A. Qulay oilaviy sharoit
1. Oiladagi barcha a’zolarning umumiy faoliyati
2. Rasmda odamlarning namoyon bo‘lishi
3. Oilaning barcha a’zolarini tasvirlanishi (ota-onalarning
ajralish vaziyatida, bolalar otasining rasmini chizadi)
123
4. Oila a’zolari izolyatsiyada (masalan, onasi oshxonada idish
yuvayapti, ota-onasi ishda)
5. Shtrixlarning yo‘qligi
6.
Chiziq sifatining yaxshiligi
7.
Adovat ko‘rsatkichining yo‘qligi (yuzning yo‘qligi, yon
tarafdan yoki orqa tomondan musht, tahdid soluvchi holat)
8.
Qog‘ozda odamlarning adekvat tarzda taqsimlanishi
9.
Kamalak ranglarining ustunligi va barcha oila a’zolarini
bo‘yash
B. Xavotirlanish
1. Shtrixlash
2. Kuchli bosib chizilgan va to‘q rangdagi chiziq
3. Rasm ramkada
4. Kuchli bosib chizilgan chiziq va shtrixlash
5. Tez-tez o‘chirish
6. Detallarga e’tiborni kuchaytirish, diqqatni kengaytirish va
alohida qismlarni ajratib ko‘rsatish
7. Narsalarni egallash
8. Qo‘shaloq va uzuq-yuluq chiziqlar
9. G‘amgin ranglarning ustunligi yoki rasm qora, oddiy qalamda
chizilgan.
V. Oiladagi nizo
1.
Shaxslar o‘rtasidagi to‘siqlar
2. Ayrim shakllarni o‘chirib tashlanishi
1. Ayrim shakllarda gavdaning ba’zi bir qismlarining yo‘qligi
4 Ayrim shakllarni ajratib ko‘rsatish
5. Ayrim shakllarni yakkalab qo‘yish
6. Ayrim shakllarni o‘xshash bo‘lmagan kattaligi
7. Verbal bayon bilan chizilgan rasmning mos kelmasligi
8. Narsalarni egallashi
9. Rasmda oila a’zolaridan ayrimlarining yo‘qligi
D. Oilaviy vaziyatda nomukammallik tuyg‘usi
1. Rasm muallifi nomutanosib ravishda kichik
2. Shakllarning qog‘ozning quyi qismiga joylashtirilishi
3. Chiziq, zaif, uzuq-yuluq
4. Muallifning boshqalardan yoki ota-onasidan yakkalanib
qolishi
5. Kichik shakllar
124
6. Muallif shaklining boshqalarga nisbatan harakatsizligi
7.
Muallifning yo‘qligi
8.
Muallif orqasini o‘girib o‘tiribdi
9.
Yorqin ranglardan foydalanilmagan
E. Adovat
1.
Bitta shakl boshqa qog‘ozda yoki varaqning orqa tomonida
2.
Shaklning tutgan tajovvuz yo‘li
3.
O‘chirib tashlangan shakl
4.
Qiyofasi o‘zgartirilgan shakl
5.
Teskari ko‘rinish
6.
Qo‘llar ikki tomonga yoyilgan
7.
Barmoqlar uzun, ta’kidlab ko‘rsatilgan
8.
Kuchli bosib chizilgan chiziq,
9.
Sochlar turmaklangan, tishlar bilan chizilgan og‘iz
Tashxis jarayonida ba’zida shunday vaziyatlar ham paydo
bo‘ladi, bola rasm chizishni uddalay olmasligini isbotlab, bosh tortishi
mumkin. Rasm chizish jarayoniga qaytishni qayta iltimos qilishlar
muvaffaqiyat olib kelmaydi. Bunday holatlarda bolaning xohishlarini
maqullash tavsiya etiladi va unga hammasini ongida chizish taklif
qilinadi. Ya’ni butun surat chizish jarayoniga jalb etiladi. Masalan,
«UDO» metodikasi bilan ishlashda quyidagi so‘zlardan boshlash
tavsiya etiladi: «Kel, senga yoqadigan uyni tasavvur qilamiz…». Va
bola bilan dialogni saqlash uchun uyga tegishli savollarni berish
mumkin, masalan, bu uy qanday ko‘rinyapti? Unda kim yashaydi? U
qanday rangda? U kattami yoki kichik? Shunga o‘xshash savollar
daraxtni ham, odamni ham «ongda chizish» uchun ham foydalaniladi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |