MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
55
hisobotga kiritilgan aniqlangan suyiste’molliklarning oqibatini bartaraf etadigan tuzatishlarning
xarakterini aniqlash uchun talab qilinadi. Agar auditni amalga oshirish davri vaqt jihatidan audit
qilinayotgan davrdan keyin bo’lsa (masalan, buxgalterya hisoboti soliq inspektsiyasiga
topshirilgandan keyin) u holda ish tugagandan keyin taqdim etishi lozim bo’lgan auditorlik
xulosasining shaklini ham belgilash zarur.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o’tilgan auditorlik dalillari moliyaviy hisobotning
haqiqiyligini isbotlashda juda muhimdir. Auditor dalolat berish vazifasini bajarish bilan turli
manbalardan olingan axborotni bir-biriga qiyoslaydi. Shu tariqa axborot xatarini kamaytiradi, uni
eng maqbul darajagacha pasaytiradi. Natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy
hisobotiga berilgan xolisona xulosaning haqqoniyligi, ob’ektivligi oshishiga olib keladi.
4.4. Buxgalteriya balansini auditini o’tkazishda axborot texnologiyalarini qo’llash
istiqbollari
Auditorlik faoliyatini kompyuter texnologiyalari asosida tashkil etish faqatgina mablag’ va
vaqtnigina tejamasdan, qo’lda olinishi qiyin bo’lgan axborotlarni ham operativ olshiga yordam
beradi. Bu axborotlar asosan xo’jalik yurituvchi sub’ektning butun strategiyasini, moliyaviy-
xo’jalik faoliyatini yaxshilash yo’llarini aniqlashga taalluqlidir. Kompyuterning hisoblash
quvvatidan foydalanish natijasida o’tgan hisobot davri ma’lumotlari asosida hisobot davrida
xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati qanday yo’l tutishi lozim, hamda hisobot davridan keyingi
davrda raxbariyat qanday yo’l tutishi lozimligi xaqida aytib berish mumkin.
Kompyuterlardan hozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda qo’llanishi bilan
birga hisob ma’lumotlarini yig’ish, ularni qayta ishlash, jamlama va tahliliy hisob registrlarini
tuzish, hisobot shakllarini to’ldirish, auditorlik ishchi xujjatlarini yuritish, auditorlik xulosalari va
hisobotlarini to’lg’azish va boshqa bir qancha ishlarni bajarishda keng qo’llanilmoqda.
Amaliyotda komp’yuterlardan keng foydalanish buxgalteriya hisobi va auditni tashkil qilishning
yangi usullarini vujudga keltiradi. Hozirgi davrda audit vazifalarini axborot texnologiyasi
asosida markazlashtirilgan holda tashkil qilish quyidagilarni ta’minlaydi:
foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda vazifalarni
echish auditor tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;
auditorlik tashkilotining iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan xolda ishlab chiqilishini
ta’minlovchi maxalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish;
kompyuterda bajariladigan auditorlik hisoblashlar tarkibini ko’paytirish;
auditorlik kompaniyasi uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar bazasini
yaratish;
qog’ozsiz texnologiyalarga o’tish xujjatlarini yig’ish hamda ro’yxatga olish operatsiyalar
mehnat talabligi darajasini kamaytiradi;
audit vazifalarini echishni integratsiyalash;
dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil etish
imkoniyati.
Hisob tizimi va hisobotni shakllantirilishini tashkil etilishini nazorat qilishda auditor turli
ko’rsatkichlarni metodik hisoblanish tartiblarini, jumladan, soliq stavkalarini, koeffitsientlar,
qonunchilikni va boshqa me’yoriy xujjarlarni bilishi talab etiladi. Yana hisobning turli
uchastkalarida hisoblanadigan ko’rsatkichlar tizimini bilishi lozim. Nazorat muolajalarining tipik
shakllarini mavjudligi audit jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatini yuzaga keltiradi, bu esa
albatta auditorlik tashkilotlarini ish sifatini samaradorligini oshirishga imkon tug’diradi.
Kompyuterning xotirasida ko’plab me’yoriy-xujjatlarni saqlab qolishi, bir tarafdan auditor
imkoniyatlarini kengaytirsa, boshqa tarafdan auditor qo’lida kuchli dastak bo’luvchi maslahat-
nazort tizimini yaratadi.
Jahon amaliyotida, auditorlik faoliyatini avtomatlashtirishda dasturlar quyidagi
komponentlardan iborat bo’lishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |