G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
 


107 
D. G‘amginlik
1.
Deraza yo‘q 
2.
Qo‘lfli eshik 
3.
Juda katta daraxt 
4.
Tahdid soluvchi rasm muxiti 
5.
Odam, daraxtning qaytarma shakli 
6.
Barmoqdek ikki o‘lchovli shoxlar 
7.
Ko‘z kosasi bo‘sh 
8.
Uzun o‘tkir barmoqlar (6 yoshdan keyin)
9.
Tish oqi ko‘ringan holda 
10.
Odam tajovuz holatda
 
E. Ziddiyat (frustratsiya) 
1.
Bo‘shliqning chegaralanganligi 
2.
Pastki ko‘rinish (chuvalchang nigoh)
3.
Qayta chizilgan ob’yekt 
4.
Biror-bir ob’yektni chizishdan bosh tortish 
5.
Ikkita daraxtdek chizilgan daraxt 
6.
Rasmlardan birining sifati yaqqol bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi 
7.
Rasm va gaplarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi 
8.
Bel qismi ajratib chizilgan 
9.
Tomda predmetlarning yo‘qligi 
10.
Kulrang qalam, to‘q ranglarning ustunligi
 
J. Muloqotdagi qiyinchilik
1.
Eshikning yo‘qligi 
2.
Juda kichkina yoki ushlagichi yo‘q eshik 
3.
Derazaning yo‘qligi 
4.
Mahkam berkitilgan deraza 
5.
Yuzi oxirida chizilgan 
6.
Yuzdagi asosiy detallarning yo‘qligi 
7.
Odam sxematik tarzda tayoqchalardan chizilgan 
8.
Uy, odam yon tarafdan chizilgan 
9.
Qo‘l himoya qilish holatida 
10.
Do‘stlarisiz, yolg‘iz odam chizilganligi haqida fikr 
 


108 
Tushkunlik 
1.
Rasm qog‘ozning eng quyi qismiga joylashtirilgan 
2.
Uy yoki daraxtning yuqoridan ko‘rinishi 
3.
Asosiy chiziqning pastga qarab ketishi 
4.
Rasm chizish jarayonida chiziqni zaiflashishi 
5.
Rasm chizib bo‘lgandan so‘ng toliqish 
6.
Juda kichkina rasm 
7.
Faqat oddiy qora qalam bilan chizish 
8.
To‘q, ranglar ustunligi 
9.
Charchaganlik yoki bajara olmaslik sababli testdan voz 
kechish 
10.
Odamning rasmi nomutanosib, to‘q rangda «g‘ujanak» 
holatda 
Bola uy, daraxt, odam rasmini muayyan testni o‘tkazish 
vaziyatda chizgandagina uni tahlil qilish mumkin. U bolaning tasviriy 
faoliyatini psixologik ko‘rib chiqish mumkin degani emas, lekin 
bunday hollarda tahlilning boshqa usullaridan foydalaniladi, rasmni 
baholash mohiyati ham farq qiladi.
Agar bola tengdoshlariga nisbatan sezilarli darajada yomon 
chizsa, agar rasmda salbiy istiqbol bo‘lsa, mutanosibligida buzilish, 
chizilayotgan ob’yektlarda asosiy detallarning yo‘qligi, uchta 
chizilgan rasmning sifati yaxshi bo‘lmasa, bu aqliy rivojlanishdan 
orqada qolish haqida xulosa uchun yetarli darajada asos bo‘lmaydi. Bu 
ko‘proq, pedagogik qarovsizlikdan dalolat berib, uni qo‘shimcha 
usullar orqali tashxis qilish zarur. Kelgusidagi tekshiruvni bolaning 
intellektual xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltirish zarur. Agar rasmlar 
orasida birortasi salbiy sifati bilan ajralib tursa, ehtiyoj u 
sinaluvchining ko‘p hollarda yorqin emotsional ta’sirini yuzaga 
keltiradi. Agar uchta rasm bo‘yicha bir qancha belgilar to‘plami 
namoyon bo‘lsa, mazkur bola uchun emotsional muammolarni xal 
qilish zarur deb tahmin qilish mumkin.
Amaliyotda UDO testini qo‘llashga asoslanishning samarasi
testda chizilgan rasmlar markaziy nerv tizimining (MNT) organik 
jarohatlanishini aniqlashga yordam berishi mumkin. Psixolog va 
nevropotolog tomonidan bolani MNTning organik jarohatlanishiga 
asoslangan qo‘shimcha tekshirish zaruriyati belgisi sifatida ko‘rinish 
mumkin bo‘lgan beshta ko‘rsatkich mavjud:


109 
1 – rasmda ikkita chiziq; 
2 – chiziqlarning bir-biri bilan tutashmaganligi; 
3 – chizilgan shaklda qattiq, qiyalik; 
4 – juda katta bosh; 
5 – rasmda odamni adekvat bo‘lmagan holda ajratib ko‘rsatish.
MNT da organik jarohatlanishning figura qismlari mavjudligi 
bolaning aqliy rivojlanishdan orqada qolishidan dalolat bermaydi, 
biroq, maktabda fanlarni o‘zlashtira olmaydigan bolalarni tashxis 
qilishda asosiy omil hisoblanadi. Bunday bolalar tez charchaydilar, 
diqqati sust, maktabda va uyda alohida tartibni hamda o‘quv 
jarayonini alohida tashkillashtirishni talab etadi. Ular tuzalgunlariga 
qadar maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar psixologlarining 
diqqat markazida bo‘lishi zarur. Bunday bolalarning ota-onalari bilan 
psixologik maslahat ko‘rinishida yaqin aloqa o‘rnatish zarur 
hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek, testni bajarish ikki qismdan 
iborat: rasm chizish jarayoni va undan keyingi suhbat. Bu suhbatdan 
bolaning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlashda, nutq 
rivojlanishini tashxis qilishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari u 
umumlashtirish qobiliyati va mantiqiy tafakkur rivojlanishini 
aniqlashga imkon beradi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish