II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
213
qilish degani emas. Noto‘g‘ri fikr bildirgan o‘quvchining fikrini to‘g‘ri emasligini tushuntira
bilish, uni to‘g‘ri fikrlashga yo‘naltirish eng muhimidir.
Masalan: 2-sinf o‘qish darsligidagi “Kulol va shogird” hikoyasini olaylik.
Hikoyada shogird ustozining “yana biror yil kulolchilik sirlaridan o‘rgangin” deyishiga
qaramay qo‘yarda – qo‘ymay o‘zi alohida faoliyat olib borishga ko‘ndirib chiqib ketadi. Avvalida
ishi yurishgan bo‘lsada, oxir oqibat uning yasagan idishlarining sirlari tezda ko‘chib ketishi tufayli
hech kim sotib olmay qo‘yadi. Ishi yurishmagan shogird yana ustozi oldiga qaytib boradi.
Hikoya yuzasidan o‘tkazilgan suhbat natijasida aksariyat o‘quvchilar shogirdning ishini
ma’qullamadilar. Lekin o‘quvchilar ichida kulolning ayrim ishini ma’qullamagan o‘quvchilar ham
bo‘ldi. “Ustozi doim o‘t yoqtirguncha, suv tashitgunchan kulolchilikning eng nozik sirlarini
o‘rgatsa bo‘lmasmidi?”, “Yasalgan buyumlarga sir berishdan oldin qurigan idishlarni puflab,
so‘ng sirlash kerakligini ustozi avvalroq shogirdini yoniga chaqirib o‘rgatganda, shogird shuncha
qiynalmagan bo‘lar edi” degan fikrlarni bildirgan o‘quvchilar ham bo‘ldi.
O‘quvchilar o‘z fikrlari yuzasidan bir-birlari bilan baxsga kirishib ketdilar. Men hech bir
fikrni noto‘g‘ri demasdan o‘quvchilarni voqeahidisaga teranroq nazar bilan qarashga yo‘naltirdim.
Har narsani o‘rgatish va o‘rganishning o‘z vaqti borligi, shogird hech qachon ustozining so‘zini
ikki qilmasligi kerakligi haqida o‘quvchilarga tushunchalar berdim.
Guruhlarda islash uchun topshiriqlar berilganida o‘quvchilar o‘z fikrlarini o‘rtoqlariga
yetkazishga harakat qiladilar. Hamkorlikda ishlash jarayonida birbirlarining fikrlarini eshitadilar
va to‘ldiradilar, eng maqbulini ajratishga erishadilar.
Fikrni bayon qilish natijasida nutq malakalari shakllanadi, ko‘pchilik oldida fikr bildirishga,
o‘z munosabatlarini bildirishga o‘rganadilar. Voqeani turli usullarda erkin va mustaqil bayon
qilish imkoni tug‘iladi. So‘z boyliklari sayqallashadi. Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil
bo‘lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‘ladi.
Odamning fikrlashi qancha erkin bo‘lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‘ladi.
Shakllanib kelayotgan yosh avlodning ruhiy, aqliy, jismoniy imkoniyatlariga qarab ish
tutilsa, bolada o‘z xatti-harakati uchun javobgarlik hissi paydo bo‘ladi. U o‘z fikri, qarashiga ega
bo‘ladi. Fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini asoslaydi, kerak bo‘lganda himoya qiladi.
Shuning uchun yurtimizda mustaqil, ijodiy fikrlovchi shaxslardan iborat barkamol avlod
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
T. G‘afforova, Sh. Nurullayeva, O‘qish kitobi, 2-sinf. O‘qituvchilar uchun metodik
qo‘llanma-T., “Sharq”, 2012
Do'stlaringiz bilan baham: |