G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
 
«Oila rasmi» metodikasi 
«Oila rasmi» metodikasi o‘rganilayotgan bola tomonidan oilaviy 
vaziyatni sub’yektiv idrok etish haqidagi boy ma’lumotlarni o‘z ichiga 
oladi. Rasm bolaning o‘z oila a’zolarining unga bo‘lgan munosabati, 
sinaluvchi uchun nizo va xavotirlik tug‘diruvchi oilaviy munosabat 
xarakteri, shuningdek, oilaning boshqa a’zolari bilan o‘zaro 
munosabatini qanday qabul qilish va oiladagi o‘z o‘rnini aniqlashda 
yordam beradi.
Agar «UDO» metodikasi bolaning asab psixik holat xususiyatini 
tashxis qilishga va o‘ziga ishonchsizlik, g‘animlik va boshqalarni 
aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, «Oila rasmi» metodikasi oila 
sharoitidagi vaziyatlarda mazkur emotsional buzilish sabablarini 
aniqlash imkoniyatini beradi. 
 
 
O‘tkazishga oid ko‘rsatma
Testni o‘tkazish jarayoni juda sodda bo‘lib, ikki qismdan iborat: 
o‘z oilasining rasmini chizish va rasm chizib bo‘lingandan so‘ng 
suhbat o‘tkazish. Tadqiqot o‘tkazish uchun oq qog‘oz varag‘i (A4), 
oltita rangli qalam (qora, qizil, ko‘k, yashil, sariq, jigar rang), 
o‘chirg‘ich kerak bo‘ladi. Bolaga quyidagicha ko‘rsatma beriladi: 
«Iltimos, o‘z oilang rasmini chizib ber». Har qanday vaziyatda ham 
«oila» so‘zining ma’nosini nima ekanligini tushuntirish kerak emas, 
aks holda tadqiqotning asl mohiyati yo‘qoladi. Agar bola tomonidan 
nimaning rasmini chizish kerakligi so‘ralsa, psixolog faqatgina 
mazkur ko‘rsatmani takrorlashi lozim. Vazifani bajarish uchun vaqt 


112 
chegaralanmaydi (ko‘p hollarda u 40 daqiqadan oshmaydi). Vazifani 
bajarish jarayonida quyidagilarni bayonnomada belgilash lozim:
1. detallarni chizish ketma-ketligi; 
2. 15 soniya chekinish; 
3. detallarni o‘chirish; 
4.
bolaning tasodifiy izohlari; 
5.
hissiy ta’sirlanish va ularning tasvirlar mazmuni bilan 
bog‘liqligi.
Bola vazifani bajarib bo‘lgandan so‘ng u bilan rasm haqida 
suhbatlashish zarur. Odatda quyidagi savollar beriladi:
1. Aytchi, rasmda kim chizilgan? 
2. Ular qayerda joylashgan? 
3. Ular nima qilyapti? Buni kim o‘ylab topdi? 
4. Ular uchun qiziqarli yoki zerikarlimi? Nima sababdan? 
5. Chizilgan rasmlarda eng baxtli inson kim? Nima uchun? 
6.
Ular orasida eng xafa inson kim? Nima uchun? 
Oxirgi ikkita savol har bir bola qila olmaydigan tuyg‘ularni 
ochiq muxokama qilishga undaydi. Shuning uchun agar bola ularga 
javob bermasa yoki rasmiy javob bersa, javob berishga majburlash 
kerak emas. Psixolog suhbat orqali bolaning chizgan rasmi mohiyatiga 
aniqlik kiritadi: uning har bir oila a’zosiga bo‘lgan tuyg‘usi, oila 
a’zolaridan birortasini rasmini chizmasa (agar bunday hollar sodir 
bo‘lsa), rasmda belgilangan detallar u uchun qanday ahamiyatga ega 
(qush, hayvon va baliq). Imkoniyat boricha, to‘g‘ri savollardan 
qochib, javob berishni talab qilmaslik kerak. Chunki, bu xavotirlanish, 
himoya reaksiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Odatda proyektiv 
savollar samarali hisoblanadi. Masalan: «Agar qushni o‘rniga odamni 
rasmi chizilgan bo‘lganda, bu kim bo‘lishi mumkin edi?», «Sen va 
akang o‘rtasidagi musobaqada kim g‘olib chiqar edi?», «Kimni onang 
o‘zi bilan birga olib ketish uchun chaqiradi?».
Suhbatdan so‘ng biz bolaga 6 ta vaziyatni hal etishni taklif 
etamiz. Bunda uchtasi oila a’zolariga nisbatan salbiy va uchtasi ijobiy 
tuyg‘ularni aniqlashi zarur.
1. Tasavvur qil, senda sirkka ikkita chipta bor. Sen o‘zing bilan 
birga borish uchun kimni taklif qilgan bo‘lar eding? 
2. Tasavvur qil, sening barcha oila a’zolaring mehmonga 
ketyapti, biroq, kimdir kasal bo‘lib qoldi va uyda qolishga majbur. U 
kim? 


113 
3. Sen konstruktordan uy quryapsan (qo‘g‘irchoq uchun 
qog‘ozdan ko‘ylak qirqayapsan

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish