Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali tovarlar kimyosi va sifati



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/33
Sana01.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#876237
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Tovarlar kimyosi va sifati fanidan amaliy mashgulot uslubiy qollanma

K vitaminlar guruhi
. Bu guruhga srukturasida 1,4-naftaxinon xalqasiga 
va izoprenoid zanjirlaridan iborat yonshoxga ega K1 va K2 vitaminlar kiradi. K 
vitaminning ochilishi 30- yillarning oxirida Dam va sungra Almkvitsning jujalar 
sun’iy dietada boqilganda, ularda qonning ivishi sekinlashib, qon oqishining 
cho‘zilishini kuzatishdan boshlandi. Kasallik qon plazmasida qon ivishi uchun zarur 
bo‘lgan oqsillardan biri — protrombin miqdorining kamayib ketishidan kelib chiqishi 
ma’lum bo‘ldi. 
K vitaminning biokimyoviy funksiyasi xali to‘la aniqlangan emas. Lekin uning 
jigarda protrombinning sintezlanishidagi ishtiroki shubhasiz. 
K vitamin manbalari va unga bo‘lgan extiyoj. K vitamin o‘simliklarning yashil 
yaproqlari va boshqa qismlarida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. U meva va poliz ekinlaridan 
faqat pomidorda ko‘proq uchraydi, hayvon jigarida ham etarli mikdorda mavjud. 
Vitamin E
. Vitamin E bir-biridan aromatik yadrosidagi metil guruhlari 
soni va joylashishi bilan farq qiluvchi tokoferolning hosilalari , tokoferollardir. Alfa 
–tokoferol eng yuqori faollikka ega. 
Vitamin E
sariq rangli, moy ko‘rinishiga ega, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, 
kislota, ishqorlar va qizdirishning ta’siriga chidamli, lekin oksidlovchilar ta’siriga 


chidamsiz. Shu bilan birga havo kislorodi va ultrabinafsha nurlarga ham. 
Tokoferollar faqat o‘simliklarning yashil qismida, ayniqsa boshoqlilarning 
maysalarida hosil bo‘ladi. Ular o‘simlik moylarida ko‘p bo‘ladilar. Hayvon 
mahsulotlarida tokoferollar kam.
E avitaminoz esa biologik membranalar barqarorligi va vazifalari 
buzilishidir. Bunda membranalar fosfolipidlari va struktura oqsillarining sifat va 
miqdor tarkibi, shuningdek lipidlar peroksidlanish mahsulotlari miqdori ham 
o‘zgaradi. Bu holat E a vitaminozda eritrotsitlar membranasida yaqqol ko‘zga 
tashlanib, shu vitaminning kamayish darajasi bilan bir vaqtda eritrotsitlarning osmotik 
rezitsentligi kamayishiga olib keladi. Ma’lumki, xujayra membranasi fosfolipidlari 
gormonlar retseptorlari hosil bo‘lishiga, xujayraning o‘zaro ta’sirlariga mas’ul 
bo‘lgan glikolipidlar bilan mustahkam bog‘langan. E avitaminozda fosfolipidlarni 
mikdor va sifat tarkibi o‘zgarganda, xujayra membranalari glikolipid tarkibi va ularga 
bog‘liq vazifalar ham o‘zgaradi. Sutkalik extiyoj – 5 mg. 
E vitaminlari guruxi, tokoferollar. E vitamin ko‘payish vitamini deb ataladi. Bu 
moddalarga bo‘lgan e’tibor sintetik dieta bilan boqilgan hayvonlar normal o‘ssa 
ham, ularning ko‘payishida buzulish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. 
Tokoferollar hayvon va o‘simlik mahsulotlarida juda keng tarqalgan. Ular yashil 
sabzavotlar, kartoshka, no‘xat, qora undan yopilgan non, zig‘ir va paxta moyida
go‘sht tuxum, sut, sariyog‘ tarkibida mavjuddir. Ba’zi hayvonlar to‘qimalari tarkibida 
(yo‘ldosh, gipofiz jigar va muskullarda) doim ma’lum mikdorda tokoferollar zaxirasi 
bo‘ladi, shuning uchun ozuqada tokoferollar etishmaganda avitaminoz tez 
rivojlanmaydi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish