Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.
Kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi:
auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;
auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy tavsifi.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam uchraydigan holat bo’lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi mumkin:
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam uchraydigan holat bo’lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi mumkin:
auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar jiddiy va salmoqli bo’lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar ularning iqtisodiy nosorligi bilan birgalikda yuzaga , hatto amal qilayotgan korxona printsipining buzilishiga etib boradi;
moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo’lgan dastlabki hujjatlar, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning katta qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda №70-AFMSga muvofiq auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin;
ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to’sqinlik qiladigan boshqa ob’ektiv vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan srhani cheklashlar;
mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini asosan to’g’ri deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi asosiy xulosalari bilan rozi bo’lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va hakozo.