192
1) patsimon barglar
2) uchtali barglar
3) panjasimon barglar.
Patsimon barglar juft va toq patsimon bo„ladi.
Toq patsimon barglarning
uchida toq yaproqchasi bo„ladi. Juft patsimon barglar uchida yirik-mayda va har
xil darajada shoxlangan jingalaklar mavjud. Ba‟zi bir ekinlar jingalaklar yordamida
tayanch o„simlikka o„ralib o„sadi.
Umuman barglar yirik-mayda, tukli-tuksiz bo„lishi mumkin.
Bargning
asosida har xil shakldagi yonbargchalar bo„ladi. Yonbargchalarga qarab ekin
turlarini aniqlash mumkin
Gul
-
dukkakli ekinlarning gullari aksariyat holda barg qo„ltiqlarida, 1-2
tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shakldagi gulto„plam hosil qiladi.
Dukkakli ekinlarning gullari kapalaksimon bo„ladi, gullar ikki jinsli bo„lib 5 ta
gultojibargdan tashkil topgan. Gultojibarglar har xil bo„ladi, eng yirigi elkan, yon
tomondan ikkita kichikrog„i qanot va pastki cheti bilan bir-biriga tutashib o„sgan,
ikkita pastkisi qayiqcha deb ataladi. Changchisi 10 ta bo„lib, to„qqiztasi
tutashib
o„sadi, o„ninchi erkin o„sadi.
Meva
-
gullar changlangandan keyin tugunchasi o„sib mevaga aylanadi.
Mevasi dukkak dyeyiladi. Mevada kalta bandga joylashgan urug„lar mavjud.
Ko„pchilik dukkakli don ekinlari yetilganda dukkagi uzunasiga chatnaydi, urug„
sochiladi. Ayrim ekinlarda (mahalliy no„xat, yasmiq, oq lyupin) mevasi
chatnamaydi.
Dukkakning shakli cho„zinchoq, romb shaklida, silindrsimon, buyraksimon,
yuzasi silliq,
burushgan, tukli yoki tuksiz bo„ladi. Dukkakda bittadan o„ntagacha
urug„ bo„ladi.
Urug„
- dukkakli don ekinlarini urug„i qo„ng„irboshli don ekinlaridan farq
qilib urug„i dukkagining-ichida joylashadi. Urug„ qalin po„st bilan qoplangan.
Uning yuzasi ekin turiga qarab silliq, yaltiroq, burishgan bo„ladi. Urug„ning ustida
turlarni bir-biridan ajratishga yordam beradigan har xil belgilari bo„ladi. Shulardan
biri - urug„ kertigi, urug„ bandining, urug„ rivojlanib chiqadigan urug„kurtakka
193
birikadigan joyidir. Urug„ yetilganda ana shu joyda dukkak pallasidan ajraladi.
Dukkakli-don ekinlar urug„
kertigini katta-kichikligi, rangi, shakli va holati bilan
bir-biridan farq qiladi. Urug„ bo„ktirilganda o„sha kertik orqali urug„ ichiga suv
kiradi urug„ kertigining o„rtasida
kertik izi, urug„ kertigining bir uchida uruqqa
kirish izi (mikropile), ikkinchi uchida urug„kurtakning asosi-xalaza-dog„chalar
ko„rinishdagi tuzilmalarni ko„rish mukin. Mikropile loviya urug„larining kertigida
yaxshi seziladigan bo„ladi.
Urug„ qobig„ining tagida murtak joylashgan. Dukkakli ekinlarda
qo„ngirboshli don ekinlari kabi endosperm bo„lmaydi.
Murtak rivojlanishining
birinchi davrida zarur oziq moddalar uning o„zida, urug„palla barglarida zaxira
xolda to„planib boradi.
Dukkli o„simliklar urug„ining murtagi urug„ning ikkita yarmidan iborat
bo„lgan, ikkita urug„palladan tashkil topgan bo„lib,
ular bir tomondan ochiladi,
ikkinchi tomonidan esa urug„ kertigi yonida tutashgan bo„ladi. Urug„pallalar urug„
kertigi bilan tutashgan joyda murtak ildizchasi bilan kurtakcha bo„ladi. Ba‟zi
dukkakli ekinlar urug„ining kurtakchasi ancha baquvvat rivojlangan va dastlabki
ikkita chinbarg boshlang„ichiga ega bo„ladi, o„simlikning o„sish nuqtasi shularning
orasida bo„ladi. Urug„ning tuzilishini bo„rtgan urug„lardan ko„rish eng qulay
bo„ladi. Bunday urug„larning po„sti oson ajraladi
va murtagining barcha qismi
yaxshi ko„rinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: