘rgatadi. Mantiq ilmi qonun-qoidalarini atroflicha o‘rganish va 
mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish orqali amaliy hayot uchun kerakli xulosalar 
chiqarish, davr ruhini anglash, voqea-hodisalarni haqqoniy tahlil qilish oson kechadi. Inson 
hamma vaqt, kundalik hayotda ham, ilmiy faoliyatda ham fikr yuritadi. Ammo mantiq ilmini 
bilmasdan turib, to‘g‘ri fikr yuritishi mushkul.
4

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish