Foydalanilgan adabiyotlar
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
210
1.
Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖, Toshkent
―Ma`naviyat‖2008-yil.
2.
Karimov I.A. «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent: O’zbekiston 1992.
3.
Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O’qituvchi, 1994.
4.
Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. T.: 1996
y.
SAVOD O‘RGATISH DAVRIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘RNI
Murodova E'tibor Komilovna
Buxoro viloyati Buxoro tumani 10 -umumta'lim maktabi oliy toifali boshlang'ich ta'lim
fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilarning savod o‘rgatish davrida didaktik
o‘yinlarning
darsdagi o‘rni va qaysi bosqichida qo‘llash haqida keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
savod o‘rgatish jarayoni, “Tovushni top”, “Harfni top” o‘yinlari va ularni
dars
jarayonida qo‘llash.
Savod o‘rgatish dasturida savod o‘rgatish jarayoni ikki davrga bo‘lib o‘rgatilgan:
alifbogacha bo‘lgan tayyorlov davri va alifbo davri. “Alifbe” darsligiga asoslangan holda, savod
o‘rgatish o‘quv darslari o‘quvchilarni to‘rt oy davomida elementar o‘qishga, yozuv darslari esa
yozishga o‘rgatishi lozim. Demak, savod o‘rgatishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni o‘zbek
tilidagi barcha tovushlar va harflar bilan tanishtirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini
shakllantirishdan iborat.
Savod o‘rgatish davrida o‘qitishning vazifalariga dasturda belgilab berilgan talablarni
amalga oshirish kiradi. Jumladan, savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil : bosma, yozma,
bosh va kichik shaklini va ularning ishlatilish o‘rnini o‘rgatish.
-O‘quvchilarni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish;
-Savod o‘rgatish jarayoni o‘qish va yozish darslarida o‘quvchilarni to‘g‘ri me’yorda
o‘qishga o‘rgatish;
O‘quvchilarni so‘zlarni grafik va imloviy to‘g‘ri yozishga o‘rgatish;
O‘quvchilarni ongli o‘qishga o‘rgatish;
O‘quvchilarning lug‘atini boyitish va bog‘lanishli nutqini o‘stirish, dunyoqarashini
kengaytirish;
O‘quvchilarning shaxsida insoniy fazilatlarni tarkib toptirish;
Shunday ekan, har bir bolani savodini chiqarish uchun darslar davomida turli pedagogik va
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samarali hisoblanadi.
Maktabga kelgan bola bog‘chadan yoki uydan ona qaromog‘idan keladi, bu esa uni dars
tizimini tushuna olishi va o‘zlashtirishini yo‘lga qo‘yish uchun pedagogdan mahorat talab etadi.
Pedagog esa bunda turli usullar va metodlardan oqilona foydalansagina ko‘zlangan natijaga
erisha oladi.
Hozirgi kun talabi esa har bir bolani individual xususiyati va qiziqishidan kelib chiqqan
holda ishlashni talab etadi.
Boshlang‘ich sinfda savod o‘rgatish davri asosiy hisoblanadi. Chunki bu davrda bolaning
savodi chiqadi. O‘qish yozish va raqamlashni o‘rganadi. Kelajakdagi barcha bilimlar asosi bo‘lib
hizmat qiladi. Agar bu davrda o‘rganilmagan bir harf bolaning savodsiz bo‘lishiga olib keladi.
Shunday ekan, bu davrda har bir bolani bilim olishga undash va qiziqtirish uchun darslarda
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur.
Savod o‘rgatish davrida darslarda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalardan
namunalar:
“Tovushni top” o‘yini. Bu o‘yin o‘quvchilarni tovushlarni talaffuz etib, farqlashga
o‘rganadi.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash va takrorlashda yaxshi samara beradi. Bunda turli
Do'stlaringiz bilan baham: |