Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
109 
Ushbu bandning a – kichik bandida ko’rsatilgan holat fikrlarni kelishilgan holda 
ifodalashga yoki fikrlarni ifodalashdan bosh tortishga olib kelishi mumkin. 
Ushbu bandning b – kichik bandida ko’rsatilgan holat fikrni kelishgan holda aks ettirish 
yoki salbiy fikrga olib kelishi mumkin. 
Kelishilgan holda fikr bildirish, agar auditor kelishmasdan, ijobiy fikr bildirish mumkin 
emas, degan xulosaga kelsa-yu biroq rahbariyat bilan fikrlar kelishmasligi ta’siri yoki audit 
hajmi cheklanishi unchalik jiddiy va chuqur bo’lmasdan, salbiy fikr bildirish yoki fikrni 
ifodalashdan bosh tortishga olib kelmasa, ifodalanilishi zarur. Kelishuv bilan fikr bildirish, 
quyidagi shakllanishga ega bo’lishi lozim: 

holatning ta’sirini istisno qilgan holda ...“(kelishuvga taalluqli holat ko’rsatilsin). 
Fikrni ifodalashdan bosh tortish audit hajmining cheklanishi ancha jiddiy va chuqur 
bo’lganda, auditor etralicha dalil ola bilmagan va moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti ishonchliligi 
haqida fikr bildira olmagan holatlarda yuzaga keladi. 
Salbiy fikrni faqat rahbariyat bilan kelishmaslik moliyaviy (buxgalteriya) hisobotga o’ta 
jiddiy ta’sir ko’rsatib, auditor auditorlik xulosasiga kelishuv kiritish moliyaviy (buxgalteriya) 
hisobotini noto’g’ri yo’ldan ketishiga (adashishiga) yoki to’liq xarakterini ochib berishi uchun 
xos emas, degan (fikrga) xulosaga kelgandagina, bildirilishi kerak.
Agar auditor kelishilmagan ijobiydan tashqari har qanday fikrni bildirsa, u buning hamma 
sabablarini auditorlik xulosasida aniq ko’rsatishi, agar imkoni bo’lsa, moliyaviy (buxgalteriya) 
hisobotiga ehtimoliy ta’sirning miqdoriy bahosini berishi lozim. Qoidaga ko’ra, bu axborotlar, 
avvalgi fikr bildirishdan bosh tortish qismidan alohida qismga yoziladi va havolani moliyaviy 
(buxgalteriya) hisobotlari tushuntirishlarining batafsilroq ma’lumotlariga (agar ular bo’lsa) 
qo’shishi mumkin. 
Klishilmagan holda ijobiy bo’lmagan fikrlar bildirishga olib kelishi mumkin bo’lgan 
holatlarni aytib o’tamiz. 
Ba’zan auditor ish hajmining cheklanishi audit qildirayotgan shaxs tomonidan belgilanadi 
(masalan, agar auditorlik topshirig’ining shartlari auditor auditning u zarur deb hisoblaydigan 
protseduralarini bajara olmaydi deb hisoblasa). Agar topshiriq shartlarida ko’zda tutilgan 
cheklashlarga ko’ra auditor fikr bildirishdan voz kechish zarur deb hisoblasa, u topshiriqni 
bajarish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablaridan kelib chiqmasa, bunday topshiriqni 
bajarish uchun qabul qilmaydi. Bundan tashqari, auditor bunday cheklovlar O’zbekiston 
Respublikasi qonunchiligida belgilangan auditor majburiyatlarini bajarishga to’sqinlik qilsa, 
bunday topshiriqni bajarish uchun olmasligi kerak. 
Audit hajmining cheklanishi ayrim holatlar oqibatida bo’lishi mumkin (masalan, agar 
tayinlangan vaqt auditorga tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi o’tkazilishini kuzatishga 
imkon bermasa). Hajmning cheklanishi, agar, auditorning fikri bo’yicha audit qilinadigan 
shaxsning hisob hujjatlari yo O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga javob bermasa 
(yoki mos kelmasa) yoki auditor zarur deb hisoblagan audit protseduralarini amalga oshira 
olmasa ham mumkin. Bunday holatlarda auditor etarlicha dalil olish uchun ehtimoliy (imkoni 
bo’lgan) muqobil protseduralarni bajarishi kerak. 
Auditorlik xulosasining hajmi cheklangani bois, kelishilgan fikrga ega bo’lgan qismi 
taxminan, quyidagi ma’lumotni o’z ichiga oladi: 
“Biz “UUU” tashkilotning 1 yanvardan davri uchun taqdim qilingan moliyaviy 
(buxgalteriya) hisobotini 31 dekabr 20(XX) yilni ham qo’shib, audit o’tkazdik. “UUU” 
tashkilotning moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti quyidagilardan iborat: 

buxgalteriya balansi; 

moliyaviy natijalar haqida hisobot; 

tushuntirish yozuvlari. 
Ushbu moliyaviy (buxgalteriya) hisobotining tayyorlanishi va taqdim etilishi uchun 
mas’uliyat “UUU” tashkilotining ijrochilik organi zimmasida. Bizning majburiyatimiz shundan 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish