Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi



Download 7,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/142
Sana26.10.2022
Hajmi7,4 Mb.
#856823
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv qo`llanma

Mog‘or zamburug‘lari. 
Yangi yig‘ib olingan don massasi tarkibida 
hamisha u yoki bu darajada mog‘or zamburug‘lari mavjud bo‘ladi. 
Ularning soni ko‘pincha lg don tarkibida bir necha o‘ndan yuzgacha, goho 
minggachabo‘ladi, 
shuningdek 
ular 
don 
massasidagi 
mavjud 
mikroorganizmlarning 1-2 foizini tashkil etadi. 
Qulay sharoit tug‘ilishi bilan, donning namligi yuqori bo‘lganda, don 
massasining harorati orta boshlaydi va mog‘or zamburug‘lari jadal 
ko‘paya boshlaydi. Natijada donda oddiy ko'zga ko‘rinadigan zamburug‘ 
kaloniyalari hosil bo‘ladi. Bunday holat donni noqulay ob -havo sharoitida 
yig‘ib olganda, donlarni vaqtinchalik saqlashda, ularni suv yoki temir yo‘l 
transportida tashishda va boshqalarda kuzatiladi. 
78


Mog‘or zamburugiarining intensiv rivojlanishi don massasida quruq 
moddalarning ko‘p miqdorda yo‘qolishiga don sifatining pasayishiga yoki 
butunlay buzilishiga olib keladi. Mog‘or zam- burugiari bilan zararlangan 
donda yoqimsiz hid pay do bo‘ladi, shuningdek uning ta’mi va rangi ham 
o‘zgaradi. 
Don massasida uchraydigan mog‘or zamburugMarining turi xilma -xil 
bo 'lib ho/irgacha ulaming 60 dan ort ig'i aniqlangan.
Bularning ichida don sifatini buzuvchi eng asosiylari Asrergillu va 
Renisillium turiga mansub zamburug‘lar hisoblanadi. Bulardan tashqari 
Cladosrorium. Denatium, Trishothesium va boshqa turlarga mansub 
mikroorganizmlar don tarkibida ko‘p uchraydi. 
Fitopatogen mikroorganizmlar. 
Bu guruhga mansub mikroorganizmlar 
o'simlikda o‘ziga xos kasalliklar keltirib chiqargani uchun fitopatogen deb 
nom olgan. Bularni ichida tanish bakteriyalarga yuqumli kasallik 
tarqatuvchi viruslar va zamburug‘lar kiradi. 
Mazkur mikroorganizmlar bilan zararlangan o‘simliklar halok bo‘lishi 
yoki kam miqdorda, shuningdek sifati past bo‘lgan hosil beradi. Misol 
tariqasida ba’zilarini keltirib o‘tamiz. Bast.translusens bug‘doy, javdar 
arpa va makkajo‘xorida kuyish kasalini sholi va makkajo‘xorida so‘lish, 
makkajo‘xori, sholi va arpada dog‘lanish kabi kasalliklarni keltirib 
chiqaradi. Bast, trafasiens va boshqa mikroorganizmlar esa doniarning 
puch boiib qolishiga sabab boiadi. 
Shuningdek fitopatogen mikroorganizmlar o‘simliklarda chi- rish, 
so‘lish va boshqa ko‘pgina kasalliklar keltirib chiqaradi. Don tarkibidagi 
bu mikroorganizmlar ulardan chiqadigan mahsulot sifatiga ham ta’sir 
qiladi. 
Inson va hayvonlar uchun zararli boigan patogen mikro organizmlar, 
donga tasodifiy joylashib qolishi mumkin.
Ular donning sifati va saqlanuvchanligiga deyarli ta’sir etmaydi. 
Lekin organizm uchun xavfiiligini hisobga olgan holda donni saqlashda 
bunga katta e’tibor berish lozim tuproqdan, kasal hayvonlardan va boshqa 
infeksiya tashuvchilardan o‘tib qoladi. 
79


Don massasida uchrab turadigan mikroorganizmlarga sibir yarasini 
keltirib chiqaruvchilar, sapa, brutsellez, tuberkulez va boshqa kasallik 
mikroorganizmlari kiradi. 
Ratogen mikroorganizmlarni don massasida aniqlash qiyin. Shuning 
uchun bu mikroorganizmlar tarqalgan joylarda karan tin tadbirlari 
o‘tkaziladi. Shuningdek bu yerlardan olingan donlarni qayta ishlashda 
maxsus karantin instruksiyalardan foydalaniladi. 
80



Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish