Mutaxassis kompetentligi
Kasbiy qadriyatlar va
o'z kasbiga qadriy
munosabat
Kasbiy sohadagi
nazariy bilimlar
Kasbiy ko'nikmalar
108
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
kommunikativ, axborot texnologiyalari. Ular orasida kengroq: mustaqil taʼlim va o‘zini taqdim
etish, guruhlarda ishlash, muammolarni hal etish hisoblanadi
1
.
Yevropa Kengashi ko‘plab kompetensiyalarni kiritgan. Lekin har bir mamalakat o‘z ustuvor
yo‘nalishlaridan kelib chiqib, kasbiy soha bilan hamkorlikda maʼlum kompetensiyalarni ajratadi
2
.
Yondashuvlarda baʼzi farqlar bo‘lishiga qaramay, АQSh mutaxassislari taʼlimda
kompetentlikning uchta asosiy komponentini ajratadi. Bular bilim, ko‘nikma va qadriyatlar.
Maʼlumki, barcha kompetensiyalar harakatning turli tiplarini talab etadi: mustaqil va refleksiv
harakat qilish, turli vositalardan interfaol foydalanish, ijtimoiy-geterogen guruhlarga kiradigan va
ularni boshqaradigan
3
.
O.Y.Kirilenko, I.R.Pozdnyakovalar kompetensiyani pedagogik kategoriya deb biladi va unga
ega bo‘lgan o‘qituvchi maktab o‘quv dasturining har qanday mavzusini puxta biladigan
mutaxassisdir. Muallifning taʼkidlashicha, bo‘lajak pedagogning kompetensiyasi u o‘qitadigan
maʼlum bilimlar sohasida ixtisoslashtiriladi va kasbiy tayyorlash jarayonida shakllantiriladi
4
.
Mutaxassisning kasbiy kompetentligi obyektiv zarur bilim va ko‘nikmalarning umumiy
yig‘indisi kabi ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘ladi, o‘z vazifalarini bajarishda ularni to‘g‘ri
tasarruf etish ko‘nikmasi, muayyan harakatlarning mumkin bo‘lgan oqibatlarini bilish, amaliy
tajriba, inson mehnatining natijasi, metodning moslashuvchanligi va fikrlashning tanqidiyligi,
shuningdek, kasbiy nuqtayi nazarlar, individual psixologik fazilatlar va akmeologik invariantlar.
Pedagogika fanida "kasbiy kompetensiya" tushunchasi mehnat samaradorligini
belgilaydigan bilim va ko‘nikmalarning yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqiladi, vazifalarni bajarish
ko‘nikmalarining hajmi, shaxsiy fazilatlar va xususiyatlarning o‘zaro uyg‘un birikmasi
(kombinatsiyasi), bilim va kasbiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar majmui, kasbiylashtirish
vektori, nazariy va amaliy mehnatga tayyorlikning birligi, murakkab madaniy harakat turlarini
amalga oshirish qobiliyati va boshqalar
5
.
Hozirgi kunda pedagogik psixologiyada N.V.Kuzmina va uning maktabi, А.K.Markova,
L.M.Mitina va boshqalar o‘qituvchi shaxsining subyektiv xususiyatlari muammosi, uning kasbiy
faoliyati samaradorligini (mahsuldorligini) aniqlash maxsus nazariy va tajribaviy o‘rganish
predmetiga aylandi. Bu bizga kasbiy kompetentli o‘qituvchining subyektiv xususiyatlari tarkibiy
tuzilishining umumiy taqdim etishga imkon beradi.
N.V.Kuzminaning fikriga ko‘ra subyektiv omillar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) yo‘nalganlik turi;
2) qobiliyat darajasi;
3) o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladigan kompetentlik: kasbiy va pedagogik
kompetensiya,
ijtimoiy-psixologik,
metodik,
differensial-psixologik,
avtopsixologik
kompetentlik
6
.
Ushbu omil tarkibiy qismining uchta asosiy komponenti yaqqol ko‘rinib turibdi: shaxsiy,
individual va kasbiy bilim, ko‘nikmalar, shuningdek, kasbiy kompetensiya, yaʼni fan asosida va
1
Холстед М., Орджи Т. Ключевые компетенции в системе оценки Великобритании // Современные подходы к
компетентностно- ориентированному образованию: Материалы семинара./Под ред. A.B. Великановой. — Самара: Изд-во
Профи, 2001. — 60с.
2
Ковалева
Т.М. Ключевые компетенции и образовательные стандарты: Обсуждение доклада А.В.Хуторского на
Отделении философии образования и теоретической педагогики РАО 23 апреля 2002 г. - Центр "Эйдос",
www.eidos.ru/news/compet-dis.htm, e-mail: info@eidos.ru
3
Шишов
С.Е., Кальней В.А Школа: мониторинг качества образования. - 3 изд., исправ. и доп. - М.:
Педагогическое общество России,2000. - 320 с.
4
Кириленко О.Ю., Позднякова И.Р. Формирование профессиональной компетентности будущего педагога как показатель
качества высшего образования // Международный журнал экспериментального образования. – 2010. – № 4. – С. 26-27
5
Компетентностный подход в педагогическом образовании [Текст] /под ред. В. А. Козырева, Н. Ф. Радионовой, А. П.
Тряпициной. − СПб.: Изд-во РГПУ им. А. И. Герцена, 2005. − 392 с
6
Кузьмина
Н.В. Профессионализм личности преподавателя и мастера производственного обучения. - М.:
Высшая школа, 1990. - 135 с.
109
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
o‘z-o‘zini rivojlantirish darajasi asosida aniqlanadi. Taklif etilayotgan kompetensiyani
tabaqalashtirish va metodik kompetensiya kabi muhim shaklni ajratish, bu turli xil o‘qitish
metodlarini egallash, didaktik metodlarni, uslublarni bilish va ularni o‘quv jarayonida qo‘llash
ko‘nikmalari, o‘quv taʼlim jarayonida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning psixologik
mexanizmlarini bilish muhimdir.
Metodik kompetensiya pedagogning kasbiy kompetensiyalarini muhim tarkibiy
qismlaridan biri hisoblanadi.
Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha turlicha izohlanadi:
– pedagogning o‘qitishning turli metodlari, didaktik metodlar, uslublar sohasidagi bilimi,
o‘quv jarayonida ularni qo‘llash malakasi, bu jarayonda bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning
psixologik mexanizmlarini bilishi (Pechnikov, A.N. & Prenzov, A.V);
1
– o‘qituvchi shaxsining integrativ, ko‘p bosqichli, kasbiy ahamiyatli tavsifi, o‘qituvchilik
kasbiga, bilim va ko‘nikmalarni egallashga yagona yondashuv ifodasi (T.V.Syasina)
2
– o‘qituvchining ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarining ajralmas xususiyati,
metodik faoliyatning tizimli darajasini aks ettirishi; metodologik va metodik bilim, ko‘nikma,
tajriba, motivatsiya, qobiliyat va umuman uslubiy va pedagogik faoliyatda ijodiy o‘zini yaxlit
namoyon qilishga tayyorlik(T.А.Zagrivnaya)
3
.
Ushbu masala bo‘yicha tadqiqotlarni tahlil qilish o‘qituvchining metodik kompetentligi
haqida xulosa chiqarishga imkon beradi:
– o‘qituvchining pedagogik kompetentligining turlaridan biri hiosblanadi;
– o‘qituvchining metodik faoliyatida kasbiy pedagogik faoliyat turlaridan biri sifatida o‘zini
namoyon qiladi;
– talabalarni o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish uchun uning nazariy va amaliy
tayyorgarligi birligini bildiradi;
– umumpedagogik va metodik bilim, ko‘nikma, tajriba va shaxsiy fazilatlar yig‘indisiga
asoslanadi.
Belgilangan holatlar o‘qituvchining metodik kompetensiyasini pedagogik jarayon subyekti
mehnatining integrativ xarakteristikasi sifatida ko‘rib chiqishga asos bo‘ladi; umumpedagogik va
metodik bilimlar, ko‘nikmalar, tajriba va shaxsiy fazilatlar, samarali uslubiy faoliyatga tayyorlik va
qobiliyatni aks ettiradi va talabalarni o‘qitish va o‘qitish sohasida yuqori ko‘rsatkichlarga
erishishni taʼminlaydi.
Kasbiy-metodik sohaning o‘quv mazmunini saralash biologiya o‘qitish metodikasi fani
mazmunini cheklab qolmadi, biologiya o‘qituvchisining metodik faoliyati asosiy turlarini o‘z
ichiga olgan metodik sohaning amaliy mazmunini mustahkamladi, metodik tarkibni
kengaytiradigan yangi elektiv kurslarini joriy qildi. Metodik kompetentlikni bo‘lajak biologiya
o‘qituvchisining o‘z kasbiy faoliyatini sidqidildan bajarish, kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida
shakllantiriladi.
Kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazaridan biz metodik kompetensiyani metodik
faoliyatni amalga oshirish qobiliyati sifatida ajratdik va o‘rgandik. Bo‘lajak o‘qituvchilarning
metodik kompetensiyalarini shakllantirish muammosini tadqiqotchilar M.N.Mirnova,
А.V.Xodkina, V.S.Shagan, Y.Tamojnyaya va boshqalar o‘rgangan. Bo‘lajak biologiya
o‘qituvchisining metodik kompetensiyalari yetarlicha o‘rganilmagan. Tadqiqot pedagogika oliy
taʼlim muassasalari bakalavr bosqichi Biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi talabalarida
1
Pechnikov, A.N. & Prenzov, A.V. (2017). Тhe approach to assessing the formation of special competences. The Education and
science journal, 19(5), 28-54
2
Сясина Т.В. Формирование методической компетентности будущего учителя: автореф. дис. … канд. пед. наук.
Комсомольск-на-Амуре, 2005. −23 с.
3
Загривная Т.А. Становление научно-методи ческой компетентности педагогов в роцессе профессиональной
деятельности: автореф. дис... канд. пед. наук. СПб., 2006, 27 с.
110
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
variativ metodik topshiriqlarni yechish qobiliyatini rivojlantirish asosida amalga oshirildi. Shuning
uchun, “Biologiya fanini o‘qitish metodikasi” fanidan vazifalariga mos keladigan ko‘plab metodik
kompetensiyalar ajratildi.
Metodik kompetensiyalarni ajratish asosida pedagogika taʼlim yo‘nalishi bitiruvchilarining
kompetentli modeli ishlab chiqildi: maqsad qo‘yish va asoslash (o‘quvchilar faoliyati va h.k.);
rejalashtirish va loyihalash (o‘quv jarayoni, ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni va h.k.);
tayyorlash (darsga material, tajriba va h.k.); amalga oshirish (dars va h.k.); nazorat qilish (o‘qitish
natijalari va h.k.); kasbiy o‘z-o‘zini takomillashtirish (yangi texnologiyalar yaratish va egallash va
h.k.)
Kompetentli pedagogik taʼlim kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga muvofiq: tayanch
bilimlarni shakllantirish → biologiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi, pedagogika,
psixologiyadan amaliy mashg‘ulotlarda faoliyat usullarini qayta ishlash → amaliyot o‘tash
(biologiya o‘qitish nazariyasi va metodikasi bo‘yicha birinchi pedagogik amaliyot va o‘quv
amaliyoti, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash) → innovatsion va axborot
kompetensiyalari bazasida kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish (pedagogik amaliyot, ilmiy-tadqiqot
ishlari davomida) amalga oshiriladi.
Kasbiy rivojlanish trayektoriyasi bilimdan ko‘nikmaga, so‘ngra kompetensiyalarga o‘tish
uchun harakatini shakllantiradi.
1
Metodik tayyorgarlik tayanch bilimlarni shakllantirishdan
boshlanadi (biologiya fanini o‘qitish jarayoni, metodlari, uni amalga oshirish shakllari va
vositalari) va faoliyatning standart usullari (texnologik yoki algoritmik harakatlar) shundan
keyingina faoliyatning ushbu usullari amaliy mashg‘ulotlarda qayta takomillashtiriladi. Quyida
metodik kompetentlikning tarkibiy tuzilishi taqdim etiladi (3-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |