Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali tovarlar kimyosi va sifati



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/33
Sana01.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#876237
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Tovarlar kimyosi va sifati fanidan amaliy mashgulot uslubiy qollanma

Gipervitaminozlar.
Vitaminlarni ortiqcha miqdorda iste’mol qilish moddalar 
almashinuvi va a’zolar funksiyalarining izdan chiqishiga olib keladi, bu o‘zgarishlar 
qisman vitaminning moddalar almashinuvidagi spetsifik roliga bog‘liq bo‘lib, qisman 
nospetsifik zaxarlanish tusiga kiradi. Gipervitaminozlar nisbatan kam uchraydi
chunki to‘qimalardagi ortiqcha vitaminlarni yo‘qotib turadigan mexanizmlar bor, 
vitaminlar ko‘p mikdorlarda iste’mol qilinadigan bo‘lsagina xavfli bo‘lishi mumkin. 
YOg‘da eriydigan vitaminlar, ayniqsa vitamin A va D boshqa vitaminlarga qaraganda 
ko‘proq zaxarlidir. Masalan, Arktikaga yangi kelib, bilmasdan oq ayiq jigarini 
ovqatga ishlatib qo‘yadigan kishilarda uchraydigan gipervitaminoz ma’lum (mahalliy 
aholi oq ayiq jigarini emaydi): biroz miqdor jigar yeyiladigan bo‘lsa, odam boshi 
og‘rib qusadi, ko‘zi xira tortadi va hatto o‘lib qolishi mumkin. Bu — oq ayik jigarida 
vitamin A ko‘p bo‘lishiga bog‘liq: bir necha gramm miqdoridagi jigar odamning shu 
vitaminga bo‘lgan yillik extiyojini qondirishi mumkin. 
Avitaminoz. Avitaminozlar – ovqat tarkibida qandaydir vitaminning 
bo‘lmasligi yoki so‘rilishining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.. 
Yo g‘ d a e r u v ch i v i t a m i n l a r 
Ushbu sinf vitaminlariga A, D, E, K vitaminlar kiradi. 
Vitamin A – retinol, antikseroftalmik vitamin. Vitamin A betta-ionon hosilalri 
guruhiga kiradi. Vitamin A inson organizmida turli funksiyani bajaradi Vitamin A 
ning toza preparatlari – bu tiniq sariq rangli yopishqoq yog‘lar yoki och sariq rangli 
ninasimon kristallar ko‘rinishida bo‘lib, organik erituvchilar va yog‘larda yaxshi 
eriydi. Vitamin ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi va havo kislorodi bilan 
oksidlanadi. Ularni oksidlashdan vitamin S va vitamin E lar saqlaydi. 
Vitamin A etishmasa tekshirilayotgan hayvonlarda membranalar uchun zarur 
bo‘lgan xolesterin va fosfolipidlar sintezi pasayadi. Organizmning umumiy 
sezgirligini yuqori darajada saqlashda vitamin A ning ahamiyati katta. 
Biomembranasining ajralmas qismi sifatida nuklein kislotalar, oqsillar, lipidlar va 
energiya almashinuviga sezilarli ta’sir qiladi. Vitamin A yetishmaganida ko‘z muguz 
qavatining kurishi –kseroftalmiya (grek, xerox –quruq, ophtalmos –ko‘z) yosh 


kanalining berkilib qolishi natijasida vujudga keladi. Buning natijasida konyuktivit, 
shox qavatining yumshashi vujudga keladi - keratomolyasiya (grek.keras –shox, 
malatia –parchalanish); bu jarayon juda tez rivojlanadi.
A vitaminoz A (gipovitaminoz A) uchun xarakterli belgi bo‘lib shapko‘rlik 
(gemeralopiya) hisoblanadi. Kasallar qorong‘i xonada narsalarni bir-biridan ajrata 
olmaydilar, kunduzi yaxshi ko‘radilar. Inson 1 kunda 1 mg vitamin A iste’mol qilishi 
zarur. Xayvon mahsulotlaridan baliq yog‘ida vitamin A (19 % ), hayvon jigarida esa 
8%, cho‘chqa jigarida- 4% bo‘ladi. Sariyog‘da - 0,4- 0,5 % , tuxumda -0,4%, sutda- 
0,25% bo‘ladi. 
O‘simlik mahsulotlaridan sabzida 9%, ko‘k piyoz, qizil bolgar qalampirda
2%, o‘rikda 1,6%, oshqovoqda 1,5%, pomidorda 1% bo‘ladi. Sari yog‘ni sariq 
bo‘lishi, masalan bahor va yozda hayvonlar o‘t orqali ko‘p karotin esa. Ular sap-sariq 
bo‘lib chiqadi. Texnologik ishlovda 20-40% vitamin A yo‘qoladi. Odamlardagi 
vitamin A zapasi 1-2 yilga etadi. Uning etishmasligi faqat bolalarda 4 yoshgacha 
bo‘lishi mumkin. Ko‘p eyish esa zararlanishga olib keladi. 
A vitamin erkin xoldagiga qaraganda mahsulotlar tarkibida chidamli. 
Masalan sabzini qirqib saqlansa vitamin a miqdori ortadi. Buni biosintez bilan 
tushuntirish mumkin. Ko‘plab ilmiy tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, vitamin A 
ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlarida V aktivligini yaxshi yoki to‘la saqlaydi. Ba’zida 
SO 20% gacha kamaytirishi mumkin. O‘simlik mahsulotlarini qaynatilganini eyilsa 
A vitamini yaxshi xazm bo‘ladi. Sabzini yog‘da qizdirilganda uning xujayrasida 
mavjud karotin yog‘da eriydi. Bunda karotin miqdori kamaygan. Uning kamayishi 
temperatura va saqlash muddatiga bog‘liq. 0-20 S da 2 kun saqlansa, 17%, 4 kunda 
23% karotin kamaygan. 4 kunlik 12-13 0 S da saqlash 40% karotinni parchalagan. 0-
2 0 S da 4 kun passerovka qilingan sabzi saqlansa, karotin miqdori umuman 
kamaymagan. 
Sutkalik extiyoj: 2,7mg vitamin A yoki 2 - 5 mg?-karotin. 
Vitamin D – kalsiferol, antiraxitik vitamin. Uning eng muhim vakillari D2 va D3. D 
vitamin raxit kasalligini davolash xususiyatiga ega. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra 
seroidlar guruxiga oid bir necha birikmalar shu nom bilan yuritiladi. Ular orasida 
haqiqiy vitaminlar D2 vitamin — kalsiferol va D3 vitaminlardir.
Oftob nurlari ta’sirida yoki tanani ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirilganda 
terida D vitamin hosil bo‘ladi ya’ni u inson organizmida yorug‘lik nuri ta’siri ostida 
hosil bo‘ladi. U yo‘g‘on ichakda kalsiyni aktivlashtirish va suyak mineralizatsiyasida 
ishtirok etadi. Katta kishilarda vitamin D etishmasligi xolatlari kam uchraydi. U 
yorug‘lik nuri ta’siri ostida hosil bo‘ladi, shuningdek jigar bir yil ta’minlay oladigan 
D vitamin zapasi yig‘ish qobilyatiga ega. Lekin shimolda ishlaydiganlar
shaxtyorlarga ovqatiga D vitamin qo‘shiladi. YOsh organizmlar uchun D vitamin 
zarur. D vitamin ovqatda butunlay yoki etarli miqdorda bo‘lmaganida raxit kasalligi 
kelib chiqadi. (D avitaminoz) Kasallik a’zolarda kalsiy va fosfor almashinuvining 
buzilishi bilan xarakterlanadi. Bemorlarning suyagida kalsiy va fosfor tuzlari, asosan, 
kalsiy fosfat miqdori kamayib, suyaklari yumshaydi, oyoq suyaklari qiyshayadi, kalla 
kattalashib, uning shakli o‘zgaradi. Raxit bilan og‘rigan bolalarning tishlari yaxshi 
o‘smaydi, kalla suyaklarining orasi (liqildoq) tez bitmaydi. D vitamin asosan hayvon 
mahsulotlarida, sariyog‘da, tuxum sarig‘ida, jigarda, yog‘larda va baliq moyida 
bo‘ladi. Bundan tashqari u o‘simlik moylarida va achitqilarda ham etarli mikdorda 
mavjud. 


O‘simlik mahsulotlarida vitamin D ning miqdori ko‘p emas. Xayvon 
mahsulotlaridan jigar, tovuq tuxumi, baliq, sut, sariyog‘da ko‘p saqlanadi. 
D-gipovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o‘zgarishlar kuzatiladi. 
Taloqda va timusda parchalanishini ortishi bilan uning sintezi pasaygan. Shunday 
hollarda bolalar va kattalarda suyaklarning demineralizatsiyasi yuz beradi, uncha 
kuchli bo‘lmagan ta’sirlar suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Sa va R 
miqdori ortishi hisobiga yumshoq to‘qimalarda Sa yig‘iladi va buyraklarda tosh hosil 
bo‘ladi. 
Vitamin D2 prooksidant xususityaga ega yog‘ kislotalarini, xujayra 
membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlaydi. 
Vitamin D etishmasligining organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta’siri 
immun sistemada ham o‘z aksini topadi. 
O‘simlik mahsulotlarida D vitamini yo‘q. Hayvon mahsulotlaridan baliq 
mahsulotlari -30mkg %, tuxumda -4,7mkg%, sutda -0,05 mkg%, sariyog‘da-1,3- 
1,5mkg%, sigir jigarida-2,5mkg% bo‘ladi. Ko‘p iste’mol qilish turli kasaliklar keltirib 
chiqaradi. D vitamini chidamli deb hisoblanadi. Uning oksidlangan yog‘lar 
parchalaydi. Quritishda 25-35% parchalanadi sut va baliq mahsulotlariga texnologik 
ishlov berilsa ham yaxshi saqlanadi. 
Vitamin K. Vitamin K ga asosan yashil o‘simliklar, ayniqsa karam boy. 
Hayvonlardan olingan mahsulotlarda esa vitamin K miqdori kam bo‘ladi. Masalan 
cho‘chqa jigarida 0,4-0,8mkg\g.
Vitamin K odamda normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi.
Vitamin K membrana fosfolipidlari, glkoproteidlar, lipoproteidlar va nerv 
xujayrasining muhim fosfolipidi – sfingozin sintezida qatnashadi. 
Vitamin K ning asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda qon 
ivishini ta’minlovchi oqsillar sintezida qatnashadi. Vitamin K anaerob sharoitda 
vitamin S, V2 ishtirokida fosforillanish jarayonlarini stimullaydi, makroergik 
birikmalar ATF, kreatinfosfat almashinuvida qatnashadi. Vitamin kator oqsillar 
sintezi uchun va kator fermentlar (gekoskinaza, fosfotransferaza) faoliyati uchun 
zarurdir.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish