II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
215
jarayonda katta natijalarga erishish maqsadida hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish –
innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi.
Matematika fani rivojlanishi asoslari insoniyat faoliyatining amaliy ehtiyojlaridan kelib
chiqadi. Fanning rivojlanishi bu ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslana-di. Matematik
savodxonlikni oshirish uchun har ikki tomon, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchi orasida yangi metodlar
orqali darslarni tashkil qilish, turli interfaol usullardan foydalanib bilim berish, bir so‘z bilan
aytganda, ta’lim jarayonida yangilik yaratishdir.
Maktabda o‘qitishning asosiy shakli dars hisoblanadi. Ayrim darslarga tayyorgarlik ko‘rish
uchun matematik savodxonlikni oshirish hamda matematik hisob-kitoblik mavzu-larni puxta
o‘zlashtirib, mavzular bo‘yicha o‘quv dasturini o‘rganish zarur. Doimo dastur-lardagi,
darsliklardagi va ayrim mavzulardagi o‘zgarishlar o‘rganib borilsa, darsda reja tuzishga
qiynalmaydi. Darslar rejasi darsning samarali bo‘lishi bilan birga, har bir o‘quv-chining bilimida
oldinga siljishni ta’minlaydi.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika yan-
giliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi elementlarini tarkib top-tirish
yo‘llari orqali hamda Davlat ta’lim standartining vazifalariga mos tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat:
– umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali
shakllari va usullarini joriy etish;
– o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalar o‘quvchilari va bitiruvchilari-ning
malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
– kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyasini ta’minlash;
– ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini
tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy
asoslarini takomillashtirish;
– davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladi-gan
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika yan-
giliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi elementlarini tarkib top-tirish
yo‘llarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Biologiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika
yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirishning nazariy
asoslarini, xususan, kompetensiya va kompetentlilik haqidagi tushunchalarning mohiyatini ochib
berish bilan birga matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish kompetensiyasini tavsiflash.
2. Mazkur kompetensiyani biologiya fanini o‘qitishning turli yo‘llarini tatbiq etish. Biologiya
fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologic xilma-xillik haqida,
atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariya-lar, gipotezalarning
mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda o‘quvchilarda o‘z fikrini ba-yon eta oladigan va asoslay
oladigan, tushunchalarni tahlil qiladigan, so‘ng umumlash tirib, xulosalar chiqara oladigan bo‘lib
yetishi uchun o‘qituvchi qaysi metod, o‘yinlardan foydalanmasin bilimlarni o‘quvchi ongiga
yetkazib berishi zarur.
O‘quvchilar biologik obyekt, hodisaning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rgazmali vositalar asosida
taniydi. Mohiyatini tushungan holda yozma, og‘zaki tavsiflay olishida matema-tikaga doir
bajariladigan ishlar o‘quvchilarni boshqa fanlardan oladigan bilimlariga qaraganda ko‘proq
savodlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka, o‘z fikr va xulosa-larini nazorat qila olishga,
ayniqsa, kuzatish, tajriba va fahmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo‘lishiga e’tibor
berishga odatlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |