G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov


 Oila a’zolarining joylashishi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
 
2. Oila a’zolarining joylashishi
Bu 
oiladagi 
o‘zaro 
munosabatning 
ba’zi 
psixologik 
xususiyatlarini ko‘rsatadi. Oilaning jipslashganligi, oila a’zolarining 
qo‘lini bir-biriga bog‘lanishi psixologik muqobillik, oila qo‘shilishini 
qabul qilish, oilaga qabul qilinganligi, ularning umumiy faoliyatdagi 
birligi hisoblanadi. Qarama-qarshi tavsif bilan rasm (oila a’zolarining 


116 
yakkalanib qolishi) hissiy bog‘liqlikning past darajasini ko‘rsatishi 
mumkin. Qachonki, shakllarni yaqin joylashganligi, avvaldan o‘ylab 
chegaralangan 
masofa 
oila 
a’zolarini joylashtirish tahlilda 
ehtiyotkorlikni talab etadi (qayiq, kichkina uy va boshqalar). Bunday 
holatlarda rasmlardagi predmetlarni yaqin joylashtirish bolani oilani 
jipslashtirishga, birlashtirishga urinayotganini bildiradi (bu maqsadda 
bola tashqi sharoitlarga murojaat qiladi, chunki u bu urinish 
maqbulligini his qiladi).
Oila a’zolarining bir qismi bitta guruhda, bir yoki bir necha 
shaxs esa alohida joylashgan rasmlar psixologik qiziqishga ega. Agar 
bola o‘zini alohida ajratgan holda chizsa, unda bu kirishmaganlik
uzoqlashganlikni ko‘rsatadi. Oilaning boshqa a’zosini ajratish bolaga 
bo‘lgan salbiy munosabatni, ba’zan undan chiquvchi taxdidni 
anglatadi. Ko‘p hollarda bunday namoyish bola uchun kam 
ahamiyatga ega bo‘lgan oila a’zolaridan haqiqiy uzoqlashish bilan 
bog‘liq.
Rasmda oila a’zolarining joylashishi oilaning psixologik 
mikrotuzilmasini ajratishga, tasavvur qilishga yordam beradi.
Avval ko‘rsatib o‘tilganidek, emotsional bog‘liqlikni jismoniy 
ashyolar orqali ham namoyon etish mumkin. Shuningdek, oila 
a’zolarining joylashishi bo‘yicha rasmlarni bo‘laklarga bo‘linishi, 
ob’yektlar bilan oila a’zolarining bo‘linishi ahamiyatga ega. Bunday 
namoyish ijobiy shaxslararo aloqalarni sustligini ko‘rsatadi.
Chizilgan shakllar xususiyati tahlili. Oila a’zolarining grafik 
tarzdagi namoyish xususiyati katta hajmdagi ma’lumotlarni berishi 
mumkin: oilaning har bir a’zosi, alohida a’zosiga bolaning emotsional 
munosabati, bola uni qanday qabul qiladi, bolaning «Men obrazi» 
haqida, uning jinsiy mansubligi va boshqalar.
Bolani oila a’zolariga bo‘lgan emotsional munosabatini 
baholashda grafik tarzdagi namoyishning quyidagi jihatlariga e’tibor 
qaratish lozim:
1. Tana qismlarining miqdori. Bosh, sochlar, quloqlar, ko‘zlar, 
ko‘z qorachiqlari, kipriklar, qoshlar, burun, yonoq, og‘iz, bo‘yin, 
yelka, qo‘llar, kaftlar, barmoqlar, oyoqlar, tovonlar ishtirok 
etayaptimi; 
2.
Bezatish (kiyim qismlari va bezaklar): shapka, yoqa, galstuk, 
bantlar, cho‘ntaklar, kamar, tugmalar, soch turmagi belgilari, 


117 
kiyimning murakkabliklari, bezaklar, kiyimdagi naqshlar va 
boshqalar; 
3.
Shaklni chizish uchun foydalanilgan ranglar soni.
Qoidaga ko‘ra, inson bilan yaxshi hissiyotli munosabatlar uning 
rasm chizishidagi ijobiy konsentratsiyada kuzatiladi, buning natijasi 
bezatilgan, turli ranglardan foydalanib chizilgan tana qismlarining 
adekvat miqdorida aks etadi. Va aksincha, insonga salbiy munosabat 
ko‘proq 
umumiylikka, 
uning 
grafik 
taqdimotining 
tugallanmaganligiga, ba’zida esa aksincha ortiqcha qismlashtirishga 
olib keladi. Ba’zida rasmda tananing muhim qismlarini tushirib 
qoldirish (bosh, qo‘l, oyoq) birmuncha yetilmaganlikni, umumiy 
psixik rivojlanishning shakllanmaganligini ko‘rsatishi mumkin.
Oilaning 
boshqa 
a’zolarini idrok qilishda va rasm 
chizayotganning «Men obrazida» shakllarning kattaligi asosida, 
tananing alohida qismlari va butun qomatning yaxlitligini taqdim etish 
xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin.
Qoidaga ko‘ra, bolalar haqiqatga mos keladigan ota va onasi 
rasmini katta qilib chizadilar. Biroq, ba’zida chizilgan qomatlarning 
kattaligi nisbati oila a’zolarining haqiqiy hajmiga mos kelmaydi, yetti 
yoshdagi bola o‘z ota-onasidan balandroq hamda kengroq, bo‘lib 
qolishi mumkin va boshqalar. Bu shu bilan tushuntiriladiki, bola 
uchun (xuddi qadimgi misrlik uchun ham) qomatlarning kattaligi 
kuch, ustunlik, ahamiyatlilik, hukmronlikni ifodalaydigan vosita 
hisoblanadi. Ba’zi bolalar o‘zlarini ota-onalari bilan teng hajmda yoki 
katta qilib chizadilar. Bizning tajribada bu quyidagilar bilan bog‘liq 
bo‘ladi: a) bolaning o‘ta ketgan xudbinligi (egosentrizm) ; b) boshqa 
ota-ona bilan ota-onasining muxabbati uchun musobaqalashish, bunda 
bola «raqibini» chiqarib tashlaydi yoki kichraytirib, o‘zini qarama-
qarshi jinsdagi ota-ona bilan tenglashtiradi.
Oilaning boshqa a’zolariga nisbatan o‘zlarini ancha kichikroq 
qilib chizadigan bolalar: a) o‘zlarini ahamiyatsizliklarini, kerak 
emasliklarini his qiladilar va boshqa; b) ota-onasi tomonidan tarbiya, 
g‘amxorlikni talab qilish. Umuman olganda, psixolog qomatlar 
kattaligini izohlab berishda faqat yirik xatoliklarga e’tiborini qaratishi 
kerak, qomatlarning kattaligini baholashda esa hajmning haqiqiy 
nisbatidan kelib chiqiladi (masalan, yetti yoshdagi bola o‘z ota-
onasidan o‘rtacha 1/3 qismga past).


118 
Qomatning to‘la hajmi ham ma’lum bir ma’lumotlarni berishi 
mumkin. Beixtiyor, o‘ziga ishongan, hukmronlikka moyilligi bo‘lgan 
bolalar qomatlarni butun qog‘oz bo‘ylab chizadilar. Juda kichkina 
shakllar, xavotirlanish, xavfsizlikning yo‘qligi kabi hislar bilan 
bog‘liq.
Oila a’zolarini taqdim etish xususiyatlarini tahlil qilishda 
tananing alohida qismlarini chizilishiga ham e’tiborni qaratish kerak. 
Gap shundaki, tananing alohida qismlari faollikning muayyan 
doiralari bilan bog‘liq muloqot, nazorat, harakatlanish vositasi 
hisoblanadi. Ularni taqdim etish xususiyatlari, ular bilan bog‘liq 
bo‘lgan muayyan hissiyotli ma’noni ko‘rsatishi mumkin. Shu 
ko‘rinishdagi eng informativ tana qismini qisqa tahlil qilamiz.
Qo‘llar dunyoga ta’sir qiluvchi, boshqa odamlarning xulqini 
jismoniy nazorat qiladigan asosiy vosita hisoblanadi. Agar bola 
o‘zining qo‘llarini yuqoriga qilib, uzun barmoqlari bilan chizsa, unda 
bu uning tajavvuzkorlik xohishlari bilan bog‘liq. Ba’zida bunday 
suratlarni tashqaridan xotirjam, yumshoq tabiatli bolalar ham 
chizadilar. Bola atrofdagilarga nisbatan adovat his qilishini ham 
tahmin qilish mumkin, lekin uning tajavvuzkorlik istaklari ezilgan. 
O‘zini bunday chizishi bolaning o‘z zaifligini to‘ldirishiga, kuchli 
bo‘lishni xohlashini, (boshqalarning ustidan hukmronlik qilishga 
intilishini ham ko‘rsatishi mumkin.
Agar bola «tajavvuzkor» qo‘llarga qo‘shimcha yana keng 
yelkalarni yoki boshqa atributlarni, «mardlik» va kuch ramzlarini 
chizsa, shundagina bunday izohlash ancha ishonchli bo‘ladi. Ba’zida 
bola oilaning butun a’zolarini qo‘llari bilan chizadi, lekin ularni o‘ziga 
chizishni «esidan chiqaradi». Agar bunda bola o‘zini o‘ta 
nomutanosib, kichkina qilib chizsa, unda oiladagi kuchsizlik hislari, 
shaxsiy ahamiyatsizlik bilan, atrofdagilar esa uning faolligini 
ezishlari, uni o‘ta nazorat qilishlari kabi hissiyotlar bilan bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. Oila a’zolaridan birining uzun qo‘llar, katta 
barmoqlar bilan chizilgan rasmi ham qiziqarli. Oila a’zosini umuman 
qo‘lsiz qilib taqdim etish ham ahamiyatli bo‘lishi mumkin, bu bilan 
bola uning faolligini ifodalagan vositalar bilan chegaralab qo‘yadi.
Bosh - intellektual va perseptiv faoliyatning «Men» lokalizatsiya 
(ma’lum bir joyga bog‘liq bo‘lish) markazi; yuz - muloqot jarayonida 
tananing eng muhim qismi. 3 yoshdayoq bolalar albatta suratda 
boshni, tananing ba’zi qismlarini chizadilar. Agar besh yoshdan katta 


119 
bolalar (me’yordagi intellekt bilan) rasmda yuz qismlarini tushirib 
qoldirsalar (ko‘zlar, og‘iz), unda bu muloqot doirasida jiddiy 
buzilishlar, o‘zini chetga tortishlar, autizm mavjudligini ko‘rsatadi. 
Agar oilaning boshqa a’zolari rasmini chizayotganda boshni, 
yuzning tuzilishini tushirib qoldirsa yoki butun yuzni shtrixlab 
tashlasa, unda bu bolaning shu shaxs bilan tez-tez janjal, nizo 
munosabatida bo‘lishini ko‘rsatadi. Chizilgan odamlarning yuz 
ifodalari ham bolaning ularga nisbatan bo‘lgan hissiyotlari indikatori 
bo‘lishi mumkin. Biroq shuni nazarda tutish kerakki, bolalar kulib 
turgan odamlarning suratini chizishga ishtiyoqlari zo‘r, bu ularning 
suratlarida o‘ziga xos «muxr», lekin bu bolalar atrofdagilarni shunday 
qabul qilishlarini bildirmaydi.
Oila suratini izohlash uchun yuz ifodalari bir-biridan farq qilgan 
holatlardagina muhim. Bu paytda bola yuz ifodasidan ifodalovchi 
vosita sifatida (bu katta yoshdagi bolalarga xos) ongli yoki ongsiz 
ravishda foydalanadi, deb tahmin qilish mumkin.
Qiz bolalar o‘gil bolalarga qaraganda yuz rasmini chizishga 
ko‘proq e’tiborlarini qaratadilar, ko‘proq, qismlarni tasvirlaydilar. 
Onalari ko‘p vaqtlarini yuzlarini parvarishlashga, pardoz-andoz 
buyumlariga ajratganlarini payqab oladilar va o‘zlari ham asta-sekin 
katta ayollar qadriyatini egallaydilar. Shuning uchun yuz rasmini 
chizishga 
e’tiborni 
qaratish 
qiz 
bolaning 
yaxshi 
jinsiy 
identifikatsiyasini (o‘xshashligini) ko‘rsatishi mumkin.
O‘g‘il bolalarning chizgan rasmlarida bu holat o‘zining jismoniy 
go‘zalligidan xavotirlanish, jismoniy kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishga 
intilish, ayollar xulqi stereotiplarining shakllanishi bilan bog‘liq 
bo‘lishi mumkin.
Oral tajavuzkorlikka mayli bor bolalarda tishlarni namoyish 
etish va og‘izni ajratish ko‘p uchraydi. Agar bola shu tarzda o‘zini 
emas, balki oilaning boshqa a’zosini suratini chizsa, bu ko‘pincha shu 
odamning bolaga nisbatan adovatini o‘ziga qabul qilishda qo‘rquv 
hissi bilan bog‘liq. Yoshi kattalashgan sari odam surati yangi detallar 
bilan boyitiladi - degan qonuniyat bor. Ko‘pchilik 3 - 5 yoshdagi 
bolalar «bosh-oyoqli» surat chizadilar, 7 yoshda esa tananing boy 
sxemasini taqdim etadilar. Har bir yoshga muayyan qismlarni chizish 
xos va qoidaga ko‘ra, ularni rasmda tushirib qoldirish qandaydir 
funksiyalarning e’tirozi, to‘qnashuvi bilan bog‘liq. Agar aytaylik, 7 
yoshdagi bola detallardan birining suratini, masalan, bosh, ko‘z, 


120 
burun, og‘iz, qo‘l, gavda, oyoqni chizmasa, unda bunga alohida 
e’tibor qaratish kerak.
5 - 6 yoshdan katta bolalar chizgan rasmlarda turli jinsga mansub 
individlarni ikkita har xil sxemada chizish ajratiladi. Masalan, erkak 
kishining gavdasi oval shaklda chiziladi, ayollarniki uchburchak yoki 
jinsiy farqlanish boshqa vositalar bilan ifodalanadi. Agar bola o‘zini 
o‘sha jinsning boshqa shakllari kabi chizsa, unda adekvat jinsiy 
mansublik haqida gapirish mumkin. Ikkita shaklni taqdim etishda 
shunga o‘xshash qism va ranglarni, masalan, o‘gil va ota, o‘gilni otaga 
o‘xshagan bo‘lishga intilishini, u bilan identifikasiyasini, yaxshi 
emotsional aloqalarni izohlashi mumkin.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish