MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
97
Rezerv kapitali- foyda, mulkni qayta baholash, inflyatsiya
rezervlari hisobiga
vujudga
keladi. O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq aksionerlik jamiyatlari ustav kapitalida
ko’rsatilgan , o’z ustav kapitalidan 15% dan kam bo’lmagan miqdorda rezerv kapitali saqlashlari
mumkin. Yillik ajratmalar miqdori ustav kapitali tomonidan belgilangan miqdordan 5% dan ko’p
bo’lmagan holda oshishi mumkin. Shuningdek, auditor rezerv kapitali bo’yicha
buxgalteriya
provodkalarini to’g’riligini ham tekshirishi lozim. Bundan tashqari, rezerv kapitali shakllanishi
va tashkil etilishi to’g’riligini ham tekshiradi.
Tekshiruv manbalariga quyidagilar kiradi: korxona ustavi, O’zbekiston Respublikasining
mulkni qayta baholash qarorlari va hisoblari, mulkni qaytarilmaslik haqidagi shartnoma,
qabul
qilish-topshirish dalolatnomasi,e’lonlar va h.k.
Rezerv kapitali ishlab chiqarishni rivojlantirish, ish haqini
va korxona faoliyatini
to’xtatish holatida budjetga soliq to’lash, inflyatsiya zararlarini qoplash, aksionerlik jamiyati
kengashi qarori bo’yicha ustav kapitalni to’ldirish, qayta baholash
miqdorini qoplash va
aksionerlik jamiyatini rivojlantirish va boshqa yo’nalishlari uchun foydalaniladi. Ochiq turdagi
aksionerlik jamiyatlarida rezerv kapitali foydaning kam yoki yo’q bo’lgan holatlarida imtiyozli
aksiyalar bo’yicha dividend to’lashga yo’naltirishi mumkin.
Auditor rezerv kapital vositalari moddiy yordamga sarflanganlik, mehnat haqini to’lash
va hattoki ishchi guruhga mukofot sifatida to’langanlik faktlariga duch kelishi mumkin. Shuning
uchun auditor rezerv kapitalidan foydalanishni rezerv kapital schyotlaridagi yozuvlarni tahlil
yo’li bilan tekshirishi kerak.
TIPIK XATOLAR
Ta’sischilar bilan hisobni tashkillashtirish va ustav kapitalini
shakllantirishda har xil
xatolar yuzaga kelishi mumkin. Quyida auditor e’tibor qilishi kerak bo’lgan eng ko’p tarqalgan
xatolar keltirilgan:
-
“
Ustav kapitalini hisoblash schyotlari” bo’yicha kredit qoldig’i bayon qilingan ta’sis
hujjatlariga mos emas;
-
Moddiy boyliklar, nomoddiy aktivlar (ustav kapital hisobiga kiruvchi ) ning qiymatini
oshirish natijasida asossiz ustav kapitalini ko’paytirsih;
-
Ta’sischilar ulushalarini ustav kapitaliga to’liq
emas yoki umuman kiritmaslik;
-
Aksionerlik reestriga o’z vaqtida o’zgartirish kiritmaslik, kirim va chiqimni o’z vaqtida
rasmiylashtirmaslik, imtiozli aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lamaslik,
-
Aksionerlik jamiyatlari uchun katta bitimlarni noto’g’ri rasmiylashtirish,
-
Tugatilgan (amalga oshirilmagan) moliyaviy operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlar
yo’qligi;
-
Oxirigacha rasmiylashtirilmagan
va muddati tugagan hujjatlar;
-
Asossiz hujjatlardagi qaydlarni o’zgartirish, qonuniy hujjatlarning haqiqiysi va nusxasi
yo’qligi;
-
Amalga oshirilgan operatsiyalarning bayon etilmasligi;
-
Litsenziyasiz faoliyat;
-
Dividentga noto’g’ri
soliq hisoblash;
-
Normativ hujjatlarning ijro etilmasligi.
Ustav kapital
- ta’sischilar tomonidan korxona tuzilganida uning faoliyatini ta’minlash
uchun mulkka kiritilgan va ta’sis hujjatlarida aniqlangan hajmdagi qo’yilmalar jamlanmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: