Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI 57
yakunlashda sharhlash va xulosalash uchun kompyuter tizimi bo’yicha etarli darajada bilimlarga
ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Mazkur holatda auditorning vazifasi:
- kompyuter muhiti ta’sir ko’rsatadigan hisobga olish va ichki nazorat tizimini etarli
darajada va barcha ahamiyatli jihatlarda tushunish;
- kompyuter muhitining tavakkalchilikni baholashga ta’sirining samarasini belgilash;
- loyihani tayyorlash va boshqaruv testlari hamda mustaqil ruso’m-qoidalarni bajarish.
Auditorda ko’rsatilgan bilimlar mavjud bo’lmaganda axborot texnologiyalari sohasida
ekspert ishidan foydalanish lozim. Qo’llanilayotgan kompyuter tizimini baholash uchun ekspert
ishidan foydalanilgan hollarda:
- ekspertni tayinlash va ekspert ishidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan boshqa jarayonlar
«Ekspert ishidan foydalanish» auditorlik standarti shartlariga to’liq ravishda muvofiq kelishi
shart;
- auditor, ekspert ishini kuzatib borish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning kompyuter
tizimi haqida etarli bilimga ega bo’lishi shart va shu bilan birga ustunlik holatini saqlab turishi
kerak:
- ekspert faqat axborotga ishlov berish tiziminigina belgilaydi;
- auditor bu tizim yordamida shakllantirilayotgan hisobotni ishonchliligini baholaydi.
Auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisoboti to’g’risidagi
fikrni ifoda etish va shu fikr asosida tuzilgan auditorlik xulosasi uchun to’liq javobgardir.
Tekshiruvni o’tkazishda ekspert auditorga quyidagi hollarda yordam ko’rsatadi:
a) kompyuter tizimi ishonchliligini umuman baholashda;
b) tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning kompyuter tizimida amal qilayotgan
buxgalterlik dasturiy ta’minotining sotib olinishi qonuniyligini va litsenzion sofligini
baholashda;
v) hisob-kitoblar algoritmini tekshirishda;
g) kompyuterda auditor uchun zarur bo’lgan tahliliy umumlashma hisob-kitob va hisobot
registrlarini shakllantirishda.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining kompyuter muhitida
tashkil etilishi auditorning kasbiy tavakkalchiligiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday sharoitda
tavakkalchilik ortishi yoki kamayishi mumkin.
Kompyuter boshqaruvi umumiy vositalarining maqsadi kompyuter tizimi ustidan nazorat
chegaralarini o’rnatish va ichki nazorat maqsadlariga erishilganligiga maqbul ishonch darajasini
ta’minlashdan iboratdir.
Moliyaviy hisobot ma’lumotlarini elektron audit qilganida auditor kompterdagi
ma’lumotlar ustidan, axborotlarning chiqarilishi ustidan nazorat qay darajada o’rnatilganligini
aniqlashi shart.
Kompyuter ma’lumot fayllari va kompyuter ishi ustidan nazorat quyidagi holda auditor
tomonidan ijobiy deb topilishi mumkin:
- operatsiyalar kompyuter tomonidan to’g’ri bajarilganda;
- operatsiyalar yo’qotilmagan, qo’shilmagan, nusxa ko’chirilmagan va o’zgartirilmaganda;
- xatolar o’z vaqtida to’g’rilangan va bartaraf etilganda.
Axborotlarning chiqarilishi ustidan nazorat quyidagi holda auditor tomonidan ijobiy deb
topilishi mumkin:
- bajarilgan natijalari aniq;
- axborotning chiqishida undan begona shaxslarning foydalanishi cheklangan;
- axborot uni olish uchun ruxsatnomaga ega bo’lgan tegishli shaxsga o’z vaqtida berilgan.
Kompyuterga oid asosiy suiiste’molliklar quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganda yuz
berishi mumkin:
- kompyuterga yoki terminalga bevosita kirish;