Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali tovarlar kimyosi va sifati


-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Ozik-ovkat maxsulotlari tarkibidagi vitaminlar



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana01.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#876237
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Tovarlar kimyosi va sifati fanidan amaliy mashgulot uslubiy qollanma

7-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Ozik-ovkat maxsulotlari tarkibidagi vitaminlar 
va ularni aniqlash usullari 
 
Reja: 
1
. Ozik ovkat maxsulotlari tarkibidagi vitaminlar 
2. Suvda eriydigan vitaminlar va ularni aniklash 
3. Yog’da eriydigan vitaminlar va ularni aniklash 
4. Ozik ovkat maxsulotlari tarkibidagi fermentlar va ularni 
aniklash usullari 
 
 
Vitaminlar haqidagi ta’limot –vitaminologiya – hozirgi vaqtda mustaqil fan 
tarmog‘idir, vaholanki bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi 
uchun oqsil, uglevod, yog‘lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini etarli 
deb hisoblaganlar. Lekin amaliyot va tajribalarning ko‘rsatishicha organizmning 
normal rivojlanishi va o‘sishi uchun bu moddalarning o‘zi etarli emas ekan. Ovqat 
tarkibida qandaydir moddalarning etishmasligi bilan sodir bo‘ladigan kasalliklar 
epidemik xarakterga ega bo‘lganlar. X1X asrda singa kasalligidan letal xolatlar 70- 
80%ga etgan. Ayni shu vaktda beri-beri kasalligi Janubiy-SHarkiy Osiyo va 
Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. YAponiyaning 30%ga yaqin aholisi shu kasal 
bilan kasallangan. Yapon shifokori K.Takaki go‘sht, sut va yangi sabzovotlarda beri-
beri kasalligining oldini oladigan modda bor degan xulosa kelgan. 


Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan bog‘likdir, u 
ovqatlanish haqidagi fanda yangi yunalishni ochdi. U ovqat tarkibida oqsil, uglevod, 
yog‘, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo‘lgan almashtirib bo‘lmaydigan 
qandaydir noma’lum moddalarning ham bo‘lishi kerak degan xulosaga kelgan. 
K.Funk tomonidan birinchi marotaba kristall holatda ajratib olingan, beri-beri 
kasalligining rivojlanishining oldini olgan modda organik modda bo‘lgani va o‘z 
tarkibida aminoguruxini saqlagani uchun K.Funk bu noma’lum moddalarni 
vitaminlar deb atashni taklif etgan (lat.vita-hayot), ya’ni hayot aminlari. Xaqiqatda 
vitaminlar ovqatning ko‘shimcha shart bo‘lgan omillari bo‘lib, ularning ko‘pchiligi 
o‘zining tarkibida aminoguruxini saqlamasa ham vitaminlar deb nomlash biologiya 
va tibbiyotda mustahkam saqlanib kolgan. 
Tirik a’zolarning hamma turi ham, masalan, bir qator bakteriyalar va 
o‘simliklar tashqaridan vitaminlarning kiritilishiga muxtoj emas. Vitaminlarning 
ba’zilari ma’lum chegarada hayvonlarda ham sintezlanadi. Masalan, dengiz 
cho‘chqasi, odam va boshqa primatlar S vitamini (askorbin kislota) ni sintez qila 
olmaydi, binobarin, ular singa bilan kasallanadi. Buning aksicha kalamushlar S 
vitaminini glyukozadan sintez qila oladi, ularda singa kasalligi paydo bulmaydi. 
Odam a’zolarida ko‘pchilik vitaminlar sintezlanmaydilar, bir qanchalari ichak 
mikroflorasi tomonidan va to‘qimalarda kam mikdorda sintez qilinadi. Shuning uchun 
ham ular doimo ovqat bilan kiritilib turishi zarur. Vitaminlar a’zolarda fermentlarning 
protsetik qismi — kofermentlar tarkibiga kirib, moddalar almashinuvi jarayonida 
ishtirok etadi. Vitaminlarning fermentlar bilan bog‘liqligini birinchi marotaba 1922 
yilda akad. N.D.Zelinskiy ko‘rsatib bergan. 


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish