TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
Masofaviy taʼlimning asosiy xususiyatlari:
1) talaba faoliyatini batafsil rejalashtirish (maqsadlarni belgilash, o‘quv materiallarini ishlab
chiqish);
2) interfaollik (o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida, o‘quvchi va o‘quv materiali o‘rtasida);
3) motivatsiya (mustaqil bilim faoliyatini tashkil etish);
4) masofadan o‘qitishning modulli tuzilishi (talaba ularning moduldan modulga o‘tishidan
aniq xabardor bo‘lishi kerak).
Masofaviy taʼlim bir nechta o‘quv muassasalarining hamkorligiga asoslanadi. Masofaviy
o‘qitish dasturlarini tayyorlashda bir nechta taʼlim tashkilotlarining hamkorligi ularning yuqori
sifatli va arzon bo‘lish imkonini beradi.
Masofaviy o‘qitish maqsadida avtonom o‘qitish tizimlari ham amal qilish mumkin. Bunda
o‘qitish to‘liq televizion yoki radio dasturlari, CD-ROMlar va qo‘shimcha bosma materiallar orqali
amalga oshirilishi mumkin.
Multimedia dasturlari asosida integratsiyalashgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘z-o‘zini o‘qitish
dasturlarini qamrab oladi. Bunday loyihalar rasmiy taʼlim dasturining bir qismi bo‘lishi mumkin
yoki maʼlum bir taʼlim dasturlariga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.
Masofaviy taʼlim modellarining asosiy maqsadlari:
1) talabalarga mavjud o‘quv dasturlari doirasida turli sohalardagi bilimlarini oshirish,
to‘ldirish imkoniyatini berish;
2) tegishli imtihonlar (ekstern) natijalari bo‘yicha u yoki bu malaka darajasi to‘g‘risida
maʼlumotnoma olish;
3) taʼlim dasturlarining turli sohalarida sifatli taʼlimni taʼminlash.
Har qanday mashg‘ulot maʼlum tashkiliy va axborot yordamini talab qiladi. Masofaviy
taʼlimning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Masofaviy taʼlim provayderi, u zarur institutsional qo‘llab-quvvatlash vazifasini amalga
oshiradi.
2. Axborot resurslari – o‘quv materiallari, maʼlumotnomalar, uslubiy va boshqa
materiallar.
3. Masofaviy taʼlim texnologiyalari vositalari (tashkiliy, texnik, dasturiy taʼminot va
boshqalar);
4. O‘qituvchilar, maslahatchilar, kurslarni o‘rganish jarayonining nazorati.
Masofaviy taʼlim sohasida o‘quv materiallarini ishlab chiqish jarayonini ikki tarkibiy qismga
bo‘lish mumkin:
Birinchi bosqichda, matnlarni tuzish, ularni mantiqiy qismlarga bo‘lish va loyihalash ishlari
amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda, materiallarni elektron shaklda yaratish va joylashtirish, ulanishlar
tizimini shakllantirish, boshqarish va aloqaga kirish tadbirlari va boshqalar amalga oshiriladi.
O‘quv materiallari majmualarini quyidagi tamoyillarga muvofiq ishlab chiqish kerak:
1. Masofadan o‘qitish dasturida ushbu fandagi o‘quv jarayonining tarkibiy qismi sifatida
maqsadlar bo‘lishi, o‘quv tizimidagi o‘rni va ahamiyati tushuntirilishi, materialni muvaffaqiyatli
o‘rganish uchun motivatsiya shakllantirilishi kerak.
2. Talabalarni raqamli formatdagi o‘quv materiallariga yo‘naltirishda ish yo‘nalishi oddiylik
va oddiydan murakkabga talablariga javob berishi kerak.
3. Jarayonda taʼlim oluvchi va taʼlim beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqa taʼminlanishi kerak.
4. Jarayonda o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha darsliklar yoki o‘quv adabiyotlarining
elektron nusxasidan samarali foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: