MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
51
ko’rinadiki korxonaning to’lov likvidligi ancha ko’tarilgan. Balans passividagi moddalarga
e’tibor qiladigan bo’lsak, asosiy salmoqni, ya’ni 81,72 foizni o’z mablag’lari manbalari
tashkil etmokda. Bu korxonaning mustaxkam moliyaviy barqaror ekanligidan dalolat beradi.
Mazkur korxonada hisobot davrida joriy majburiyatlari, ya’ni kreditorlik qarzlari bir qadar
kamayganligini ijobiy xolat sifatida baxolamoq lozim.
4-jadval
“Ramz” aksionerlik jamiyatining moliyaviy koeffitsientlar tahlili
Ko’rsatkichlar
Yil
boshiga
Yil
oxiriga
O’zgaris
hi (+,-)
1
2
3
4=3-2
1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti
0,641
0,817
+0,176
2. To’lov qobiliyati koeffitsienti
2,061
4,223
+2,162
3. Qarz va o’z mablag’lari o’rtasidagi nisbat
koeffitsienti
0,560
0,223
-0,337
4. Zaxira va xarajatlarni o’z manbalari bilan
qoplanganlik koeffitsienti
0,978
1,372
+0,394
5. Mablag’larning xarakatchanlik koeffitsienti
0,594
0,721
+0,127
Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga ko’ra, “Ramz” aksionerlik jamiyatining moliyaviy
axvoliga to’g’ri baxo berish uchun buxgalteriya balansiga asoslangan holda moliyaviy
koeffitsientlardan foydalanamiz. Shunga ko’ra, korxonaning moliyaviy mustakillik
koeffitsienti yil boshiga nisbatan 0,176 koeffitsientga yoki 17,6 % ga o’sgan. To’lov
qobiliyati koeffitsienti yil boshiga nisbatan 2,162 koeffitsientga o’sgan. Mazkur
koeffitsientlarning bunday tartibda o’zgarishi korxonaning moliyaviy xolatini joriy yil
boshiga nisbatan yil oxirida birmuncha yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. Bundan
tashqari korxonada majburiyatlarning o’z mablag’lariga nisbatan ulushini pasayganligini xam
ijobiy baxolamok lozim, ya’ni bu korxonaning majburiyatlarini qisqarganligidan dalolatdir.
Mablag’lar xarakatchanligi esa yil boshiga nisbatan yil oxirida 0,127 koeffitsientga o’sgan.
Bu esa korxonada aylanma mablag’larga bo’lgan talabni yanada to’larok qondirib borish
imkonini beradi. Umuman olganda korxona ma’lumotlari asosida uning moliyaviy
koeffitsientlari o’rganilganda, ushbu koeffitsientlarning o’zgarishi ijobiy bo’lgan.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, biz tahlil qilayotgan korxonada balans
likvidligiga qo’yilgan to’rtta shartdan birinchisi yil boshida ham, yil oxirida ham
bajarilmagan. Ya’ni, korxonaning doimiy xarakatdagi aktivlari uning muddati kelgan to’lov
majburiyatlarini koplashga etishmas ekan. Bu esa korxona balansining tez likvidlikka ega
emasligidan dalolat beradi. qolgan shartlar esa yil boshiga ham, yil oxiriga ham bajarilgan.
Bundan ko’rinadiki, korxona balansi mutloq likvidlikka ega bo’lib hisoblanadi. Bundan
tashqari ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, korxona balansining likvidligi yil boshiga nisbatan
yil oxirida bir kadar yaxshilangan. Bunday natijalarni ijobiy baxolasak ham bo’ladi.
Umuman olganda
,
quyidagi shartlarga amal kilinsa, korxona mablag’i xarakatchan deb
baholanadi:
a) doimiy xarakatdagi aktivlar > muddati kelgan to’lov majburiyatlar;
b) tez sotiluvchi aktivlar > qisqa muddatli passivlar;
v) sekin sotiluvchi aktivlar > o’rta va uzoq muddatli passivlar;
g) qiyin sotiluvchi aktivlar < doimiy passivlar
Do'stlaringiz bilan baham: |