BIOLOGIYA DARSIDA TAYANCH KOMPETENSIYA ELEMENTLARINI TARKIB
TOPTIRISH YO‘LLARI
Qurbonov Fazliddin Nuriddinovich
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi, Biologiya fani o'qituvchisi
Nuriddnova Dilnora Fazliddinovna, Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi 2-bosqich
o'quvchisi
Maqolada biologiya fanini o‘qitishda tayanch kompetensiya elementlarini tarkib toptirish
yo‘llari bayon etilgan. Shuningdek, biologiya fanini o‘qitishning turli shakllari (dars, darsdan
tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar)da 8-sinf o‘quvchilarida matematik savodxonlik,
fan va texnika yangiliklardan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish
usullari yoritilgan.
Kalit so‘zlar. Biologiya, matematik savodxonlik, fan va texnika, tayanch kompetensiya,
elementlar, bilim, malaka, ko‘nikma.
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
214
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”. Ajdodlarimiz bundan 11 asr oldin aytgan
ushbu so‘z asrlar osha o‘zining dolzarbligini aslo yo‘qotayotgani yo‘q. Ayniqsa, bugungi
globallashayotgan davrda ilm dunyoni qutqarishning asosiy omili bo‘lib qolyapti. Shu bois
mamlakatimizda yoshlarni barkamol qilib voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy
metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim
standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik
majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika
maqsadli kitob jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risi-dagi nizomni tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori tasdiqlandi.
Qarorga binoan Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hudu-dida faoliyat
yuritayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Davlat ta’lim
standartining maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
O‘zbekistonda ta’limning maqsadi fan asoslarini chuqur o‘zlashtirib, kelgusida fan-lardan
egallagan kompetensiyalarga asoslangan holda kasb tanlash va mustaqil ha-yotda o‘z o‘rnini
topishga qaratilgan. 5-9-sinflarda biologiyaning bo‘limlari hisoblangan botanika, zoologiya, odam
va uning salomatligi, sitologiya va genetika asoslari kabi bo‘limlarini o‘rganishda hayot
shakllarining xilma-xilligi, ularning xususiyatlari, asosiy biologik tushunchalar, nazariy va
qonuniyatlar haqida qancha ma’lumotlar yotadi. Shu ma’lumotlarga asoslangan ayrim mavzularni
(masalan, 8-sinf biologiya fanini o‘qitishda kompetensiyaviy o‘qitish jarayonida (Tayanch
harakatlanish, qon aylanish, koddaminat-lik, nafas olish tizimi, moddalar almashinuvi, energiya
sarfi) yoritib berishda o‘quvchilar-da “Nazariyaga tayangan holda masalalar ishlash” mexanizmini
shakllantirish haqidagi tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir.
Real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy va sifatiy nisbat-lar, olamdagi
real formalar: natural son, miqdor, jadvallar, formulalar va boshqa tushun chalar abstrakt, lekin
real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish sanaladi. Bu bog‘lanishlarni biologiyaga oid
tushuntirib, o‘quvchilar ongiga matematik yo‘llar orqali yetkazib berish bilan bir qatorda (real
borliqlar orqali) nutq tafakkurini rivojlantirish har bir dars o‘quvchi uchun yangi axborotdir.
Ayniqsa, yangi o‘quv materiali orqali o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy
ta’lim sifatini ta’minlovchi omildir. O‘quvchi-larga yangi bilimlarni berish va olingan yangi
bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish,
mustaqil ijodiy ishlash, o‘yin mashqlari va rolli o‘yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan
foydalanish yaxshi samara beradi.
Ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida bugungi kunda ko‘plab amaliy ish-lar
qilinmoqda. O‘quv jarayonining markazida o‘quvchi shaxsi va qadri, ma’naviyati turar ekan, har
bir o‘qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib tashkil qila olishi kerak. Shuni e’tiborda
tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining o‘quv-biluv, meh-natini tashkil etishni
harakatlanturuvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo‘lib
xizmat qiladi.
Dars jarayonida o‘quvchining matematik savodxonligiga ham e’tibor qaratilishi lo-zim.
O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy, fikrlashga
o‘rgatish, mustaqilligi va erkinligini ta’minlash, qiziqishlari asosida ish yuritish, ichki
imkoniyatlarini ishga solish, qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olishga yo‘llash, o‘z-o‘zini
rivojlantirishni o‘z ichiga olishida matematik savodxonlikning o‘rni katta. Aynan mana shu
Do'stlaringiz bilan baham: |