4.
Umrbod ta’m inlash sharti bilan u y -jo y (kvartira) ni boshqa
shaxsga berish shartnom asi bo'yicha javobgarlik va shartnom ani
bekor qilish
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira) ni boshqa shaxsga
berish shartnomasi bo'yicha javobgarlik um um iy asoslarda FK ning 24-
bobi talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira) ni boshqa shaxsga
berish shartnomasi bo'yicha olingan uy-joy (uyning bir qismi), kvartiraning
tasodifan nobud bo'lishi asrovchini o'z zimmasiga olgan m ajburiyatlardan
ozod qilishga asos boimaydi. Uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani um rbod
ta ’minlash sharti bilan mulkni olgan shaxs shartnoma yuzasidan o'z zimmasiga
olgan m ajburiyatlarini, m asalan, belgilangan v a q td a oziq-ovqat bilan
ta ’minlash, turar-joyni isitish va shu kabi boshqa burchlarini bajarm asa
yoki lozim darajada bajarmayotgan bo'lsa, asraluvchi shaxs mulkni olgan
131
shaxsdan yashashi uchun zarur boigan ta’minotning belgilangan va m a’lurn
m u d d atlard a to 'lanad ig an pul sum m alari bilan alm ashtirilishini yoki
shartnomaning bekor etilishini talab qilishga haqli bo'ladi.
Qonun uy-joy (kvartira) ni oluvchi talabi bilan ham sh artn o m a
bekor qilinishi mumkinligini belgilaydi. Mulk oluvchining o'ziga bog'liq
bo'lgan holatlar yuz berganida, masalan, uning og'ir kasalligi, baxtsiz
hodisalarning ro'y berishi natijasida m ehnat qobiliyatining yo'qotilishi
yoki m oddiy ahvolining jiddiy o'zgarib qolishi, asraluvchiga doim iy
ravishda parvarish qiladigan odamning bo'lmasligi hollarida, shuningdek
asraluvchining m ehn at qobiliyati tiklansa, shartnom a oluvchining talabiga
ko'ra bekor qilinishi mumkin.
Umrbod ta ’m inlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga
berish shartnom asi asraluvchi tomonidan bekor qilingan taqdirda, asrovchi
shartnom a am alda bo'lgan vaqtda asraluvchini t a ’minlash va uyni (uyning
bir qismini), kvartirani saqlab turishi uchun qilingan sarf-xarajatlarning
qaytarilishini talab qilishga haqli bo'ladi.
Umrbod ta ’m inlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
oluvchi vafot etgan taqdirda, bu shartnom a yuzasidan olgan m ajburiyatlari
asrovchining vorislariga o'tadi. Agar uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
oluvchining vorislari bo'lmasa yoki vorislari um rbod ta ’minlash sharti
b ila n
u y -jo y (u y n in g b ir qism i), k v a r tir a n i b e ris h to 'g 'ris id a g i
sh artn o m ad an voz kechsalar, m ulk asraluvchining o'ziga qaytariladi.
A gar bunday uy-joy (uyning bir qismi), kvartira vorislik huquqi asosida
b ir n echa v orislarga o'tsa, asraluvchiga t a ’m inot berish m ajb u riy ati
vorislarning h a r qaysilariga olgan meros ulushlariga qarab o'tadi.
A gar vorislar o'z hissalaridan bitta voris foydasiga voz kechsalar,
asraluvchining ta ’m inlash burchi ana shu voris zimmasida bo'ladi.
V o rislar a s ra lu v c h i h a y o t v a q tid a u y -jo y (uyning b ir qism i),
kvartirani sotishga, boshqa shaxslarga hadya qilishga haqli emaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |