Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI 58
- ma’lumot fayllariga kirish;
- vositalardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi;
- tizimli axborotning qulayligi;
- kompyuter dasturlariga kirish imkoniyati.
4.5. Balans moddalarini tekshirish natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish tartibi Auditor xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy xo’jalik faoliyati xaqida o’z fikriga ega
bo’lish uchun to’plagan dallillarni xujjatlashtirib shular asosida natijalarni baholaydi.
Auditor buxgalteriya balansi auditi natijalarini baholashi bizningcha quyidagilardan iborat
bo’lishi lozim:
balans auditi bo’yicha ish xujjatlarini sharxlash va yakuniy ish xujjatlarini tayyorlash;
balans auditi bo’yicha aniqlangan kamchiliklarning muhimlik darajasini baholash;
balans auditi bo’yicha to’plangan auditorlik dalillarini etarliligini baholash;
faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt printsipi bilan bog’liq omillarni
baholash;
buxgalteriya hisoboti bo’yicha axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan xodisalarni baholash;
tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan
axborotini tuzish;
auditolik hsioboti va xulosasini tuzish.
Ta’kidilash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislarining
hisob-kitoblarini baholashda auditor ma’lum darajada professional extiyotkorlikka rioya qilishi
lozim.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, nomuvofiqliklar mavjudligini ko’rsatuvchi holatlarni
ob’ektiv baholashi lozim:
xo’jalik yurituvchi sub’ektning xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan
ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki
xujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik muomalari;
mutaxassislarning hisob-kitoblariidagi nomuvofiqliklar;
inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan
rasmiylashtiriligan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;
katta tafovutlar tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan javoblar
olinmaganligi;
tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki xujjatlar yoki tegishli ruxsat etuvchi
ko’rsatmalar to’dim qilinmagan xo’jalik muomalalari.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit o’tkazishdan
qo’yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baxolagan holda auditorning ish xujjatlarida qayd
qilinishi lozim. Auditorning ish xujjatlariga quyidagilar kiradi:
audit o’tkazish reja va dasturlari;
auditorlik tashkiloti tomonidan foydalanilgan jarayonlar va ularning natijalari bayoni;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning tushuntirishlari, izohlari va arizalari;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt xujjatlarining ko’chirma nusxalari, shu jumladan,
fotonusxalari;
xo’jalik yurituvchi sub’ektni ichki nazorat qilish va buxgalteriya hisobini tashkil etish
tizimining tavsifi;
auditorlik tashkilotining tahliliy xujjatlari;