Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti “5111100-Musiqa ta’limi” yo’nalishi
18/1 guruh talabasi Muminjonova Dilshodaxon Muxammadxalil qizining
“Musiqa nazariyasi” fanidan “M.Ravelning “Bolero” asari tahlili”
mavzusidagi kurs ishiga
TAQRIZ
Umumta’lim maktablaridagi “Musiqa madaniyati” darslari o’z tuzilishi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu uning bir qator faoliyatlar birikmasidan tashkil topishda ko’rinadi. Bu faoliyatlar orasida jamoa bo’lib qo’shiq kuylash yetakchi faoliyat sifatida ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda Abduvoitova Dilshodaxon tomonidan tayyorlangan “M.Ravelning “Bolero” asari tahlili” mavzusidagi mazkur kurs ishi ayni muddao bo’ldi. Darhaqiqat, umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati darslarida Yevropa kompozitorlarini ijodini tanishtirish orqali musiqiy idrokini shakllantirish o’quvchilarning milliy, ma’naviy va ruhiy tarbiyalashda muhim vazifa bo’lib xizmat qilishi belgilab qo’yilgan. Har xil janr, mazmundagi va har xil chet el kompozitorlari asarlari bilan tanishish, musiqiy zahirani keng ko`lamli doirasini shakllantirishda o’z xissasini qo’shadi.
Har bir xalqning bebaho kuy, qо‘shiq, ashulalari, ya’ni xalq musiqasi mavjud. Kо‘p asrli taraqqiyot yо‘lini kechgan xalq musiqasi har bir inson qalbida muhim о‘rin egallab, milliy ma’naviy qadriyatning qimmatli bо‘lagi hisoblanadi. Musiqa san’ati inson paydo bо‘lgan davrdan boshlab uning hayot yо‘ldoshi bо‘lib kelmoqda.
Musiqa insonning his-tuyg‘ularini ifoda etishga qaratilgani bois boshqa san’at turlaridan kо‘ra kо‘proq emotsional ta’sir kuchiga egadir. Musiqa san’ati – musiqiy cholg‘u yoki inson ovozi orqali ijro etilgan tovushlarning tashkil etilgan va tartiblangan san’atidir. Musiqani idrok etish uchun inson о‘zining tafakkuri, dunyoqarashi va iqtidoridan foydalanadi. Musiqa san’at turlari ichida muhim о‘rin egallab, opera, balet, teatr kabi boshqa san’at turlariga ham katta ta’sir kо‘rsatadi. Musiqa faqat tinglash orqali hamda insonning his-tuyg‘ulari vositasida qabul qilinishi bois, boshqa san’at turlaridan murakkabroqdir.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, Pedagogika fakulteti “5111100-Musiqa ta’limi” yo’nalishi 18/1 guruh talabasi Muminjonova Dilshodaxon Muxammadxalil qizining “Musiqa nazariyasi” fanidan “M.Ravelning “Bolero” mavzusidagi kurs ishi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining bakalavriat bosqichi talabalarining kurs ishida tayyorlash talabiga to’la mos keladi. Mazkur kurs ishini tugallangan deb hisoblayman va uni himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: Sh.Maxkamova-TVCHDPI, Musiqa ta`limi kafedrasi
katta o`qituvchisi, kafedra mudiri.
Do'stlaringiz bilan baham: |