MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
96
Shuning uchun intellektual mulk qanday usulda qilib baholanganligini belgilash zarur.
Masalan, agar u ilmiy tadqiqotlar bo’lsa, ular eskirib qolmaganmi? Chunki bu aktiv turi
ko’p hollarda moddiy ko’rinishga ega emas va amaliyotda ko’pincha nomoddiy aktiv
ob’yektlarining korxonaga aniq fakt yuzasidan tushganligini nazorat qilish muammosi yuzaga
keladi.
Ko’rsatilgan vosita kategoriyasi o’ziga xosligiga qaramasdan nomoddiy aktivlarni ushishi
mos keladigan hujjatlar formasida olib borilishi kerak. Bunday hujjatlar biror- bir ma’lumotni
sanoat asarini va boshqalarni aks ettiradi. Shuningdek, nomoddiy aktivlarni korxonaga amalda
bo’lganini va ularni amortizatsiya muddatini aks ettiradigan hujjatlar tuzilishi shart.
Ta’sischilarning ustav kapitalga qo’yilmalari ularning amaldagi tushumiga mos ravishda hisobda
va balansda aks ettiriladi.
Qo’yilmalarning korxona ustav kapitali amalda tushish vaqti quyidagilar bo’ladi:
1.
Pul mablag’lari uchun – pullarni hisob varaqaga o’tkazilgan yoki kassaga
kiritilgan kuni
2.
Asosiy vosita moddiy va nomoddiy aktivlar uchun asosiy vositalar, moddiy va
nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomasini va shu ob’yektlarning kelib
tushganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlarning tuzilgan kuni.
Ta’sischilarni korxona ustav kapitalga kiritilgan qo’yilmalarining to’liqligi, ta’sis hujjatlari
va ustav kapital hisobvaraqalaridagi qo’yilma hajmi ustav kapitalga ta’sischilar qo’yilmalari
bo’yicha qarzlar hisobvaraqasining hajmi bilan solishtirilib tekshiriladi.
Ustav kapital tekshirish davrida buxgalter hujjatlarining va 13-jurnal orderidagi ustav
kapital hisob varaqasi bo’yicha qilingan yozuvlar qonuniy va to’g’ri rasmiylashtirilganligini va
ularni amal qilib kelinayotgan qonunga mos ekanligini o’rnatishi zarur.
Ta’sischilar va ularning omonat ulushining miqdorini tekshirgan paytda, auditor
ta’sischilarning va ularning maksimal omonat ulushining maksimal soni va ustav kapitalining
minimal soni tegishli turdagi yuridik shaxslar uchun maxsus qonun bilan aniqlanishini esdan
chiqarmasligi lozim.
Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, ustav fondi qayta tiklangan ta’sis hujjatlarining
miqdoridan ortiq bo’lmasligi kerak. Shuning uchun auditning asosiy vazifalaridan biri bu ustav
kapitali miqdorining turg’unlik prinsipiga amal qilinishini, uning ma’lum ta’sis hujjatlari
miqdoriga mos kelishini ta’minlash. Holbuki, ayrim qonunda ko’rsatilgan vat a’sis hujjatlaridagi
holatlarida bu miqdorning oshishi va kamayishi ruxsat etilgan. Bunday holatlar tashkilotga yangi
ishchi olish, ular tomonidan qo’shimcha to’lov kiritilishi va xo’jalik faoliyatidan tushgan foydani
ustav kapitalni ko’paytirishga yo’naltirganda o’rinlidir.
Ustav kapitali ko’payishi taqsimlanmagan foydani hisoblash debet schyoti bo’yicha va
ustav kapitali kredit bo’yicha hisoblanadi.
Ustav kapitali kamayishi, ustav kapitali debeti bo’yicha va chiqib ketayotgan ta’sischilar
hisob schyotlari kredit bo’yicha hisoblanadi.
Aksionerlik jamiyatida ustav kapitali yangi aksiyalar chiqarish evaziga va ularning
nominal qiymatini oshirish hisobiga ko’payadi, aksiyalarning bir qismini to’lash va aksiya
nominal qiymatini pasaytirish evaziga kamayishi mumkin. Shuning uchun, tekshirish davomida
auditor ustav kapitalida va tashkilot ta’sis hujjatlaridagi o’zgarishlarning asosliligini tekshirishi
lozim.
Undan tashqari, ustav kapitali ta’sischilar maqsadli to’lovlari evaziga ham to’ldirilishi
mumkin. Ta’sischi tomonidan chiqarilgan aksiyalar miqdori ularning umumiy miqdoridan oshib
ketishi ham mumkinligi amaliyotda ham uchrab turishi mumkin. Mulk tarkibiga ba’zi holatlarda
oldingi va yaroqsiz asosiy vositalar, inventar va xo’jalik asboblari, nomoddiy aktivlar – nau-xou,
yo’qotilgan intellektual mulk ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |