61
2.12. Murakkab tebranishlar
Agarda bir yoki bir necha tomondan
bir vaqtda bir necha tovush
tarqalsa, ularning har biri fazoning tovush tarqalayotgan nuqtasida
boshqa tovushlar bor yo‘qligidan qat’iy nazar ularga bog‘liq bo‘lmagan
holda tarqaladi. Boshqacha qilib aytganda
bir manbadan chiqayotgan
tovushni tarqalishida ishtirok etayotgan havo zarrachalari boshqa
manbadan
chiqayotgan
tovushni
tarqalishida
ham
shunday
qatnashadilar, har bir tovush havo zarrachalari go‘yo muvozanat holatda
turgandagidek tarqaladi. Shunday qilib, havo zarrachalarining holati har
onda unga ta’sir etayotgan to‘lqin kuchlari yig‘indisi bilan aniqlanadi.
Bunday to‘lqinlar
murakkab to‘lqinlar
deb ataladi.
Misol tariqasida bir tomonga yo‘nalayotgan,
chastotalari turlicha
bo‘lgan ikkita sinusoidal signaldan murakkab signal tashkil bo‘lishini
grafik asosida ko‘rib chiqamiz. 2.14-rasmda ikkita tebranish tizimining
sinusoidal signallari ko‘rsatilgan: birinchi tizim
signalining amplitudasi
(AB) ikkinchi tizim signalining (VG) amplitudasidan ancha katta,
chastotasi esa ikki marta kichik.
2.14-rasm. Murakkab to‘lqinlar
Birinchi tizim signalning har bir to‘lqinga ikkinchi tizimning ikkita
to‘lqini to‘g‘ri keladi.
Murakkab to‘lqin shakli ikki tizimning o‘zaro ta’siri natijasi bo‘lib
abssissa o‘qi bo‘yicha har bir nuqta uchun ordinata o‘qidagi to‘lqin
amplitudalari qiymatini geometrik qo‘shish natijasida olinadi (2.15-
rasm).
62
2.15-rasm. Murakkab to‘lqinlarni qo‘shish
AB
3
- zarrachaning murakkab to‘lqindagi holati.
AB
3
=AB
2
+AB
1
;
VG
3
=VG
2
+VG
1
;
DE
3
=DE
1
-DE ,
chunki DE
1
ning og‘ishi qarama-qarshi tomonga
yo‘naltirilgan. 2.15- rasmda murakkab to‘lqin shakli uzluksiz egri chiziq
bilan ko‘rsatilgan. Shunday usul bilan turli
chastota va amplitudali
sinusoidal signallarni qo‘shib murakkab to‘lqinlarni hosil qilish
mumkin.
Biz tebranishlarning paydo bo‘lishi
va tarqalishi haqida gap
yuritganimizda faqat oddiy yoki sinusoidal tebranishlarni ko‘rib chiqdik.
Ammo amalda bunday turdagi tebranishlar juda kam uchraydi. Deyarli
barcha tovush manbalari (nutq, ashula, musiqa) juda murakkab tebranish
shakllariga ega. Shuning uchun ularni yuqorida ko‘rganimizdek,
tebranishlarni qo‘shish
bilan emas, balki murakkab tebranishlarni
tarkiblarga ajratish bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi.
Tebranishlar qanchalik murakkab bo‘lmasin u takrorlanadi. Bunday
takrorlanadigan tebranishlar
Do'stlaringiz bilan baham: