114
oilaga aloqador bo‘lmagan insonlar tasvirlangan.
Bunday vazifadan
himoyali tarzda qochish bolalarda kamdan-kam uchraydi. Bunday
ta’sirlarning ortida ko‘p hollarda: a) oila bilan bog‘liq jarohatli
qayg‘urish; b) rad etish tashlab ketilganlik hissi (yaqin atrofda oiladan
internatga kelgan bolalarda bunday rasmlar tez-tez uchraydi) ; v)
autizm; g) xavotirlikning yuqori darajasi, himoyasizlik tuyg‘usi; d)
sinaluvchi bola bilan psixologning yomon aloqasi.
Amaliyotda oilaning haqiqiy tarkibida kamroq, namoyon
bo‘luvchi chekinishlar bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Bolalar
emotsional yaqin bo‘lmagan, nizoli vaziyatni
yuzaga keltiruvchi oila
a’zolarining rasmini chizishni «esdan chiqarib», oila tarkibini
qisqartiradi. Bola ularning rasmini chizmaslik orqali oiladagi
emotsional muhitga mos kelmaydigan, ma’lum bir odamlar bilan
bog‘liq salbiy emotsiyalardan qochadi. Oiladagi raqobatlarni kuzatish
bilan bog‘liq aka yoki singil rasmini chizmaslik hollari tez-tez uchrab
turadi.
Bola bunday usullar orqali ota-ona e’tibori va mehr-muxabbatini
yetishmasligiga ramziy vaziyatda urg‘u beradi. Odatda nima sababdan
u yoki bu oila a’zolarining rasmi chizilmaganligi kabi savollarga
himoyalanish tarzida javob: chizmaganlik sababi «chunki joy
qolmadi», «u o‘ynagani ketgan» va boshqalar. Biroq ba’zan
ko‘rsatilgan savollarga bolalar emotsional ta’sirga boy bo‘lgan
javobni beradi: «U urushyapti, shuning uchun xohlamadim», «U biz
bilan birga yashashini xohlamayman» va boshqalar.
Ba’zi hollarda haqiqiy oila a’zolarining o‘rniga
bola kichkina
hayvonni yoki qushlarni rasmini chizadi. Psixolog hamisha bola ularni
nimaga o‘xshatganligini aniqlashtirishi lozim (juda ko‘p hollarda
«akanimi yoki singilnimi, oilada kimning ta’sirini kamaytirishga
harakat qilsa» o‘sha insonni rasmini chizadi). Bola haqiqiy oilaning
rasmini chizish o‘rniga hayvon oilasining rasmini chizish hollari
uchrab turadi.
Rasmda bola o‘zining rasmini chizmasa yoki oila a’zolarining
o‘rniga o‘zini rasmini chizishi katta ahamiyatga ega. Ikkala vaziyatda
ham rasmni chizuvchi o‘zini oila tarkibiga kiritmaydi. Bu «birlik
hissini yo‘qligi»dan dalolat beradi. Rasmda «Men»ni yo‘qligi rad
etilganlik, qabul qilmaslik tuyg‘usini his etuvchi bolalarga xos.
Rasmda faqatgina «Men»ni namoyon bo‘lishi rasmning boshqa
mazmundagi tavsifiga bog‘liq holda turli psixik mazmunni bildiradi.
115
Agar ko‘rsatilgan namoyishda o‘zini
rasmini ijobiy chizishga
(tana detallari sonining ko‘pligi, rangi, kiyimni bezatish, katta
hajmdagi figura) qaratilgan bo‘lsa, bu birlashish tuyg‘usini
shakllanmaganligi bilan bir qatorda aniq, bir egosentriklik,
xarakterning isteroid qirralarini ko‘rsatadi. Agar rasmda kichkinagina
kenglik tasvirlansa, sxematiklik namoyon bo‘lsa, rasmda rangli
gamma va boshqa detallar salbiy
emotsional fon hosil qilsa, rad
etilganlik, tashlab ketilganlik hissi, ba’zan autistik fikrlarni
mavjudligini tahmin qilish mumkin.
Oila tarkibini ko‘paytirish ma’lumot beruvchi hisoblanadi.
Odatda bu oiladagi psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan
bog‘liq. Misol uchun oiladagi yolg‘iz farzandlarning rasmini olish
mumkin, ular oila rasmi tarkibiga begona odamlarni kiritadi. Oilaning
tarkibiga qo‘shimcha ravishda o‘sha yoshdagi bolani rasmini chizish
(qarindosh aka-ukalar, qo‘shni qiz va b.)
teng huquqlilik, kooperativ
aloqalarga bo‘lgan ehtiyojlarni bildiradi. Kichik bolalarni namoyish
etishi yoki katta bolalar figurasini o‘zinikidan kichikroq chizishi
liderlik sifatlarini amalga oshirish, boshqa bolalarga nisbatan
boshqaruv pozitsiyasini egallash ehtiyojlarini qondirilmaganligini
ko‘rsatadi.
Ota-onalarga qo‘shimcha ravishda (yoki ularni o‘rniga) chizilgan
oila bilan bog‘lik bo‘lmagan kattalarni oilaga qo‘shilmasligini
idrok
etishni, bolani emotsional ehtiyojlarini qondira oladigan insonni
qidirishini ko‘rsatadi. Oxirgi vaqtlarda ota-onalarning yashash uchun
pul topish bilan bandliklari va farzandlaridan uzoqda ekanliklari
sababli bolalar tarbiyasi bilan buvi va buvani shug‘ullanish hollari
uchrab turibdi. Bunday vaziyatlarda bolalar ota-onasining o‘rniga buvi
va buvani rasmini chizadi, buning oqibatida bola shaxsining
jarohatlanishi, ota-ona va bola munosabati
deprivatsiyasi kuzatiladi,
ayniqsa bolalar ona bilan ayrilganlarida iztirob chekadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: