II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
216
O‘quvchilarda matematik bilimlarga bo‘lgan qiziqish, matematik xarakterdagi ma-salalarni
sabr-toqat va tirishqoqlik bilan yechishida bilim, malaka, ko‘nikmalari rivojlanti-riladi. Induktiv
va deduktiv tafakkurning boshlang‘ich ko‘nikmalarini, aqliy qobiliyatlarini, ya’ni tahlil qilish,
sintezlash, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga,
idroklilik va ziyraklikni, odam tanasida kechadigan jarayon-larni o‘quvchi o‘zi matematik yo‘llar
bilan tasavvurlarni va xayolni o‘stirishga matematik ta’lim berish katta yordam qiladi.
Amaliy maqsadlar: Misol uchun, “Odamning ikkala qo‘lida nechta naysimon suyak bor?”,
degan savolning yechimida nazariyaga tayangan holda amalda matematik yo‘llar bilan topamiz
yoki odamlarning bir kecha-kunduzlik ovqatlanish ratsionini tuzishda ham bevosita amaliy
maqsadlarni nazariya bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Amaliyot bilan bog‘lay olishdan asosiy
maqsad o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma malakani shakllantirish bi-lan bir qatorda matematik
savodxonlikni oshirishdan iborat. Tirik tabiatning qonuniyatla-ri, biologik xilma-xillik, xususiy va
umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera
oladi. Olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish uchun kompetensiyaning ahamiyati nihoyatda katta.
Biologiya fanini o‘qitishda 8-sinf o‘quvchilarida matematik savodxonlik, fan va texnika
yangiliklardan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakl lantirishning nazariy
va metodik asoslarini hal etish, zaruriy hollarda talab etiladigan faoliyatini mukammal bajarish
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Kompetensiyaviy yonda shuvda o‘qitish maqsadlari o‘quvchilar
tomonidan o‘z-o‘zini anglash, ta’lim tarbiya jarayonida, o‘quv maqsadlarga erishish yo‘llarini
tushuntirish, o‘quvchilarning o‘quv– bilim – bilish faoliyatini faollashtirish, o‘quvchilarning shaxs
sifatida o‘z-o‘zini rivoj lantirish orqali jamiyat va mustaqil hayotda moslashuvi, ijtimoiylashuvi
kabi ustuvor yo‘nalishlarni mo‘ljallash nazarda tutiladi. Biologiya fanidan kompetensiyaviy
o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga biologiya mavzusidagi ayrim (Tayanch harakatlanish, qon
aylanish, koddaminatlik, nafas olish sistemasi, moddalar almashunuvi, energiya sar-fi) mavzularni
yoritib berishda, o‘quvchilarda “masala” haqidagi tushunchalar berish hamda kitobdagi
nazariyalarga tayangan holda o‘rgatish lozim. Kompetensiyani tarkib toptirish usullari va shaxs
hayotidagi ahamiyatiga ko‘ra darajalarga ajratiladi. O‘quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga
yordam beradigan kompetensiyalar tayanch kompe-tensiya, faqat biologiya o‘quv fani orqali
tarkib toptiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi. O‘quvchilarda tarkib
toptiriladigan kompetensiyalar quyidagi darajalarga ajraladi:
1.
Tayanch kompetensiyalar
–
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv rejasidan o‘rin olgan
barcha o‘quv fanlari mazmuni va o‘qitish jarayoni orqali tarkib toptiriladigan kom-petensiyalar.
2.
Xususiy kompetensiyalar – biologik ta’lim va tarbiya jarayonida DTS bilan me’yorlangan
bilim, ko‘nikma va malakalar asosida tarkib toptiriladigan kompetensiya-lar hisoblanadi.
Biologiya fanidan o‘quvchining kompetensiya – biologiya fani bo‘yicha egallagan bilim,
ko‘nikma va malakalaridan kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni
yechishda foydalanish va amaliyotda qo‘llay olish qobilyatidir.
Biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarda yuqorida qayt etilgan tayanch kompetensiyalar-ni tarkib
toptirish maqsadida o‘quv fani mazmunini tahlil etishi, o‘qitishning barcha shakl-lari: dars,
darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar hamda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda olib boriladigan
ishlarni tizimli va bir-biriga uzviy ravishda amalga oshirishni loyihalashi lozim.
Tayanch kompetensiyalar va me’yoriy hujjatlarni yuritishda ularni quyidagicha yozi-lishi
tavsiya qilinadi:
– umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning
samarali shakllari va usullarini joriy etish;
– o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texno-logiyalarini
joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga
qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyasini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |