Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Tahliliy qism xo’jalik yurituvchi subyekt ichki nazorati holatining umumiy tekshiruvi
natijalarini, xo’jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda moliyaviy-
xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida qonunchilikka amal qilishi to’risidagi
auditorlik tashkilotining hisobotini o’z ichiga oladi.
Tahliliy qism quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: mazkur qism nomi; tahlily qismning
kimga qaratilganligi; xo’jalik yurituvchi tashkilotning nomi; audit obyekti; xo’jalik yurituvchi
subyekt ichki nazorat holatini tekshiruvining umumiy natijalari; buxgalteriya hisobi va
hisobotining holati tekshiruvining umumiy natijalari; moliyaviy-xo’jalik operatsiyalari
jarayonida qonunchilikka amal qilinishi tekshiruvining umumiy natijalari.
Tahliliy qism xo’jalik yurituvchi subyektning ma’muriyatiga qaratiladi. Unga ichki nazorat
holati tekshiruvi natijalari, buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi va yuritilishi,
ishlab chiqarish xo’jalik jarayonida xo’jalik yurituvchi subyektning qonun va me’yoriy
hujjatlarga rioya qilishi tekshiruvi natijalari haqidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.
Xo’jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimi tekshiruvi natijalari quyidagilarni o’z
ichiga oladi: xo’jalik yurituvchi subyekt ma’muriyatining ichki nazoratni tashkil etishi va uning
holatiga javobgarligini; audit jarayonida ichki nazorat holatini ko’rib chiqilishining maqsad va
xususiyatlarini; ichki nazorat tizimiga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining ko’lami
va xususiyatlariga berilgan umumiy bahoni; audit jarayonida mavjud aniqlangan ichki nazorat
tizimining xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati ko’lami va xususiyatlari bilan nomuvofiqliklari
ta’rifi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi va hisoboti tekshiruvi natijalari quyidagilarni aks ettiradi: buxgalteriya hisobini yuritishning o’rnatilgan tartibiga va buxgalteriya
hisobotining tayyorlanishiga berilgan umumiy baho; audit jarayonida mavjud aniqlangan
buxgalteriya hisobini yuritishning o’rnatilgan tartibida va buxgalteriya hisobotining
tayyorlanishida yo’l qo’yilgan xatoliklar ta’rifi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning qonunchilikka rioya qilishini tekshirish natijalari quyidagilarni aks ettiradi: xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini
amalga oshirishida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonunchilik va me’yoriy hajjatlarga
muvofiqligini ko’rib chiqishning maqsad va xususiyatlari; xo’jalik yurituvchi subyektning
moliyaviy-xo’jalik
operatsiyalarida amalga oshirilgan barcha muhim aloqalarining