2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

O„g„itlash

Qand lavlagi kaliy va azot o„g„itlariga ko„proq, fosforga esa 
kamroq talabchan o„simlik. P
90
, K
60 
va 20-40 t/ga chirigan go„ng yerni 
shudgorlashdan oldin solinadi. Azotli o„g„itlar uchga bo„lib beriladi: N
20
ekish 
bilan bir vaqtda, N
90
birinchi suvdan, N
90
ikkinchi suvdan oldin beriladi. 
O„simliklarni azot o„g„iti bilan oziqlantirish iyul oyining boshlarida tugallanishi 


299 
zarur, chunki azot bilan oziqlantirish kechiktirilsa, poyasi tez rivojlanib, 
ildizmevasi tarkibidagi qand moddasi kamayib, qishda saqlanish yomonlashadi.
Hosilni yig„ish. 
Hosilni yig„ishtirish eng qiyin bosqichlardan hisoblanadi, 
chunki lavlagi ildizmevasini yig„ishtiradigan maxsus kombaynlar bo„lmaganligi 
sababli, ko„pincha qo„l bilan yig„ishtirib olinadi. Hosilni yig„ishtirishdan oldin 
(oktyabr oxiri - noyabr boshlarida) bargni KIR-1,5 yordamida o„rib olish, 
ildizmevasini MTZ-80, TTZ-80,2 yoki MX-120 traktorlariga o„rnatilgan maxsus 
lavlagi kurakchalarida yoki g„o„zapoya kavlagichlarida kavlanadi. Yig„ishtirib 
olingan ildizmevalarni qolgan barglaridan tozalandi va qishda saqalanadigan 
joylarga jo„natiladi. Ildizmevalarni saqlaydigan eng ko„p tarqalgan usul chuqurligi 
50-70 sm, kengligi 150-200 sm, uzunligi ildizmevalarni miqdoriga qarab 
tayyorlangan handaklarga ko„mib qo„yiladi. Ildizmevalar yaxshi saqlanishi uchun 
handakning chetlari qiya va o„rtasi o„yilib har 4-5 m joyga havo almashib turishi 
uchun shamol parraklar o„rnatiladi, so„ngra handaklar somon yoki tuproq bilan 
berkitiladi.
Sho„ri yuvilgan yerlarga go„ng, fosfor va kaliy o„g„itlari yerni chizellashdan 
oldin yoki kultivatsiyadan oldin solinadi.
Urug„chiligi. 
O„zbekiston sharoitida qand lavlagidan yuqori reproduksiyali 
urug„ olish uchun, oldin lavlagi ildizmevasi shakli va rangi bo„yicha baholanadi, 
so„ngra ekib urug„ olinadi. Yem-xashak uchun olingan urug„larni lavlagini 
ildizmevasini ekmasdan, urug„ni ekib ham olish mumkin.
Urug„lik uchun ekiladigan lavlagi qand olinadigan lavlagiga qaragandabir oy 
kech ekiladi. Tuproqni ekishga tayyorlash, mneral o„g„itlar bilan oziqlantirish 
odatdagi ekish bilan bir xil bo„ladi. O„simlikning ko„chat qalinligi gektariga 160-
180 ming tup, bir pog. metrda o„simliklar yagana qilingandan so„ng 10-12 ta 
o„simlik qoldiriladi, shuning evaziga urug„lik ildizmevalarning vazni 250-300 g/ga 
teng bo„lishi kerak.
O„simliklarga ishlov berish: 2-3 marta kultivatsiya va 1-2 chopiq qilinadi, 
birinchi va ikkinchi sug„orishdan oldin 75-80 kg azotli o„g„it bilan oziqlantiriladi. 
Sug„orish tizimi ildizmevalarni ozuqa uchun yetishtirish bilan bir xil. Urug„lik 


300 
ildizmevalar oktyabrning oxiri va noyabr sovug„i tushmasdan oldin ozuqa uchun 
ildizmevalarni yig„ishtiradigan mexanizmlar bilan yig„ishtiriladi. Ildizmevalar 
qo„lda tozalanganda ildizmevalilarning boshchasidagi barg bandlari 3-4 sm 
uzunlikda kesiladi va saqlanadigan joyga keltiriladi. Urug„li ildizmevalar 
saqlanadigan handaklarning kattaligi, ozuqa uchun ildizmevalar saqlanadigan 
handaklar bilan bir xil, lekin, havo almashishi uchun qo„yiladigan shamollatgichlar 
har 2 metrga o„rnatiladi.
Tipik xolatdagi urug„lik ildizmevalar ajratiladi, kasallangan, o„lchami katta 
ildizmevalar ajratib olib tashlanadi. Bu vaqtda aprbator bloknoti to„ldiriladi. 
Urug„lik ildizmevalari kuzda saralanganligi haqida akt to„ldiriladi.
Bahorda handak ochilgandan so„ng, saralangan ildizmevalar qayta saralanadi 
va «Urug„liklarni bahorda saralash» akti to„ldiriladi va so„ngra urug„lik 
ildizmevalar ekiladi.
Asosiy va ekishdan oldin tuproqni ekishga tayyorlash, solinadigan fosfor va 
kaliy o„g„itlari miqdori lavlagining birinchi yili yetishtirish bilan bir xil.
Urug„lik ildizmevalarni ekish fevralning oxiri va martning boshlarida 
oldindan tayyorlangan qator oralari 60 sm qilib qo„lda ekiladi. 1 pog. metr yerga 2-
3 dona lavlagi ildizmevasi ekiladi. Ildizmevalar qurib qolmasligi uchun 2-3 sm 
qalinlikda tuproq bilan bekitiladi. O„sish nuqtasi qurib qolgan ildizmevalardan 
urug„ poyasi o„sib chiqmaydi va urug„ hosili kamayadi.
Ekilgan urug„lik ildizmevalar o„sish davrida 1-2 marta qo„lda chopiq 
qilinadi va 1 marta 90 kg/ga azot bilan oziqlantirilib, o„simliklar gulpoya chiqara 
boshlashi, gullashi, urug„ tuganaklari rivojlana boshlaganda sug„oriladi. Bu vaqtda 
urug„lar gullash oldidan aprobatsiya qilinib, akt to„ldiriladi. Urug„ hosilining 
umumiy urug„ tuganaklaridagi urug„lar 70% qo„ng„ir rangga kirganda ertalab 
qo„lda o„riladi. O„rilgan urug„liklar xirmonga yoki asfaltlangan joyga keltiriladi va 
20-30 sm qalinlikda yoyib quritiladi. Urug„liklar poyasi tezroq qurishi uchun har 
kuni ag„darib turiladi. Urug„lik poyasi don kombaynlarida maydalaniladi va 
«Petkus-gigant» qurilmasida ko„p tishli urug„ uchun 3,5 mm yoki bir tishli urug„ 
uchun 2-3 mm fraksiyalarga ajratilib tozalanadi. Urug„lardagi yopishib qolgan 


301 
tayoqchalarni va chiqitlari ajratish uchun lavlagi urug„i OSG-0,5 rusumli 
tozalagichdan chiqariladi. O„zbekistonda qand lavlagi urug„ini ildizmeva 
ekmasdan olish usuli ishlab chiqilgan.
Qand lavlagining urug„ini ekib urug„lik olish mumkin. Buning uchun ertagi 
ekinlardan (sabzavotlar, kartoshka, silos uchun makkajo„xori) bo„shagan 
maydonlar sug„orilib, P
90
K
60
o„g„itlari solib, 25-28 sm chuqurlikda shudgorlanadi. 
So„ngra maydon chizellanadi, mola bostirilib avgustning oxirida yoki sentyabrning 
boshlarida qand lavlagi urug„i qator oralari 60 yoki 70 sm qilib seyalkalarda 
ekiladi. Ekish miqdori 8-10 kg/ga, bunda urug„lik tuganaklari har biri 3-5 sm da 
ekilgan bo„lishi kerak. Urug„ yaxshi unib chiqishi uchun sug„oriladi, nihollar 
ko„karib chiqqandan so„ng kultivatsiya qilinib, sovuq tushguniga kadar 1-2 marta 
sug„oriladi. O„simliklar qator oralari kultivatsiya qilinganda usti 4-5 sm qalinlikda 
tuproq bilan ko„miladi. O„simliklarda birinchi yili azotli o„g„itlar berilmaydi, 
chunki azotli o„g„it ularning qishda saqlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Bahorda o„simliklardag urug„poyalar o„sib chiqadi. Bu vaqtda (aprelda) 
traktorda kultivatsiya, chopiq qilinib, o„simliklar shoxlay boshlaganda (90-100) 
azotli o„g„itlar bilan oziqlantiriladi. Urug„liklar 3 marta (gulpoyalar chiqara 
boshlaganda, gullash, urug„ tuganaklari hosil bo„lish davrlarida) sug„oriladi. Bu 
usulda urug„ olishda ildizmevalarni kavlash, qishda handaklarda saqlash, bahorda 
ekish, yerga qadash ishlari bajarilmaydi va odatdagi usulga nisbatan urug„liklar 10-
12 kun oldin pishadi. Urug„ hosili gektariga 15-20 s/ga ni tashkil etadi.
Ko„p urug„lik navlari uchun GOST 2890-82, urug„larning unishi birinchi 
klass urug„lari uchun 85% ikkinchi klass urug„lari uchun 75%, bir urug„lik nav va 
duragaylar uchun 80-75% ga teng.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish