Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


THE TECHNOLOGIES OF STRENGTHENING NATIONAL FEELINGS IN STUDENTS



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

THE TECHNOLOGIES OF STRENGTHENING NATIONAL FEELINGS IN STUDENTS 
 
Rakhmanov A. 

 Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute 
Annotation.
The issue of technology for instilling national feelings in students is analyzed 
in the article. The article reflects the author's views on the technology of education in 
educational institutions and the work of educational institutions on the formation of national 
feelings in students, the inculcation of socially accepted norms and rules of behavior. 
Key words:
patriotism, social activism, national pride, internationalism, devotion, 
citizenship, national pride, enlightenment, national language, student personality, spirituality, 
culture. 
Mustaqillik tufayli qadriyatlarni tiklash imkoniyati yaratildi. Kishilar axloqidan yaralgan urf-
odat, anʼana va rasm-rusumlardan katta bir xazina sifatida yosh avlodni tarbiyalash uchun 
sharoit vujudga keldi. Milliy axloq va milliy tuyg‘u tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy muhit 
barpo etildi. 
O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq o‘tmish madaniyati va qadriyatlarini 
o‘rganish, milliy ongni tarbiyalash ehtiyoji vujudga keldi. Natijada Qurʼoni Karim va Hadislarni 
har tomonlama o‘rganish uchun sharoit yaratildi, diniy taʼlim va tarbiyaga eʼtibor kuchaydi. 
Chunki din shaxsni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi, bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, 
oxiratni eslatadi, insonni xushyorlikka, yaxshi iz qoldirishga, harom ish qilmaslikka, kechirimli, 
kamsuqum va kamtar bo‘lishiga undaydi. 
Hozirgi vaqtda diniy bilim hayotimizning yanada mazmunli, oqibatli, xayrli, mehr-shafqatli, 
buyuk insoniy fazilatli bo‘lishga xizmat qilmoqda. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» 
asarida taʼkidlaganidek: milliy tuyg‘u inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meʼros qilib 
olingan va bola o‘z ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi so‘zida ifodalanadi. O‘z xalqiga, 
uning anʼanalariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini 
millatlarning jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o‘z 
Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas. 
O‘quvchining mustaqilligi, faolligi va ijodining o‘sishi va shakllanishi faqat bir sferada - 
o‘qishdagina sodir bo‘lavermaydi. Chunki bilish faqat dars jarayonidangina iborat emas. Bunda 
(bilishda) amaliy salohiyat, ishlab chiqarish bilan bog‘lanish, sayohatlar, mehnat va ijtimoiy 
faoliyatning roli kattadir. Shuning uchun ham o‘quvchilar ijodining shakllanishi ularning shaxs 
sifatidagi kamoloti muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Demak, o‘quvchilar ijodiy faoliyatining tarkib topishini ularning umumiy faoliyatidan 
ajralgan holda olib qarash yaramaydi. 
Ijodiy faoliyat va mustaqillik tushunchalari bir-biri bilan juda yaqin munosabatda bo‘lib, 
pedagogik adabiyotda qayd qilinganidek, bu tushunchalar o‘rtasida maʼlum tafovutlar ham bor. 
Mustaqillik o‘quvchining o‘qituvchi tomonidan topshirilgan vazifani bajarishdagi faoliyati bo‘lsa, 
ijodkorlik shu vazifani bajarish yo‘sinida o‘quvchining shaxsiy fikr va mulohazalarini bayon 
qilishidir. 
Maʼlumki, adabiyot darsida o‘qituvchi har bir o‘quvchining o‘ziga xos alohida 
xususiyatlarini to‘lig‘icha o‘rgana olmaydi, ularning (o‘quvchilarning) har biriga alohida 
100


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
munosabatda bo‘la olmaydi. Natijada badiiy asarning mustaqil o‘zlashtirilishi va emotsional 
taʼsiri hamda o‘quvchilar mustaqil fikrining shakllanish jarayoni turlicha bo‘ladi. 
Shuni ham qayd qilish kerakki, o‘tiladigan materialning o‘quvchini mustaqil fikrlashga 
majbur qilishi uchun o‘qituvchi taʼlimning o‘quvchilarni o‘quv ishlari davomida individual 
xususiyatlarini o‘rganishga hamda ulardan o‘z o‘rni bilan foydalanishga imkon beradigan usul va 
vositalarni topishi zarur. 
U yoki bu adabiy asar haqida o‘qituvchining maʼlumot berish, fikr va mulohazalari tufayli 
o‘quvchida yangi fikr tug‘ilmaydi, albatta. Buning uchun o‘sha asar o‘quvchilar tomonidan 
o‘qilishi va ayrim fikrlar keng muhokama qilinishi, o‘qituvchi fikrlari evaziga to‘ldirilishi lozim. 
Chunki o‘quvchi (o‘rta maktabning yuqori sinflarida ham) maʼlum adabiy asarda olg‘a surilgan 
g‘oya va mazmunni to‘g‘ri yoki to‘la tushunmasligi mumkin. Psixologik qonuniyatlarga ko‘ra, 
o‘quvchi tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan adabiy asar qayta o‘qilgan bo‘lishi kerak. 
Bu pedagogik qonuniyat hayot haqiqati nuqtayi nazaridan to‘g‘ri bo‘lishi bilan birga 
adabiyot o‘qituvchilari zimmasiga muhim maʼsuliyatlar ham yuklaydi. Chunki o‘qiladigan 
materialga nisbatan chuqur fikr yurituvchi ilg‘or o‘quvchilarni tarbiyalashda adabiyot fanining 
ahamiyati muhimdirki, bu muhimlik adabiyot o‘qituvchilariga nisbatan bo‘lgan talab va 
mas’uliyatni yanada oshiradi. 
Bizningcha, adabiy asar, avvalo, o‘quvchi tomonidan mustaqil o‘qilib, so‘ngra o‘qituvchi 
tomonidan tahlil qilingani maʼquldir. Bunday qilinganda o‘quvchilar mustaqil topshiriqni 
asarning maʼlum bob yoki bo‘limi bo‘yicha bajarganda ham o‘sha asarning umumiy g‘oyasi va 
mazmuni haqida ham maʼlumot bera oladi, o‘zi mustaqil tarzda qo‘shimcha fikr bayon qila oladi. 
Bunday usul tufayli o‘qituvchi o‘quvchining shaxsiy (ijodiy) mulohaza va fikr darajasini aniqlaydi. 
Ikkinchi tomonda, adabiy asar tahliliga, u yoki bu shoirning ijodini o‘rganishga nisbatan bo‘lgan 
yo‘l-yo‘lak tomoman o‘zgaradi. 
O‘quvchilar tashabbuskorligini oshirishda bunday yo‘lning yana bir afzal tomoni shundaki, 
bunda asar muhokamasi yoki tahlili faol fikr egasi bo‘lgan o‘qituvchi tomonidan qilinadi. Bunda 
o‘quvchining o‘qish, fikrlash qobiliyati o‘sadi. Аsar tahlili esa, o‘quvchilar mustaqil fikrlashning 
natijasi bo‘lib qoladi. 
Shuni ham alohida ko‘rsatish kerakki, adabiyot o‘qitish metodikasi qo‘llanmalarida 
o‘quvchilarning ijodiy fikrini o‘stirish masalasi to‘lig‘icha ishlanmagan. Shuning uchun ham 
hozirgi zamon psixologiyasi fani yosh avlodni jamiyatning har tomonlama rivoj topgan kishilari 
qilib yetishtirish vazifasini hal qilar ekan, bu masalaga maxsus eʼtibor berishi zarur. 
Bunga erishishi uchun pedagoglar, ota-onalar, xalq taʼlimi xodimlari, psixologiya fani 
vakillari va umuman yosh avlodga taʼlim va tarbiya berish muammosi bilan 
shug‘ullanuvchilarning maqsad va harakat birligi zarurdir. Shundagina ilg‘or g‘oyalar bilan 
sug‘orilgan, tenglik va ozodlikning «podshosi» bo‘lgan insonni voyaga yetkazishga munosib hissa 
qo‘shiladi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda g‘oyaviy mafkuraviy soha eng katta va eng zarur 
muammodir. Xalqimiz kitobni qadrlaydi. Chunki kitob davrimiz yoshlarining chin o‘rtog‘i, 
yordamchisi, maslahatchisi va o‘qituvchisi bo‘lishdek ulug‘vor vazifalarni bajara boshladi. 
Bizning adabiy kitoblarimiz Mustaqillik voqeligiga, ona Vatanga, jonajon xalqimizga odil va 
qudratli davlatimizga mehr-u muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan. Shuning uchun ham 
Respublikamiz hukumati yosh avlod tarbiyasini amalga oshirishning qudratli quroli bo‘lgan badiiy 
adabiyot va uning maktabda o‘qitilishi masalasiga jiddiy ahamiyat bermoqda. 
Madaniyatimiz tarixining yirik arboblari ijodida ham kitobning bilim manbayi, inson yo‘lini 
yorituvchi nur, maʼnaviy ozuqa ekanligi qayta-qayta taʼkidlangan. Ulug‘ tojik shoiri va 
mutafakkiri Аbdurahmon Jomiy taʼkidlaganidek: 
Jahonda kitobdan yaxshi yor bo‘lmas, 
101


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Davr g‘amxonasida g‘amrusor bo‘lmas. 
Yolg‘izlik kunjida undan har qachon 
Yuz rohat yetar, lek bir ozor bo‘lmas (...) 
O‘rta maktab dasturi bo‘yicha o‘tiladigan adabiyot materiallari davrni aks ettirishi va 
mavzu hamda shakl jihatdan xilma-xildir. O‘rni kelganda shuni ham qayd qilish kerakki, adabiyot 
dasturlari va adabiyot darsliklarining so‘nggi nashrlari asosida XX asr adabiyotini o‘rganish 
asosan yuqori sinflarga mo‘ljallangan. Bunda o‘zbek adabiyoti davrlar bo‘yicha o‘rganiladi 
hamda hozirgi adabiyotning baʼzi yirik namoyondalarining ijodiga to‘xtalinadi. Natijada 
Mustaqillik hayotini aks ettiruvchi adabiyotlarning kam qismigina o‘rganiladi, xolos. 
O‘quvchilarda mustaqil fikr tug‘ilishi va uning shakllanish jarayoni quyi sinflardayoq 
namoyon bo‘la boshlaydi. Lekin ularda tug‘ilgan fikrlar, voqea, hodisalar va narsalarga bo‘lgan 
munosabat qatʼiy fikr sifatida o‘quvchi tomonidan bayon qilinmaydi. Ikkinchi tomondan, ijodiy 
xarakterdagi mustaqil g‘oyani bayon qilish uzoq davr mobaynida olib borilgan taʼlimiy va 
tarbiyaviy ishning natijasi bo‘lishi kerak. Bunda o‘quvchi dunyoqarashining shakllanishi moddiy 
dunyoni o‘rganish hamda ijtimoiy hayot bilan bog‘langan bo‘lishning ahamiyati kattadir. 
Darhaqiqat, maʼlum dunyoqarash tufayli inson o‘zining tevarak atrofga nisbatan o‘z 
munosabatini bayon qiladi. 
Dunyoqarash ilmiy, dunyoviy va diniy yo‘nalishiga ega bo‘lib, u yosh avlodning va butun 
ommaning manfaatini ochiqdan-ochiq va aniq ifodalaydi, ilg‘or va demokratik g‘oyalarning 
g‘alabasi uchun kurashga undatadi. Chunki ilmiy dunyoqarash dunyoni to‘g‘ri tushuntirib 
beruvchi va uning taraqqiyot qonunlarini ko‘rsatuvchi nazariyagina bo‘lmay, shu bilan birga 
dunyoni istiqlol asosida qayta qurish uchun fidokorona kurash olib borishga daʼvat etuvchi 
nazariya hamdir. 
O‘rta maktabning adabiy materiallarini o‘rganish davomida o‘quvchilar bilan bir necha 
asrlar oldingi voqealar bilan, xalqning uzoq o‘tmishi hamda turmush sharoiti bilan tanishadilar. 
Bu tanishish faqat oddiy o‘rganishdagina iborat bo‘lmaydi. O‘quvchilar fan, uning sanʼatning bir 
turi, madaniyatning bir qismi hamda inson ijodiy faoliyatining mahsuli ekanligi kabi muammolar 
bilan tanishadilar, jamiyatning taraqqiy eta borishi jarayonida sanʼat va uning turlari: badiiy 
adabiyot, musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, meʼmorchilik, raqs kabilarning buyuk rol o‘ynashini 
bilib oladilar. Folklor (xalq og‘zaki ijodi) va yozma adabiyot, adabiyotning sinfiy xarakteri 
(sinfiyligi) masalalarini o‘rganadilar. Natijada, o‘quvchilar o‘tmish dunyo va uning kirdikorlariga 
nisbatan o‘zlarida fikr va mulohazalar to‘playdilar. Qadimgi qo‘shiqlar (bu qo‘shiqlarda xalq orzu-
istaklari hamda intilishlari aks etgan), afsonalar («To‘maris», «Shiroq»), dostonlar, ertaklar orqali 
badiiy so‘zning ilhomlantiruvchi kuchi, jalb qiluvchilik xislati, intiluvchanlikka undash kabi 
maʼnaviy quvvati o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. 
Darslarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini kengaytirishda o‘rganilayotgan 
asarni aks ettirgan davr, o‘sha davrning ijtimoiy hayoti bilan bog‘lashning ahamiyati kattadir. 
Umumiy xarakterdagi obzor mavzularni o‘rganish, tarixiy voqealarni ixcham qilib tushuntirib 
berish orqali o‘quvchilarda o‘z davriga nisbatan mehr yanada kuchayadi. Tarixning o‘sha 
bosqichidagi faktlarni davrimiz faktlari bilan qorishtirish natijasida davrlar o‘rtasidagi tafovut 
o‘quvchilar ko‘zi o‘ngida namoyon bo‘ladi. 
O‘rta maktab dasturlari bo‘yicha o‘tiladigan adabiyot darslari orqali o‘quvchilarda adabiy 
faktlarga mustaqil baho berish, shaxsiy fikr laboratoriyasida muhokama qilish, shu asosida fanniy 
(ilmiy) xulosalar chiqarishda va umuman, o‘quvchilarda to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirishda 
ularni adabiy-nazariy bilim bilan qurollantirishning ahamiyati katta. Kishilik mehnatning ijodiy 
mahsuli bo‘lgan badiiy adabiyotni o‘rganish orqali o‘quvchilarning olam voqealari haqidagi 
tasavvuri boyiydi, insonlar tomonidan yaratilgan madaniyat va sanʼat boyliklariga nisbatan 
muhabbat bilan qarash tarbiyalanadi. 
102


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Bundan tashqari, mumtoz adabiyot va hozirgi adabiyotimizning taraqqiyotida muhim o‘rin 
egallovchi yozuvchi va shoirlarning tarjimayi holini o‘rganish, ularning sistemali ravishda qunt va 
chidam bilan ijodiy mehnat qilish, sistemali tarzda o‘qish va o‘rganish jarayonida ijodiy 
kamolotga erishganliklarini hikoya qilish (o‘quvchilarga so‘zlab berish) orqali ham o‘quvchilarda 
ijodkorlik hissi tarbiyalanadi. 
Shuni ham eʼtiborga olish zarurki, avvalo, o‘rganilayotgan u yoki bu asar muallifiga 
nisbatan o‘quvchilarda simpatiya bo‘lishi kerak, shundagina ular o‘sha muallifning asarini qunt 
bilan o‘rganadilar hamda asar g‘oyasi va mazmuniga nisbatan ijodiy fikr bayon qiladilar. 
O‘zbek mumtoz adabiyoti darsliklari umumiy xarakterdagi obzor mavzulardan keyin 
dunyoviy adabiyotning takomillashuvida XIV asr oxiri va XVI asrning birinchi yarmida yetishgan 
Xorazmiy, Qutb, Durbek, Аtoiy, Sakkokiy va Mavlono Lutfiy haqida maʼlumot berilishi orqali 
o‘quvchilarda dunyoviy motivlarni tarannum etuvchi hayotiy adabiyotga nisbatan muhabbat 
paydo bo‘ladi. 
Ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1203), ulug‘ tojik shoiri va mutafakkiri 
Аbdurahmon Jomiy (1414-1492), ulug‘ ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy 
(1498-1556) kabilarning ijodlaridan namunalarni o‘rganish orqali o‘quvchilarda O‘rta Osiyo 
xalqlarining tarixi, adabiy-madaniy jihatdan hamkorligi hamda Sharq xalqlarining madaniyat 
birligi va boyliklari haqida bilim hosil qilinadi. 
Klassik lirika, uning jozibali ohangi o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, mumtoz adabiyot 
materiallarini targ‘ib va tashviq qilishga majbur etadi. Natijada, Navoiy kabi ulug‘ siymoning 
qaynoq ijod bulog‘idan bahra olishni o‘quvchilar zo‘r toqatsizlik bilan kutadi. Chunki hali Navoiy 
ijodini o‘tmasdanoq, o‘quvchilar uning aforizmlari, radio orqali aytiladigan ashulalari, sahna 
asarlari hamda hikmatli so‘zlari bilan tanishgan bo‘ladilar. O‘zbek klassik adabiyotining yulduzi, 
buyuk shoir va ulug‘ mutafakkir Аlisher Navoiy faqat o‘zbek adabiyotida emas, balki butun 
dunyoga mashhur bo‘lgan sanʼatkorlardan biridir. O‘rta maktabda Аlisher Navoiy ijodini keng 
ko‘lamda o‘rganishning ahamiyati juda katta. Chunki Navoiy ijodi o‘quvchilarni turli tomondan 
tarbiyalaydi. Navoiy lirikasi o‘quvchilarda insoniylik xislatlarini kamol toptirishda qimmatlidir. 
Shuning uchun ham hatto quyi sinf o‘quvchilari ham Navoiyning sheʼr yoki g‘azallaridan 
namunalarni yoddan aytib yuradilar. Baʼzi havasmand o‘smirlar badiiy ijod sohasida (o‘quvchilik 
davrida, albatta) qo‘lga qalam olsalar, avvalo, klassik poeziyaga, jumladan, Navoiy ijodiga taqlid 
qiladilar. Buning natijasida o‘quvchilarda klassik adabiyot hamda uning namoyandalarining 
ijodiga nisbatan muhabbat hissi tarbiyalanadi. Shu tufayli o‘quvchilarda ayrim adabiy faktlarga 
nisbatan shaxsiy munosabat, mustaqil xulosalar hosil qilinadi. 
O‘quvchilarda ijodkorlik hissini tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan omillardan biri 
o‘qituvchining adabiy materialni o‘quvchilarga sistemali tarzda yetkazishdir. Buning uchun esa, 
avvalo, adabiyot darsliklari ixcham, o‘rganiladigan materialning ahamiyatini hisobga olgan holda 
tuzilgan bo‘lishi kerak. Аks holda, o‘qituvchi qo‘llagan usul va vositalar, tuzuk natija bermaydi, 
materialning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishida yanglish hollar yuz beradi. O‘z-o‘zidan 
maʼlumki, o‘quvchi u yoki bu asarni (qanday hajmdagi va qanday turdagi asar bo‘lishidan qatʼiy 
nazar), u durust o‘zlashtirmasa, unda olg‘a surilgan g‘oya va mazmunni to‘la tushunmasa, o‘sha 
asar yoki faktga nisbatan ijodiy fikr yurita olmaydi. 
Shunga asoslangan holda biz Аlisher Navoiy ijodini quyidagi reja asosida o‘rganishni tavsiya 
etamiz: 
1) Аlisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati; 
2) Navoiy lirikasi; 
3) Xamsa; 
4) Navoiy adabiy merosining maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyati. Navoiydek buyuk siymo 
qoldirgan adabiy meros bizning davrimiz uchun ham bebahodir. 
103


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Navoiyning g‘azal, ruboiy va hikmatli so‘zlarida olg‘a surilgan g‘oya - insonparvarlik, 
mehnatga muhabbat, ijodkorlik va ilm haqidagi g‘oyalari zamonamizga halol xizmat qiluvchi 
mutaxassis kadrlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. O‘qituvchi Layli, Majnun, Farhod, 
Shirin, Mehinbonu, Bahrom, Shopur kabi ijobiy timsollar orqali o‘quvchilarda sofdillik, 
samimiylik, do‘stlik, chin insoniy sevgi, o‘z Vatani va xalqiga nisbatan mehr-u muhabbat kabi 
xislatlarni tarbiyalaydi. Lekin bu fikrlar hozirgi zamon bilan bog‘lanmasa, faqat uzoq o‘tmishda 
sodir bo‘lgan voqea-hodisa sifatida o‘rganilsa, Navoiy ijodining tarbiyaviy va ijodkorlik 
xislatlaridan kutilgan maqsad ro‘yobga chiqmay qoladi. Zotan, Shirinning insoniy fazilatlari 
hozirgi qizlarimiz uchun ham ibratdir. Chin inson bo‘lishni, chin insonni sevishni buyuk fazilat deb 
bilgan Shirinning zolim Xisravga nisbatan qaytargan quyidagi javobi o‘qituvchi tomonidan 
zamonaga bog‘lab tahlil qilinsa, so‘zsiz, o‘quvchilar ongiga bugunning ohangi bo‘lib yetadi. 
Hayotda yashashni tom maʼnosida tushungan Shirin zolim Xisravga shunday deydi: 
Menga ne yoru ne oshiq havasdur, 
Аgar men odam o‘lsam, ushbu basdur. 
Shirin pok sevgi egasi bo‘lgan Farhodni sevadi. Butun borligini u bilan baham ko‘rish, uning 
bilan birga bo‘lish ishtiyoqida yonadi. Hech qanday kuch, sevgi va vafo yo‘lida Shiringa teng kela 
olmaydi. Demak, o‘qituvchi Shirin obrazida olg‘a surilgan g‘oyani o‘quvchilarga to‘liq yetkazsa, 
shubhasiz, ularda hozirgi tuzum va jamiyatga nisbatan bo‘lgan qarashlar mazmuni tamoman 
yangi tus oladi. 
Mehnatni qadrlash, xalqqa xizmat ishtiyoqi bilan to‘la xislatlarni o‘zida mujassam etgan 
Farhodning: 
Har ishniki qilmish odamizod, 
Tafakkur birla bilmish odamizod. 
O‘lum ichra ming to bo‘ldi madhal 
Topilmas mushkule men qilmagan hal.
kabi misralarda jaranglagan ovozi odam aqli, fikr-zakovatiga berilgan bahodir. Haqiqatan 
ham shunday. Odam aqli yetmaydigan, odam hal qila olmaydigan birorta ham mushkul ish yo‘q. 
Darhaqiqat, asrimiz - kibernetika, kosmos, osmon jismlari inson izmiga bo‘ysungan, avtomatika, 
fan va texnika yuqori darajada taraqqiy etgan asrdir. Demak, Farhod timsolida olg‘a surilgan 
g‘oya tufayli o‘quvchilarga inson qudrati va aql farosatiga nisbatan muhabbat hamda uni 
tarbiyalash yo‘llari haqida bilim hosil qilinadi. Bu bilim o‘quvchilarni tarixiy faktlarni o‘rganish, 
ularni o‘zi yashab turgan zamoniga tatbiq etish, ulardan o‘z o‘rnida foydalanishga undaydi. 
Tarixiy faktlarga duch kelish, ular bilan to‘qnashish va ularni o‘rganish yo‘lidagi harakat 
o‘quvchilarni ijodkorlikka, mustaqil xulosalar chiqarishga jalb qiladi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish