Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
104 
-
auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar)ning, shuningdek, auditorlik 
tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi. 
Kirish qismida quyidagilar ko’rsatilishi kerak: 
-
xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladigan moliyaviy hisobotni 
tayyorlash va uning haqqoniy bo’lishi uchun javobgar; 
-
auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasining xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati natijalariga muvofiq bo’lishi uchun javobgar. 
Auditorlik xulosasida auditorlik tekshiruvi AFMSga muvofiq o’tkazilgani qayd etilishi 
kerak. 
Qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot 
qonun hujjatlariga, shuningdek moliyaviy-xo’jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligi va 
haqqoniyligini baholashga asoslanishi ko’rsatilishi kerak. 
qayd etuvchi qismda auditorlik tekshiruvi fikrni ifodalash uchun yetarlicha asoslar berishi 
xususida auditorlik tashkilotining tasdii berilishi kerak. 
Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan moliyaviy-
hisobot xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy-xo’jalik faoliyatining haqiqiy holati to’risida 
haqqoniy tasavvur berish-bermasligi va moliyaviy hisobot qonun hujjatlariga muvofiqligi yoki 
muvofiq emasligi xususidagi fikri ravshan bayon etilishi kerak. 
Auditor auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi yakunlangan kun bilan belgilashi kerak. 
Auditor auditorlik xulosasini xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotga imzo 
chekkan yoki uni tasdiqlagan sanadan oldin keluvchi kun bilan belgilashi kerak emas. 
Auditorlik xulosasiga auditor (auditorlar), auditorlik tashkiloti rahbari imzo chekishi va u 
auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasi AFMSga muvofiq auditorlik xulosalarining quyidagi turlari 
mavjud: 
a) ijobiy auditorlik xulosasi; 
b) salbiy auditorlik xulosasi. 
Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy 
ahvolini haqqoniy yoritadi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik 
operastiyalari O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq degan fikrga 
kelganda ijobiy auditorlik xulosasi tuzilishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida, agar xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan bartaraf etilmasa, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni 
chalitishi mumkin bo’lgan buzilishlar mavjud degan fikrga kelsa, salbiy auditorlik xulosasi 
tuzilishi kerak. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operastiyalari moliyaviy 
hisobotda haqqoniy aks ettirilgan, lekin qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hollarda 
ham salbiy auditorlik xulosasi tuziladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buzilishlarni 
bartaraf etgan holda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi. 
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi tufayli auditorlik tashkiloti moliyaviy 
hisobot to’risidagi fikrni ifodalash uchun etarlicha auditorlik dalillarini olishi mumkin bo’lmasa, 
auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortishi mumkin. 
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, shundan ikki nusxa auditorlik tekshiruvi 
buyurtmachisiga taqdim etiladi. 
Auditorlik 
xulosasi 
ochiq 
axborot 
hisoblanadi, 
undan 
moliyaviy 
hisobotdan 
foydalanuvchilarning hammasi foydalana olsin. 
Auditorlik xulosasida buxgalteriya hisobotining yuritilishi, moliyaviy (buxgalteriya) 
hisobotni tayyorlash va taqdim etish javobgarligi audit qilinayotgan shaxsga yuklatilishi, 
auditorning 
javobgarligi 
esa 
moliyaviy 
(buxgalteriya) 
hisobotning 
barcha 
muhim 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish