II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 211
rasmlar ko‘rsatiladi. Masalan, o tovushini topish uchun o‘quvchilarga turli rasmlar ko‘rsatiladi.
Oy, behi, karam, nok rasmlari ko‘rsaladi va navbat bilan o‘quvchilar talaffuz qiladi.
So‘zlardagi o unli tovushini aniqlaydi va birinchi bo‘g‘inda yoki ikkinchi bo‘g‘inda
qatnashayotganini aytadi.Shu tartibda turli rasmlar orqali har bir o‘rganilgan tovushlarni farqlash
va o‘rnini aytishga o‘rganadi.
Bunday o‘yin usullari esa bolani darsda mustaqil va erkin fikrlashga, dars jarayoniga tez
moslashishiga undaydi.
Darsning har bir bosqichida turli texnologiyalardan yoki usullardan foydalanish esa bolani
bir xillikdan zerikishini oldini oladi. Bu esa o‘z navbatida har bir pedagogdan
izlanuvchanlikni talab etadi.
Shu o‘rinda aytish joizki, har bir dars o‘z yo‘nalishi va ketma-ketligiga ega, ular bir-biriga
bog‘lanishi zarur. Darsning birinchi qismida suhbat usuli qo‘llansa, keyingi qismida aqliy hujum
yoki boshqa usullardan navbat bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yangi mavzuni bayon etishda tushuntirish usuli va ko‘rgazmalilik metodidan foydalanib,
namoyish etish orqali o‘rgatib boriladi.
Aynan savod o‘rgatish davrida tovush va harfni farqlash muhim hisoblanadi. Bu davrda
“Harfni top” o‘yini ham o‘quvchilarni mavzuni o‘zlashtirishi va yangi mavzuni mustahkamlashga
katta yordam beradi.
“Harflarni top” o‘yinini yangi mavzuni tushuntirgandan so‘ng, o‘quvchilar bilan og‘zaki
yoki rasmli testlarda tovushlarning o‘rnini topishda qo‘llaniladigan rangli to‘rtburchak
qog‘ozchalar vositasida ham o‘tkazish mumkin.Bunda ikki rangda to‘rtburchak qog‘ozlar olinadi.
O‘qituvchi so‘zlarni o‘qiydi.o‘quvchilar esa mustaqil ravishda topish lozim bo‘lgan o‘rnini bir xil
rangda, qolgan tovushlar o‘rnini ikkinchi xildagi qog‘ozchalar bilan ko‘rsatadilar. Masalan:
“A” tovushini o‘rnini topish.
“Maktab” so‘zida harfning o‘rnini topish.
“Maktab” so‘zida “a” unlisi birinchi bo‘g‘inda ikkinchi o‘rinda turibdi. Ikkinchi bo‘g‘inda
ham ikkinchi o‘rinda turibdi.
Shu tartibda pedagog turli o‘yin usullar orqali o‘quvchini darsga qiziqishini va faoliyatini
oshirib boradi. Bu esa bolani ijodiy, erkin fikrlashi, mantiqiy tafakkurni oshishi va izlanishga,
bilishga undaydi.
Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar o‘yin o‘ynashga moyil bo‘ladi.Ular bir xil dars o‘tishdan
zerikib qoladilar. Shu sababli, har bir darsda turli pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali
bolaning qiziqishi ortadi. Bundan tashqari bolaning yoshini hisobga olib, ular uzoq vaqt bir joyda
o‘tira olmasliklari va harakatchanliklarini ham inobatga olish kerak. Dars davomida qo‘llangan
metodlar asosida ular turli harakatlarni bajarishlari yoki dam olish daqiqasida musiqa asosida
mashqlar qildirish samara beradi.
Xulosa qilib aytganda, savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarning darsdagi faoliyatini va
qizishini oshirish uchun didaktik o‘yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Tal’at G‘afforova. “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”
Safarova R. G‘ulomova X.,Inoyatova M. “Savod o‘rgatish darslari”1-sinf o‘qituvchi
uchun metodik qo‘llanma”.
G‘afforova T., Nurillayeva Sh.Haydarova o. “Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va
o‘qishdan didaktik materiallar.