Moliyaviy hisobot auditi


Ustav kapital tuzilishi auditi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Ustav kapital tuzilishi auditi. 
Ustav kapital tuzilishini tekshirish, korxona uchun, 
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi, ta’sischilarning ustav 
kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy hisob- kitoblar uchun qonunda belgilangan 
muddatlarga rioya qilinishi aniqlanadi. 
Ustav kapital – bu xo’jalik yurituvchi sub’yekt ustavida ro’yxatdan o’tgan kapital miqdori 
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ustav kapital – korxona tashkil qilish uchun ta’sis hujjatlariga 
asosan, ta’sischilarning mol –mulklari va pul mablag’lari majmuasi. 
Ustav kapitalni shakllantirish tartibi qonun doirasida va ta’sis hujjatlari bilan tartibga 
solinadi. Ustav kapital iqtisodiy sub’yekt mulkining shakliga mos ravishda shakllantiriladi: 
aksioner jamiyatlarida aksionerlarning aksiyalariga qo’l qo’yganligi sababli, ma’suliyati 
cheklangan jamiyatda (MCHJ)- har bir ta’sischining qo’yilmasini kiritganligi uchun, davlat 
korxonalarida iqtisodiy sub’yektga davlat mulkini mustahkamlab qo’yish tufayli. 
Auditor xo’jalik yurituvchi sub’yektning davlat ro’yxatidan o’tganidan keyin, shu 
tashkilotning buxgalteriyada ustav kapitalni hisobga olishi kerakligini, ya’ni ta’sischilarining 
kreditorlik va debitorlik qarzlarini hisobga olinishini bilishi kerak.Agar balans qoldig’i bilan 
saldo teng bo’lsa, bu ta’sischilarning ustav kapitaliga ulush qo’shmaganligini bildiradi.Bunday 
tashkilotlar tashkil etilmagan yoki tugatilgan deb ataladi. 
Auditor ta’sischilarni dastlabki hujjatlarga muvofiq, ustav kapitalga kiritilgan kredit 
qarzlarini, debet hisobiniva pul vositasi, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarishva boshalarni 


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
95 
tekshiradi. Shuningdek, kassa kirim orderi ma’lumotlari valyuta schyoti va hisob- kitob schyoti 
bo’yicha bank ko’chirmasi, ta’sischilar tomonidan kiritilgan ulushlar o’z vaqtida va to’g’ri 
yuritilishini ham tekshiradi. 
Ustav kapitalda moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar ta’sis hujjatlariga asosan va 
ta’sischilarning o’zaro kelishuvi asosida kiritiladi. Valyuta va valyuta qiymatlari korxona 
ustavining ro’yxatdan o’tgan kunidan amal qilgan Markaziy Bank kursi bo’yicha baholanadi. 
Qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ustav kapitalda ta’sischilar kelishuviga 
asosan narx o’rnatish orqali kiritiladi. 
Moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar ustav kapital yoki aksiya qiymatini to’lash uchun 
kiritiladi, kiritilgan mol-mulklar real bozor bahosida baholanadi. 
Nomodiy aktivlar qiymati bozor qiymatiga ega bo’lmagan balki tomonlarning 
kelishuviga asosan yoki ta’sis hujjatlariga muvofiq o’rnatiladi, ob’yektlarni baholash malakali 
mutaxassisga topshiriladi. 
Ustav kapitalga qo’yilgan valyuta va valyuta qiymatliklari qo’yilma kiritilgan vaqtdagi 
davlat kursida baholanadi. 
Qimmatli qog’ozlar oxirgi birja kursiga asosan o’rnatiladi. Birjada kotirovka bo’lmaydigan 
qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ikki tomonlama kelishuv asosida belgilanadi. 
Keyingi holatlarda shuningdek qonun talab qilganda ustav kapitalga qo’yilma sifatida kiritilgan 
aktivlarni to’g’ri baholash mustaqil auditorning xulosasi bilan tasdiqlanadi. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish akti ma’lumotlari nomoddiy aktivlar harakati va 
asosiy vositalar hisobi uchun debet oborotida aks ettiriladi. 
Ustav kapiraliga qo’yilma sifatida kiritilgan moddiy va valyuta qiymatliklari, nomoddiy va 
moliyaviy aktivlarni baholash ta’sis hujjatlarida va oldingi kelishuvdagi baholashdan farqlanishi 
mumkin. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish aktidagi va nomoddiy aktivlarni kirimini aks 
ettiradigan hujjatdagi hisob varaqalar bo’yicha debet oborotidagi ma’lumotlar asosiy vosita va 
nomoddiy aktivlar hisobi uchun va jihoz, bino inshoot, intellektual mulk huquqining narxini 
aniqlash uchun ishlatiladi. 
Materiallarni akt kirimi tovar-transport yuk xati ishlab chiqarish zahiralarini hisobini 
oladigan hisob varaqasi ma’lumotlariga asoslanib kelib tushgan moddiy qiymatlarning narxi 
aniqlanadi. Har bir qo’yilma hujjat orqali tasdiqlanadi va ustav kapital tarkibi ko’rsatib o’tilishi 
shart. Bundan tashqari ustav kapitalga qo’yilma bo’layotgan alohida vosita turlari, 
ta’sischilarning shaxsiy xususiyati ya’ni jismoniy shaxsligini ko’rsatadigan hujjat bilan mos 
tushishi kerak. Bunday vositalarga quyidagilar kiradi: 
Masalan: xususiylashtirilgan kvartira, intellektual mulk, transport vositalari va h.k. 
shuningdek, auditor ta’sischilar qo’yilmasining analitik hisob-kitobini tekshiradi, ya’ni har bir 
kartochka yoki vedomostlar bo’yicha yuritiladigan va qo’yilmalar bo’yicha qarzdorlik 
summasini, uning to’lash kunini qarzlarni to’lash uchun qo’yiladigan aktivlar summasini aks 
ettiradigan. 
Auditor alohida e’tiborni yangi tur vositalarini – ya’ni ta’sischilar tomonidan kiritilgan, 
ro’yxatini texnik tomoniga qaratish kerak. Bular ixtiro va intelletual mulk ob’yektlari va boshqa 
intelletual mulk ob’yektlari yer va tabiiy resurslardan foydalanish uchun mulk huquqlari, alohida 
faoliyat turlari uchun litsenziya, brokerlik o’rnidan, tovar belgisi, savdo markalaridan 
foydalanish uchun to’lov. 
Nomoddiy aktivlarni hisobini yuritganda kelishilgan narxlarda baholanadi, zaruriyat 
tug’ilganda ekspertlar qatnashishi bilan belgilanadi. 
Ba’zi holatlarda hamma ta’sischilar bilan kelishilmagan holda jismoniy shaxslarga tegishli 
bo’lgan mulkning bir qismini real qiymati bo’yicha emas balki, undan bir necha bor baland 
qiymatda u shu qiymatga ega bo’lmasa ham baholanadi. 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish