MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
54
Asosiy vositalar bo’yicha xo’jalik operatsiyalarini xujjatli tasdiqlash – hisobvaraq manbasi
tanlanib hisob yozuvini to’g’riligini isbotlovchi boshlang’ich xujjatga qarab yurish jarayonini o’z
ichiga oladi. Asosiy vositalar bo’yicha auditor kelib tushushini, chiqib ketishini hamda sezilarli
mablag’ ishlatilgan ta’mirlash xarajat manbasini aniqlashda tasodifiy tanlash usulidan
foydalanishi lozim.
Xo’jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olishda yuz beradigan aniq xatolar va
me’yordan chetga chiqishlar hayotda g’oyat xilma-xil turlicha bo’lishi mumkin. Rahbarlar va
hisob xodimlari xo’jalik faoliyatining deyarli har bir sohasida yo’l qo’yadigan eng ko’p
uchraydigan xatolar mavjud (ular turli mualliflar tomonidan tadqiq etilgan, tizimlashtirilgan va
tahlil etilgan). Bunday maqolalarning zarurligiga shubha yo’q, chunki ularda auditorlarga amaliy
ishda yordam beradigan ma’lumotlar bo’ladi; lekin, ularda xatolikning umumiy mohiyati,
shuningdek xo’jalik yuritish natijalariga ularning ta’siri ochib berilmaydi.
Ataylab qilingan xatolar (ularning bir qismi ma’muriyat va xodimlarning
suiste’molchiliklari sifatida tasnif qilinishi mumkin) odatda jinoiy huquq doirasida bo’ladi.
Tekshirish huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshirig’iga muvofiq o’tkazilayotgan
bo’lsa (majburiy audit) auditordan bunday suyiiste’molchiliklarni to’la ochib berishni ta’minlash
kutiladi. Shu bilan birga atayin qilingan g’arazlarni aniqlash chog’ida, agar muhim bo’lsa,
umuman buxgalteriya hisoboti to’g’riligiga shubha tug’dirsa, auditordan shunga mos
harakatlarni va xulosada tegishlicha tavsifni kutish lozim.
-jadval.
Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish chog’ida
vujudga keladigan asosiy buzilishlar va xatolar
Tipik xatoliklar namunalari
Buzilishlarning oqibatlari
Dastlabki hisob xujjatlarini qabul qilingan tartibini ayrim buzishlar bilan rasmiylashtirish
Xujjatlar blankalarida ko’rsatilgan barcha satrlar
va grafalar to’ldirilmagan
Xo’jalik operatsiyalari haqida to’la axborot yo’q,
bu ularni hisobga olishda ma’lumotlar buzilishiga olib
kelishi mumkin.
Xujjat to’g’riligini tasdiqlovchi zarur imzo yo’q.
Xujjatlar va ular asosida amalga oshirilgan
operatsiyalar xaqiqiy emas deb topilishi mumkin
Bo’sh satrlar va grafalar chizib qo’yilmagan
Xujjatga operatsiya mohiyatini o’zgartiruvchi
yozuv kiritilishi mumkin.
Xujjatlar tegishli shtamp bilan tasdiqlanmagan.
Xujjatdan takror foydalanish mumkin, bu
xujjatga asosan operatsiyalarini hisoblashda ma’lu-
motlar buzilishiga olib kelishi mumkin.
Dastlabki xujjatlarni amaldagi qonunlar va yo’riqnomalar talablarini buzib rasmiylashtirilgan
Ma’lum tusdagi moliya-xo’jalik faoliyatini
amalga oshirish xuquqiga litsenziya, ruxsatnoma yo’q
Xo’jalik operatsiyalari noqonuniy deb
hisoblanishi mumkin
Shartnoma tuzilgan, operatsiyalar esa uni
rasmiylashtirish va mazmuniga doir boshqa qonun
talablariga rioya qilmay amalga oshirilgan
Shartnoma va operatsiyalar qonunga xilof deb
topilishi, unda ishtirok etgan yuridik va jismoniy
shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin
Agar auditorda ayrim xodimlarning standartga ko’ra axborotni ataylab buzish deb tasnif
qilishga haqli bo’lgan suyiste’molchiliklar to’g’risida asosli shubha paydo bo’lsa, bu haqda
avvalo, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuqori ma’muriyati vakillarini (agar bu vakillar
suyiiste’molga arashlamagan bo’lsa) xabardor qilishi zarur. Tegishli xo’jalik operatsiyasining
mohiyatini
tekshirish,
aniqlangan
suyiiste’molliklarni
batafsil
to’xtatish,
bu
suyiiste’molliklarning oqibatlarini aniq miqdoriy baholash, shuningdek tegishli xulosa chiqarish
auditorning vazifasiga kiradi. Bunday hollarda suiste’molliklar to’g’risidagi aniqlangan
axborotlarni to’la-to’kis xujjatlashtirish zarur. Keyinchalik sudlashish boshlansa, auditorning ish
xujjatlari sudda isbotlovchi dalillarga aylanishi mumkin.
Shubhali xo’jalik operatsiyalarini puxta tekshirish aslida yana auditor aniqlangan
suyiste’molliklar auditning boshqa segmentlariga qanday ta’sir qilishini aniqlash uchun, hisob va
Do'stlaringiz bilan baham: |