Mavzu: Jismoniy madaniyatda tarbiyaviy ta’lim texnologiyasining metodik



Download 217,29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.02.2022
Hajmi217,29 Kb.
#436389
Bog'liq
2-маъруза



Ma`ruza № 2. 
Mavzu: Jismoniy madaniyatda tarbiyaviy ta’lim texnologiyasining metodik 
xususiyatlari 
Reja 
1. Jismoniy madaniyatda tarbiyaning xususiyatlari. 
2. Jismoniy madaniyatda tarbiyaviy ta’lim texnologiyasining metodik 
omillari. 
3. Pedagogik ta’lim texnologiyasining metodik xususiyatlari. 
4. Jismoniy madaniyatning ta’lim tarbiyadagi tutgan o`rni. 
Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish 
bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagogik faoliyatning 
muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yula yoki birin-ketin anglanishiga 
bog’liq. Pedagogik faoliyat uchun umumiy bulgan vazifalarni belgilab olish 
muhimdir. Sungra pedagogik jarayonning ma’lum bosqichi mohiyatini aniq 
ifodalaydigan bosqichli vazifalar (aloxida olingan bosqich vazifalari) ni, nihoyat 
xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq: 
Bosqichli pedagogik vazifalar (ma’lum bosqich xususiyatlarini inobatga olgan 
holda belgilanuvchi) Vaziyatli pedagogik vazifalar (muayyan vaziyatlarni inobatga 
olgan holda belgilanuvchi) 
Agar pedagogik vaziyat yetarli darajada tugri anglanmasa, u xolda pedagogik 
vazifalarni xal etish yullari ham to’g’ri belgilanmaydi. Endigina kasbiy faoliyatni 
boshlagan uqituvchi tajribasizligidan pedagogik vaziyatni tugri anglash, vazifalarni 
to’g’ri belgilash malakasiga ega bulmaydi. Shu sababli ular uzlaricha yul tutadilar 


va pedagogik vazifani darxol xal etmoqchi buladilar, natijada jiddiy xatoga yul 
kuyiladi. 
Ammo, ayrim xolatlarda tajribali pedagoglar xam pedagogik vaziyatni tugri 
anglashga e’tiborsiz qaraydilar. Natijada pedagogik faoliyatda nomutanosiblik 
vujudga keladi: pedagog uz faoliyatining pedagogik maqsadlarning xal etilishini 
ta’minlay olisha olmasligini uylab utirmay, ukuvchilarni faollashtiradi, kurgazmali 
kurollardan foydalanadi, bilimlarni nazorat qiladi. Pedagogik faoliyatning yana bir 
nomutanosiblik tomoni shundaki, kupchilik pedagoglar pedagogik vazifalarni 
ikkinchi darajali, funksional, utkinchi vazifalarga almashtiradilar va faqat 
ulargagina uz diqqatlarini qaratadilar (darsni tashkil etish, tadbirlar utkazish va 
xokazo - N.V.Kuzmina). 
Pedagogik vazifani anglash mavjud ma’lumotlarni taxlil qilish va tashxis 
qoyish uchun asos bulib xizmat kiladi. 
Ma’lumotlarning taxlili vaziyat urnini aniklashdan tashkari, butun pedagogik 
jarayonda tarbiyachi, tarbiyalanuvchi va ular urtasidagi munosabat xamda ta’lim 
mazmuni, samarali vosita va pedagogik shart-sharoitlar kabi asosiy tarkibiy 
kismlarni anikdashga yunaltirilgan bulishi lozim. 
Ma’lumotlarning taxlili pedagogik jarayon moxiyati, jamoa va aloxida 
ukuvchilar xarakatlari xolatini aniq vaziyatlarda rejali urganish kabi ilmiy 
dalillarga ega bulishga yordam beradi. Ushbu dalillar amaliy faoliyat asosini 
tashkil etadi. Mavjud dalillar pedagog faoliyat jarayonining kechishi va kutilgan 
natijaning kafolatlanishini tashxislashga imkon beradi. Bizning nazarimizda 
mazkur urinda “tashxis” tushunchasining mohiyatini yoritib utish maqsadga 
muvofikdir. 
Tashxis (grekcha diagnostikos — tez anglab olish) dastlab tibbiyotda 
kullanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik moxiyati va bemor xati, uning har 
tomonlama izchil urganilishini anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e’tirof etib 
kelingan. 


Sunggi yillarda “tashxis” tushunchasi amaliy pedagogikada ham keng 
kullanilmokda. 
Pedagogik tashxis pedagogik jarayonni uning umumiy xolati, shuningdeq 
tarkibiy kismlarini har tomonlama, yaxlit tekshirish orkali baxslashdir. 
Pedagogik tashxis odatda pedagogik jarayonning psixologiq subektiv 
xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida kuyiladi. 
Psixodiagnostik tekshiruv ukuvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit yoki 
ma’lum jiatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi. Psixodiagnostik tekshiruv 
davomiyligiga kura tezkor yoki davomli bulishi mumkin: 
Malakali pedagogik tashxisning zaruriyati o’qituvchidan o’quvchi shaxsini 
o’rganish metodlari va maxsus metodikalarni, jamoa, shuningdeq yaxlit pedagogik 
jarayon xususiyatlarini chukur o’rganishni talab etadi. 
Tashxis kuyish ta’lim (yoki tarbiya) maqsad va vazifalarini xal etishning 
umumiy talabi xisoblanadi. U mak.sadlarning anikligi, bir xilligi, ularni bajarish 
usullari, ulchash va baxo berish bilan chambarchas bog’liq. Pedagogik tashxis 
asosini ukuvchi shaxsini xar tomonlama bilish, jamoa sifatida sinfning xususiyatla-


rini urganish, aniq pedagogik vaziyatlarda ma’lumotlarni taxlil etish kabi xolatlar 
tashkil etadiki, ular ta’lim jarayonini loyixalashning keyingi muxim bosqichiga 
utish, ya’ni, pedagogik jarayonni oldindan kura bilish imkonini yaratadi. Bu xolat 
pedagogik maqsadning shakllanishiga olib keladi va maqsad asosida puxta 
uylangan pedagogik vazifalarni belgilash imkonini beradi. Shaxsning rivojlanish 
darajasi ta’lim maqsadlari bilan uygun bulgandagina pedagogik maqsadga 
erishmaslikning oldini olishga erishiladi. Ya’ni, pedagogik maqsad pedagogik 
tizimning muxim omili sifatida muammolarni mukarrar xal etadi. 
Pedagogik oldindan kura bilish obekt xaqidagi ma’lumotlarni oldindan 
urganish jarayoni sanaladi. Bunda obekt sifatida sinf, ukuvchi, bilim, munosabat 
vaxokazolar tanlanadi. 
Oldindan kura bilish metodlari turli-tuman bulib, ukituvchi ularni mukammal 
uzlashtira olishi kerak. Oldindan kura bilish metodlari sirasiga modellashtirish, 
faraz kilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va boshqalar kiradi. 


Ushbu metodlar bir-birlari bilan chambarchas bokliqdir. Oldindan kura bilish 
pedagogning u tomonidan pedagogik vazifalarni fikran bajarishsa kullaniladigan 
samarali usullarini faraz qilishida namoyon buladi. 
Oldindan kura bilish qobiliyati uqituvchiga xos bulgan muxim kasbiy fazilat 
xisoblanadi. Garchi erishish yullari murakkab bulsada, pedagogik faoliyat maksadi 
xali amalga oshmagan faoliyatning modellashtirilgan natijasi va pedagogik jarayon 
mikdor va sifat uzgarishlarining loyixasi sifatida aks etadi. 
Pedagogik oldindan kura bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog’liq xolda 
pedagogik vazifalarni aniqlashtirishning va ularni pedagogik vazifalar tizimiga 
yunaltirishning sunggi natijasi xisoblanadi. Bunda pedagogik tashxisda ifoda 
etiluvchi ma’lumotlar, ya’ni, shaxs va jamoaning kushimcha imkoniyatlari va 
tayyorgarligi xisobga olinishi kerak. Ilmiy jixatdan asoslangan oldindan kura bilish 
natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va ukuvchi faoliyatining mazmunini, 
motivasiya va kiska muddatda xal etilishi zarur bulgan jihatlarni sintez kiladi. 
Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, uzi uchun shakllantiriladi, sungra 
e’tibor ukuvchilarning imkoniyatlariga tayangan xolda pedagogik vazifaning xal 
etilishiga karatiladi. 
Malakali pedagogning vaziyatni oldindan ko’ra bilishi va maqsadga intilishi 
ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashning asosini tashkil etadi. 
Pedagogik loyixalashda pedagogik vazifaning yaxlit holda mazmunan, 
tashkiliy—metodiq 
moddiy—texnik 
hamda 
ijtimoiy-psixologik 
(xissiy, 
kommunikativ va xk.) jixatdan xal etilishini ta’minlash talab etiladi. 
Pedagogik jarayonni loyihalash bosqichida pedagog duch keladigan birinchi 
muammo - bu pedagogik faoliyat mazmunini loyihalash sanaladi. 
O’quv dasturi yoki ukuvchi shaxsi ta’lim mazmunini loyixalashning asosi 
bulib, bu vaziyatda ukituvchi pedagogik faoliyat, maqsad va sharoitlarga muvofik 
xolda ukuvchilarga nimani takdim etish xususida mustaqil karor kabul kiladi. 
Qaror kabul kilish jarayonida qoyidagilarni xisobga olish maksadga muvofiqdir: 


ukuvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va kanday xajmda 
uzlashtirishlari zarurligi; 
ukuvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning ukuv ma’lumotlarini 
kabul kilish imkoniyatlari; 
o’qituvchining kasbiy mahorati, shuningdeq ta’lim muassasasining moddiy-
texnik bazasi. 
Bu o`rinda uquv ma’lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim o`rin tutadi. 
Unda: 
1) o’quvchilarga taqdim etiladigan materiallar; 
2) o’quvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar; 
3) 
o’quvchilar 
tomonidan 
uzlashtirilgan 
ma’lumot 
(bilim) 
turlari 
(N.V.Kuzmina) uz aksini topadi. 
Texnologik munosabatda ukuv materiali va uning tuzilishi muammosi muhim 
axamiyat kasb etadi. Bu muammoni hal etishda “didaktik material” va “ukuv 
materiali” tushunchalari mohiyatini farklay olish zarur. G.A. Ball nuqtai nazariga 
kura, didaktik material shunday obektlar tizimidan (ya’ni, didaktik material 
obektlar tizimi) iboratki, ularning har biri ijtimoiy bilim va tajribadan kelib chiqib, 
moddiy yoki moddiylashgan model tarzida kullaniladi. 
O`quv materiali materiallar tizimidan (ya’ni, o`quv materiali materiallar 
tizimi) iborat bulib, u didaktik materialning moddiy yoxud moddiylashgan 
modellarida aks etadi xamda ukuv faoliyatida ishlatish uchun muljallanadi. 
Modomiki, ukuv faoliyati ukuv vazifalarini hal etish jarayoni sifatida qaralar 
ekan, tabiiyki, o’quv vazifasi o’quv materialining ma’lum k^smlariga muvofiq 
tuzib chiqiladi. Shu bilan birga ukuv materialini pedagogik jix,atdan maqsadga 
erishishga yunaltirilgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin. Demaq uqituvchi 


faoliyatida ukuv vazifalari tizimi ukuv materialini loyixalash va didaktik materialni 
shakllantirish sifatida aks etadi. 
Tajribalar taxlilining kursatishicha, pedagogik jarayonni loyihalash murakkab 
jarayondir. Murakkablik pedagogik jarayonni loyihalashda asosan ikki omil: 
cheklov va kursatmalarni xisobga olish lozimligida kurinadi. Ta’lim mazmuni 
ilmiylik va amaliy ahamiyat talablarini tuldirishi, ukuv jarayoniga ajratilgan 
vaqtga muvofiq tashkil etilishi, shuningdek ta’lim mazmuni va uning ukuvchilar 
tomonidan qabul qilinish darajasining uzaro mosligi inobatga olinadi. Shu bois 
vaziyatning murakkabligi, ukuv fani asoslarini uzlashtirishdagi qiyinchiliklarni 
bartaraf etish yullari avvaldan aniklab olinishi shart. 
Odatda ijobiy yakuniy natijalarga erishishga intilgan pedagog ukuv dasturida 
belgilangan mazmun buyicha ish kuradi. Shu asosida uzining shaxsiy faoliyat 
dasturini yaratadi. 
O’qituvchining shaxsiy faoliyat dasturida o’quvchilar tomonidan chuqur 
uzlashtirilishi zarur bulgan bilimlar, kursining asosiy tayanch tushunchalari, o’quv 
axborotlarni uzlashtirish psixologiyasi hisobga olinishi lozim. 
1 Demak pedagog loyihalash texnologiyasini kullashda ukuvchilarning 
ehtiyojlari, ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida darsga tayyorlash imkoniyati, 
ukuvchilarning uz-uzini rivojlantirish qobiliyatlarini ustirishni asosiy masalalar 
sifatida tan olsagina muvaffaqiyat kozonadi. 
Uqituvchi faoliyatida kelajakka muljallangan va tezkor loyihalash turli 
darslarda turlicha moslashtiriladi. Pedagog loyihalashga kirishda xox, u dars, xox u 
tarbiyaviy tadbir bulsin, har bir pedagogik vazifaning yaxlit pedagogik jarayon 
tizimidagi urnini bilishi lozim. 
Malakali, tizimli modellashtirish layokatiga ega pedagoglar davomli 
texnologiyalarni yarata oladilar. Ular muayyan sharoitga mos (lokal) 
modellashtirishni amalga oshira olish layoqatiga ega pedagoglardan keskin 
farklanadilar. Binobarin, ikkinchi gurux, pedagoglari faoliyatida yaxlit fan (yoki 


pedagogik jarayon) emas, balki dars (yoki tarbiyaviy tadbir) texnologiyasi yetakchi 
urin tutadi. 
Agar pedagog faoliyati ukuvchilarning talablarini kondirish, ya’ni, yakuniy 
maqsadlarga qaratilsa, u xolda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida 
dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyixalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi. 


Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari 
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil 
etish, uning izchilligi va uzluksizligini ta’minlashga erishish masalalari yetuk 
mutafakkirlar hamda shoir pedagoglarning diqqat-e’tiborlarini jalb etib kelgan. 
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasini tashkil etishning ushbu jihatlari uz davrida Abu Ali 
ibn Sino, Mirzo Ulugbek Yan Amos Komenskiy, Dmitriy Konstantinovich 
Ushinskiy, Abdulla Avloniy, Xamza Xakimzoda Niyoziy, Abdukodir Shakuriy va 
boshqalar tomonidan urganilgan. 
Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shuningdek ilm-fan, texnika va 
ishlab chiqarish soxalarida ruy berayotgan ilmiy yangiliklarning son va sifat 
jihatidan keskin usib borishi uz-uzidan ukuvchilarga ular borasida tezkor sur’atda 
va batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga kuymokda. Ushbu talabning ijobiy 
ravishda kondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy bilimlarni 
uzlashtirishning kulay, ma’qul shakli bulgan ta’lim jrrayonida amalga oshiriladi. 
Ta’lim jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishi ukuv manbalari 
(ukuv dasturi, rejasi, darslik qo’llanmalar) saviyasi, shuningdeq pedagogning bilim 
darajasi va pedagogik mahoratiga bevosita bog’liqdir. 
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni kullashda ukuv dasturi 
mazmunining mukammalligi, darslik hamda qullanmalarning zamonaviy talablar 
asosida yaratilganligi, ukuv rejasi mohiyatining nazariy va amaliy xususiyatlariga 
kura yagona maqsadga erishish uchun xizmat kilishi, mashgulotlarni samarali 
tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligi, 
uqituvchi hamda uquvchilar urtasida ijobiy, samimiy munosabatlarning qaror 
topishi kabi masalalar inobatga olinadi. 
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli kullashning 
yana bir omili - bu muayyan, yaxlit ta’limiy jarayonni oldindan loyihalash, 
ukuvchilar tomonidan uzlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, kunikma va 


malakalar darajasini tashhislash hamda ta’lim maqsadining muvaffaqiyatli 
natijalanishini avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir. Ayni vaktda pedagogik 
yunalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari, xalq ta’limi 
muassasalari va oliy ukuv yurtlari oldida ukuv jarayonini loyihalashning eng 
ma’qul, barcha turdagi uquv muassasalarida shakli, metod va vositalaridan qat’iy 
nazar tashkil etiladigan ta’lim jarayoni uchun birdek xizmat kiluvchi andozani 
yaratish maqsadga muvofikdir. Bu borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qulga 
kiritilgan, ular tugrisidagi ma’lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning 
mohiyatini ochib beruvchi, chunonchi, B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.Slastenin, 
M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov va boshkalar tomonidan yaratilgan 
adabiyotlar orkali xabardor bulishimiz mumkin. Kuyida biz yukorida nomlari 
keltirilgan pedagog olimlarning nazariy qarashlariga tayangan holda ta’lim 
jarayonini loyihalash borasidagi shaxsiy mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz. 
Muayyan ukuv mashguloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish kuyidagi 
bosqichlardan iborat buladi: 
1-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi ukuv 
predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir 
manbalarni urganish, chunonchi, materiallarni yigish va ularning goyasi (mohiyati) 
bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan goyalarni umumlashtirish, 
turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat. 
Ukuv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar 
mohiyatini urganib chiqish uqituvchi uchun ukuvchilar e’tiboriga takdim 
etilayotgan mavzu (faoliyat mazmuni) xususida ularga batafsil, mukammal ma’lu-
motlarni bera olish, ta’limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini beradi. 
2-bosqich. 
Ikkinchi bosqich ukuv predmetining mavzusi (faoliyat 
mazmuni) yuzasidan yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad 
doirasida kichik bulim (band) lar buyicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham 


belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yulda ijobiy hal etib borilishi lozim bulgan 
vazifalarni ishlab chiqishga yunaltiriladi. 
Ta’lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi uqituvchi, 
shuningdeq ukuvchilar faoliyatini muayyan yunalishga solish, ta’lim maqsadiga 
erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin 
bulgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart-
sharoitlardan okdlona foydalanishga zamin x,ozirlaydi. Ikkinchi bosqich natijasi 
ukuv predmeti (faoliyat mazmuni) ning mavzusi buyicha yagona, umumiy hamda 
xususiy maqsadlar, shuningdeq vazifalarni qayd etish bilan tavsiflanadi. 
3-bosqich. 
Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim 
maqsadi va vazifalariga tayanilgan holda,ukuv jarayonining mazmunini ishlab 
chikishdan iboratdir. 
Ta’lim jarayoni ukuv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi 
muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) buyicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini 
ifoda etish imkonini beradi. Ta’lim mazmunida, shuningdeq ukuvchilar tomonidan 
uzlashtirilishi lozim bulgan tushuncha, kunikma hamda malakalarning hajmi ham 
uz ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta’lim mazmunining goyaviy jihatdan 
mukammalligi ukuvchilar tomonidan muayyan bilim, kunikma va malakalarning 
uzlashtirilish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchi bosqich samarasi ukuvchilar to-
monidan ma’lum tushunchalarning uzlashtirilishi, kunikma va malakalarning 
shakllanishini ta’minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon buladi. 
4-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan 
turtinchi boskichda mashgulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi 
harakatlar amalga oshiriladi. 
Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashgulot shakli, metod va 
vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyati ta’minlanishiga olib keladi. Ular 
yordami bilangina ukuv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi 
nazariy bilimlar ukuvchilarga uzatiladi, ukuvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar 


qabul qilib olinadi. Muayyan mashgulot uchun eng maknul deb topilgan shakl, 
metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining qariyb 90 foizlik 
muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning 
asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. Ukuvchilarni ijodiy 
izlanish, faollik erkin fikr yuritishga yunaltiruvchi ta’lim shakli, metod va 
vositalarining tugri tanlanishi mashgulotlarning k.izik.arli, bahs-munozaralarga 
boy bulishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi. Mana shu 
holatdagina ukuvchilar tashabbusni uz kullariga oladilar, ukituvchining zimmasida 
esa ularning faoliyatini ma’lum yunalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni 
nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yul-yuriq kursatish, maslaxatlar berish 
hamda ular faoliyatini baxolash kabi vazifalar krladi. 
5-bosqich. 
Navbatdagi (beshinchi) bosqichda ukuvchilar tomonidan bilim, 
kunikma va malakalarning uzlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt 
hajmi, ya’ni, muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum tushuncha, 
kunikma va malakalarning ukuvchilar tomonidan qancha vaqt oraligida 
uzlashtirilishi mumkinligi aniqlanadi. 
6-boskich. 
Oltinchi bosqichda mashq (topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi. 
Bosqich natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriqlar tizimining 
samaradorligiga alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti 
hisoblanadi. 
Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashklar tizimini kuyidagi guruhlarga 
bulish maqsadga muvofikdir: 
a) 
mashg’ulot jarayonida o’quvchilar tomonidan yechilishi (hal etilishi) 
lozim bulgan mashklar; 
b) 
darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi kuzda tutilgan mashqlar (uy 
vazifalari). 
Ukuvchilar e’tiboriga xavola etilayotgan mashklar bir-birini tuldirishi, uzaro 
alokadorlik bog’liqlik va eng muhimi evolyusion xususiyat kasb eta olishi lozim. 


7-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichida 
ukuvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat kilish va test tizimini ishlab chiqish 
kabi vazifalar amalga oshiriladi. 
Nazariy va amaliy jihatdan tufi bulgan test tizimining ishlab chiqilishi 
ukuvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni 
uzlashtirish, shuningdek amaliy kunikma va malakalarni shakl lantira olganlik 
darajalarini aniq va xolis aniklay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab 
chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir-biri bilan uygun bulishlariga ahamiyat 
berish maqsadga muvofikdir. 
8-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning sunggi bosqichi yaratilgan loyiha 
(andoza) ning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy darajasi 
(samaradorligi) ni urganish bilan nihoyalanadi. 
Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq 
hamda yul kuyilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari taxlil etiladi, 
navbatdagi mashg’ulotlar jarayonida sodir bulgan kamchiliklarning oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. 
Bildirilgan fikrlardan anglanganideq har bir bosqichda amalga oshirilayotgan 
vazifalar urtasida muayyan izchillik mavjud bulib, u ta’lim jarayonini samarali 
tashkil etish imkonini beradi. 
Uquv jarayonini loyihalash bosqichlari 


Ta’lim jarayonini loyixalashda har bir holatning puxta bajarilishiga erishish 
amaliy faoliyat (ukuv jarayoni) ning muvaffaqiyatini ta’minlashga olib keladi. 
Ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari va tamoyillari 
Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan 
isloxotlarning asosiy yunalishlaridan biri ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishdan 
iboratligi ta’kidlab utildi. Ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlashda 
kuyidagi shartlarning bajarilishi muhim ahamiyatga ega: 
o’qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ta’lim 
amaliyotida faol qo’llanilishi; 
rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida kullanilayotgan 
zamonaviy texnologiyalardan xa bardor bulish. 
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish pedagogik faoliyatning muhim 
ko’rinishlaridan biri. 


U kuyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 
loyihani yaratish (1); 
ukuvchilar faoliyatini tashxislash (2); 
pedagogik jarayonni tashkil etish (3); 
pedagogik jarayonning samarali kechishini ta’min lash (4); 
ukuvchilar faoliyatini nazorat qilish (5)ni uz ichiga oladi: 
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish bosqichlari 
Pedagogik vazifaning hal etilishiga o’qituvchi va o’quvchi faoliyatlarining 
mazmuni, vositalarini loyihalash orkali erishadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim 
jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv, 
ya’ni, ta’lim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo 
etadi. 


O’qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ta’lim jarayonini loyixalash 
aloedda axam i yat ga ega. Xar bir ukuv kursini urganish aloxida mavzu va 
bulimlarni loyihalash asosida amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv nuqtai 
nazaridan, ta’lim jarayoni loyihalash o’qituvchi kasbiy faoliyatining kurinishi 
bulib, o’qituv ta’lim jarayonining texnologik tuzilma, uning natijasini ta’minlovchi 
metod va vositalar yigindisi bilan tavsiflanadi. 
Loyihalash mahsuli ta’lim jarayonining loyihasi sanaladi. Pedagogik amaliyot 
mohiyatini tashkil etish natijasida ta’lim jarayonini loyihalashning bir necha 
qonuniyatlari ajratildi, chunonchi: 


Ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari: 
Ta’lim jarayonini loyihalash samaradorligi barcha tarkibiy qismlar 
(texnologik boshqaruv, vosita, axborot, ijtimoiy-psixologik muhit) ning loyihada 
maqsadga muvofiq yoritilishi asosida ta’minlanadi; 
ta’limning texnologik vositalari ukuvchilarning individual xususiyatlariga 
bogliq xolda tanlanadi; loyihalash strategiyalari uqituvchining individual uslubiga 
muvofik tanlanadi; loyihalash sifati teskari aloqa (ukituvchi va ukuvchi urtasidagi) 
kulami, loyihalash mazmuni, shuningdeq barcha omillar samaradorligiga boglik. 
Umumiy urta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini loyi^alash ikki darajada: 
a) 
ukituvchi faoliyati darajasida (ta’lim jarayonining aloxida qismlarini 
loyihalash); 
b) 
ta’lim menedjeri faoliyati darajasida (ta’lim jarayonini yaxlit 
loyihalash) amalga oshiriladi. 
Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv kuyidagi tarkibiy qismlarni uz ichiga 
qamrab oladi: 
Ushbu tarkibiy kismlarning dastlabki turttasi uqituvchi faoliyati va uning 
boshqaruvi, beshinchisi esa bevosita ukituvchi va maktab ma’muriyati 
boshqaruvini ifodalaydi. 
Ta’lim jarayonini loyihalash doirasida ukuvchilar faoliyatini nazorat kilish 
muhim urin tutadi. Shu bois nazorat jarayonini loyihalash ham ukituvchidan 
alohida malakali yondashuvni talab etadi. 
Nazorat jarayonini loyihalash o’qituvchi faoliyatining kurinishlaridan biri 
hamda ta’lim jarayoni texnologik tuzilmasining tarkibiy qismi bulib samarali 
(kutilgan) na tijani ta’minlovchi metod va vositalar yigindisini uz ichiga oladi. 


Loyihalash pedagogik faoliyatning murakkab kurinishi bulib, uni amalga 
oshirishda ta’lim jarayonining muhim konuniyatlari inobatga olinishi zarur. 
Chunonchi: 
ta’lim sohasining jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishi; 
Uquvchilar faoliyati tavsifining ta’lim natijalariga bogliqligi; Ukuvchilarning 
yosh va individual xususiyatlari bilan o’zaro muvofiq kelishi; ta’lim maqsadi, 
mazmuni, shakl, metod va vositalarining ta’lim jarayoni samaradorligini 
ta’minlashga yo’naltirilishi va hokozlarni inobatga olish zarur. 
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida ta’lim jarayonini loyihalashda bir 
qator tamoyillarga tayaniladi. Ayni urinda, dastlab, “tamoyil” tushunchasining 
mohiyatini anglab olish zarur. 
Tamoyil (lotincha boshlang’ich, asos) - muayyan nazariya, fan, dunyoqarash, 
ijtimoiy-siyosiy tuzilma va hokazolarning asosiy boshlang’ich holati ma’nosini 
anglatadi. Bu tushuncha, shuningdek ma’lum faoliyatning yetakchi g’oyalari, 
asosiy koidalari sifatida ham keng kullaniladi. 
Ta’lim jarayonini loyihalashda tamoyillar asosiy yondashuv, faoliyat 
tuzilmalarini aniqlovchi meyor hamda muvofiklagiruvchi talablar vazifasini 
bajaradi. Loyihalash tamoyillari nafaqat meyoriy, balki tavsifiy vazifani ham 
bajarib, faoliyat mohiyatini ochib beruvchi umumlashma talablar sifatida 
tavsiflanadi. 
Ta’lim jarayonini loyihalashda nafaqat har bir tarkibiy kism, balki ular 
orasidagi aloqalar ham modellashtiriladi.Tizimlilik tizimlashtiriluvchi elementlarni 
ajratish va ular orasidagi aloqalarni ifodalash orkali ta’lim jarayonini yaxlit xolda 
loyihalashga xizmat qiladi. 
Ta’lim jarayonini loyihalash qonuniyatlari loyihalash tamoyillarining nazariy 
asoslarini ishlab chikishga va pedagogik faoliyat amaliyotida kullashga zamin 
tayyorlaydi. 





Document Outline

  • Закладки Word
    • bookmark1

Download 217,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish