Yetishtirish texnologiyasi
O„tmishdosh.
Marjumak kuzgi boshoqli ekinlardan, dukkakli-don
ekinlaridan bo„shagan yerga ekilsa, hosili 40% gacha oshadi. Marjumak, g„o„za,
kanop, sholi, soya, mosh kabi ekinlardan bo„shagan erlarga ekiladi. Marjumakdan
bo„shagan erlarga don, kartoshka, moyli va boshoqli ekinlarni ekish mumkin.
Yerni tayyorlash.
Marjumak bahorda ekiladigan bo„lsa, yer kuzda
haydaladi, rejalashtirilgan o„g„it solinadi, bahorda borona qilib ekiladi.
Takroriy ekin sifatida ekiladigan bo„lsa, o„tmishdoshning hosili
yig„ishtirilgandan keyin yer haydaladi, borona qilinadi, mola bostiriladi va so„ngra
yig„ishtirishga bir hafta qolganda sug„orilsa yaxshi haydaladi.
O„g„itlash
.
Marjumak o„simligi o„g„itga ta‟sirchan. Biologik tomonidan
ozuqa elementlariga talabchan. Masalan, 10 ts don va tegishli somon yetishtirish
uchun 44 kg azot, 25 kg fosfor, 75 kg kaliy sarflanadi. Gullashgacha azot 61%,
kaliy 62% va fosfor 40% sarflanadi (o„zlashtiriladi). Umuman fosforli va kaliyli
o„g„itlar yetarli bo„lsa qiyg„os gullaydi va guli tarkibidagi nektar ortadi.
Qumoq yengil tuproqda organik va mineral o„g„itlar yaxshi natija beradi.
O„zbekiston sharoitida bu masala to„la o„rganilmagan. O„rtacha bir gektarga 10-20
t chirigan go„ng, 100-150 kg fosfor va 50-70 kg kaliy solish tavsiya qilinadi.
Ammo, o„g„it normasi yetishtirish sharoitiga, tuproq unumdorligiga qarab
186
o„zgaradi. O„g„itlardan go„ng 100%, fosfor 70%, kaliy 100% yer haydashdan
oldin, azot 50%, fosforni 30% ekishdan oldin va qolgan 50% azot gullash davrida
qo„llansa, maqsadga muvofiq bo„ladi.
Ekish.
Marjumakning mevasi urug„ sifatida ishlatiladi. Mevalari bir tekisda
emas, shuning uchun ekishdan oldin urug„i saralanadi. Bu ish maxsus saralovchi
PSS-25 rusumli mashinada bajariladi.
Mayda engil urug„lar 10-15% osh tuzi yoki ammiakli selitra eritmasida
ajratib olinadi. O„tkazilgan tajribalarda mayda urug„ ekilganda 12,3 s. don olingan,
yirik va og„ir urug„ ekilganda 19,1 s/ga olingan. Zamburug„ kasaliga qarshi urug„
80% TMTD bilan dorilanadi. Bir sentner urug„g 200 g dori sarflanadi.
Marjumak bahorda va yozning ikkinchi yarmida ekiladi. Bahorda ekilgan
marjumakning gullashi 25
o
C dan oshmagan sharoitda o„tsa, yaxshi hosil olish
mumkin. Toshkent viloyatida o„tkazilgan tajribalarda marjumak 25 iyuldan to 10
avgustgacha ekilganda 15-17 s/ga dan hosil olingan.
24
Samarqand QXI da o„tkazilgan tajribalar bo„yicha marjumakni 10-20
iyulgacha ekilgani ma‟qul deb xulosa qilingan. Respublikamizning shimoliy
zonasida bu muddatdan ertaroq, janubiy tumanlarda kechroq ekilishi mumkin.
Marjumak ikki usulda ekiladi:
A) yoppasiga qatorlab, qator orasi 13-15 sm qilib, don ekadigan seyalkalarda
ekiladi;
B) keng qatorlab, qator orasi 60 sm qilib ekiladi.
Ko„pgina ma‟lumotlarga ko„ra toza, unumdor yerlarda yoppasiga qatorlab
begona o„tlar bilan zararlangan yerlarda keng qatorlab ekiladi. Ekish chuqurligi
tuproqning mexanik tarkibiga bog„liq holda 4-8 sm atrofida bo„ladi.
Ekish miqdori ekish usuliga bog„liq bo„lib, yoppasiga qatorlab ekilganda
gektariga 3-5 mln. dona urug„ keng qatorlab ekilganda 2-3 mln. dona urug„ ekiladi.
Bu urug„ning vazni 45-100 kg/ga bo„ladi.
24
Atabayeva H.N., Qodirxodjayev О. O„simlikshunoslik, Toshkent 2006 y.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |