18 mavzu: Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi. Auditorlik xulosasi



Download 24,42 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2023
Hajmi24,42 Kb.
#924973
  1   2
Bog'liq
18 mavzu audit


18 mavzu:. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.


Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi subhekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-modda).
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, tahkidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim.

  1. Kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi:

  • auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;

  • litsenziyasining tartib raqami;

  • auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati;

  • auditorlik tashkilotini davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi guvohnomasining raqami;

  • auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;

  • tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi.

  • auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi subhektning umumiy tavsifi.

2. Auditorlik xulosasining tahkidlovchi qismida auditorlik xulosasi AFMSga muvofiq o’tkazilganligi tahkidlanishi lozim.
Tahkidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka, hamda xo’jalik yurituvchi subhekt moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko’rsatishi lozim. SHuningdek, tahkidlovchi qismda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish uchun yetarli asos berishi to’g’risida auditorlik tashkilotining tasdig’i aks ettirilishi lozim.
3. Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida xshjalik yurituvuvchi subhektning buxgalterlik (moliyaviy) hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash to’g’risida yozuv yoziladi.
Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilganda, auditorlik xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan tasdiqlaydi.
Xo’jalik yurituvchi subhekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. SHu munosabat bilan auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi.
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi subhektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo’jalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonarli mahlumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi mehyoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam uchraydigan holat bo’lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi mumkin:
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuzilib, uning ikki nusxasi auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi yahni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.
Xo’jalik yurituvchi subhektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng 15 kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o’zlari joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim qiladilar.

Auditorlik xulosasida hech qanday taxminlar, gumonlar, mish-mishlar va boshqa tasdiqlanmagan manbalardan olingan mahlumotlarni keltirish mumkin emas. SHuningdek, xulosada judayam ehtiroslarga berilgan so’zlar, keltirilgan faktlar bo’yicha sharhlar, masalan, «o’ta ketgan, ashaddiy sovuqqonligi natijasida. . . » kabi jumlalar bo’lmasligi kerak.
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng barcha materiallar (ishchi va analitik jadvallar, hisob-kitoblar, auditorlik tekshiruvi va xulosalar hamda ekspertiza dalolatnomalarining birlamchi nusxalari, hisob xodimlari, moddiy javobgar shaxslar va boshqalarning tushuntirish xatlari) har bir tekshirilgan korxona uchun maxsus ochilgan papkalarda saqlanishi lozim.
Navbatdagi tekshiruvdan oldin ushbu materiallar tekshiruv eng boshidan aniq maqsadga yunaltirilgan va samarali bo’lishi, buning ustiga uni mazkur korxonani tekshirishda oldin ishtirok etmagan, yangi xodimlar o’tkazsa, ularga yaqindan yordam berishi mumkin.
Bulardan tashqari, oydinlashtirilishi lozim bo’lgan ayrim savollar yoki tekshirilayotgan korxona tomonidan dahvolar (masalan, auditorlar tomonidan mijoz-korxonaning hisob va hisobotlarini tekshirish natijalari bo’yicha salbiy xulosa aniqlanganda) paydo bo’lishi mumkin. Bunday hollarda haqiqatni qaror toptirish uchun auditorlik hisoboti va xulosasidagi ishchi materiallarga murojaat qilinadi.



Download 24,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish