3. U m rbod ta ’m in la sh sharti b ila n u y -jo y (kvartira) ni boshqa
sh a x sg a b erish sh a rtn o m a sin in g predm eti, bahosi va sh ak li
Shartnom a predm eti (narsasi) uy-joy (kvartira) yoki uning bir qismi
bo'lishligi ko'rsatilgan b o isa ham , am m o b a’zi iste’mol qilinmaydigan
qim m atbaho ashyolar (avtomobil, m ashh u r rassom asari b oigan noyob
kartina, asrovchi shaxs shajarasi (avlodi) uchun alohida aham iyatga ega
bo'lgan tarixiy ashyolar va boshqa narsalar) ham shartnom a predm eti
bo'lishi mumkin.
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira) ni boshqa shaxsga
b e ris h shartn o m asin in g q a n c h a v a q t d av o m id a k u c h d a bo'lish va
asraluvchiga nisbatan qilinadigan xarajatlam i ham pul baravarida oldindan
belgilab bo'lmaydi.
Uy-joy (kvar tira) ni olgan shaxs bu m ulkka nisbatan egalik huquqini
asralu v ch i vafot etg a n d a n so 'nggina boshqa shax slarg a o'tkazishga
(sotishga, ayirboshlashga, hadya qilishga va vasiyat qilishga) haqli bo'ladi.
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (kvartira) ni boshqa shaxsga
berish shartnomasida asraluvchiga ko'rsatiladigan moddiy ta ’minotning
q a t’iy summ asini aniq belgilab qo'yish m um kin bo'lm asa ham , lekin
unga nisbatan qilinadigan bir oylik x arajat pul summ asi bilan ifodalangan
bo'lishi kerak. Bular jumlasiga: tu rar-jo y uchun to'lanadigan pul summasi,
kom unal to'lovlar, oziq-ovqat uchun to'lanadigan pul summasi, h a r xil
urf-odatlar va marosimlarga ketadigan xarajatlar, shuningdek, boshqa
zarur bo'ladigan sarf-xarajat turlari shartnom ada taraflarning kelishuvi
bilan belgilab qo'yilishi lozim.
Asraluvehining yashashi uchun beriladigan tu rar-jo y topshirilayotgan
uy -jo y (kvartira)ning ayn an o'zida bo'lm asdan, balki ta ra fla r o'zaro
kelishgan holda asraluvehining yashaydigan joyi boshqa yerda ham
boiishi mumkin.
Um rbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
b o sh q a sh ax sg a b e rish s h a rtn o m a s i F u q a ro lik K o d e k sin in g 110-
m odd asid agi qoidalarga rioya qilgan holda yozm a sh a k ld a tuzilib,
notarial tasdiqlanishi kerak, aks holda shartnom a haqiqiy hisoblanmaydi.
Bu holat O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 14-moddasida
h a m o'z ifodasini topgan.
Notarial harakatlar va bitimlarni tasdiqlash O'zbekiston Respublikasi
N otariat to'g'risidagi qonunga asosan amalga oshiriladi.
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
boshqa shaxsga berish shartnom asini tuzuvchilar shartnom ani notarial
tasdiqlash uchun notariusga m urojaat e ta r ekan, notarius shartnom ani
tasdiqlab berayotganida ularda ishtirok etayotgan fuqarolarning muomala
layoqatin i belgilangan ta r tib d a aniqlaydi v a a g a r sh a rtn o m a vakil
tom onidan tuzilayotgan bo'lsa uning vakolatini (yozma vakolatnom a,
ishonchnoma) ni ham tekshiradi. Chunki bu h a ra k a t juda m uhim bo'lib,
kelajakda shartnomaning haqiqiy emasligi holatini oldini oladi.
Agar umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzayotgan fuqaro jismoniy nuqsoni,
kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga ko'ra shartnomani o'z
qo'li bilan imzolay olmasa, shartnoma uning topshirig'iga ko'ra uning o'zi
va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial
harakatni amalga oshirishni so'rab m urojaat qilgan fuqaroning hujjatni o'z
qo'li bilan imzolay olmaganligi sabablari yozib qo'yilishi lozim
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlash uchun sudga m urojaat
etilayotganda shartnom a mantniga qo'yiladigan talablar ham m av ju d Bu
talablar “Notariat to‘g'risida”gi qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan.
Unga asosan notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirish uchun qirib
o'chirilgan yoki qo'shimchalar kiritilgan, so'zlari ustidan chizilgan va izoh
berilmagan boshqa tuzatishlari bo'lgan shartnomani qabul qilmaydi.
N o tarial ta sd iq la n a d ig a n b itim la rn in g m atn i aniq va . a v s h a n
yozilgan b o 'lish i k e ra k , h u jja tn in g m azm u n ig a taa llu q li s a n a va
m u d datlar hech bo'lm aganda b ir m a rta so'z bilan, yuridik shaxslarning
n o m la ri esa - u la r o r g a n la rin in g m a n z illa rin i k o 'r s a tg a n h o ld a
qisqartirishlarsiz yozilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining
ismi to'liq yozilib, yashash joyi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Bir v araq d an
ortiq bo'lgan h u jja t ip o'tkazib tikilgan, v araq lari raq a m la n g a n va
m u h r bosib tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Umrbod ta ’m inlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
boshqa shaxsga berish shartnom asini tasdiqlash quyidagi hollarda rad
etilishi mumkin:
m uom alaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo'lm agan
vakil shartnom ani tasdiqlashni so'rab m urojaat qilgan bo'lsa;
um rbod ta ’m inlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
boshqa shaxsga berish shartnom asi qonun talablariga muvofiq bo'lmasa;
um rbod ta ’m inlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
boshqa shaxsga berish shartnom asini tasdiqlash uchun berilayotganda
unga ilova qilingan hujjatlar (uy-joy, kvartira hujjatlari) qonun hujjatlari
talablariga m uvofiq bo'lmasa.
N otarial h a ra k a tn i am alga oshirish rad etilgan taqdirda notarial
harakatni am alga oshirishni rad etish haqida notarius m urojaat qilingan
kundan boshlab uch kundan kechiktirm asdan qaror chiqaradi.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish to'g'risidagi murojaati rad
etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon
etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim
Umrbod ta ’minlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani
boshqa shaxsga berish shartnomasi bo'yicha uning predm eti b o ig an uy-
joyni (uy-joyning bir qismini), kvartira yoki im orat joylashgan hududda
tasdiqlanadi.
Uy-joy kodeksining 122-moddasiga asosan, um rbod ta ’m inlash sharti
bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnom asining predm eti
b o ig a n tu ra r joydan foydalanish shu shartnom a shartlariga m uvofiq
amalga oshiriladi.
S h a rtn o m a d a tu r a r jo y d an fa q a t t u r a r joyni boshqa sh ax sg a
berayotgan va uni olayotgan shaxs foydalanishi nazarda tutilishi, tu ra r
joydan foydalanish tartibi belgilab qo'yilishi yoki belgilanmasligi yoxud
tu ra r joyni foydalanish uchun uchinchi shaxsga (uchinchi shaxslarga)
b e rish yoki qonun yo‘l q o 'y a d ig a n b o sh q a ch a u su ld a fo y d ala n ish
belgilanishi mumkin.
Ushbu shartnoma bo'yicha uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa
shaxsga berish shartnomasiga muvofiq, oluvchi shartnom a amal qilib turgan
davrda asraluvchi tomonidan berilgan uyni (uyning bir qismini), kvartirani
sotishga, boshqa shaxsga hadya qilishga, uni ayirboshlashga haqli emas,
sh u n in g d e k u y -jo y (u y n in g b ir qism i) k v a rtira g a m u lk h u q u q in i
og'irlashtiradigan (xo'jasizlarcha) m unosabatda bolish, o'z vaqtida zarur
b o ig a n ta ’m irlash ishlarini olib borm aslik va hokazo. holatlarga yo‘1
qo'ymaslik lozim. Mazkur uy (uyning bir qismi) dan kvartira oluvchining
qarzlari bo'yicha haq undirishga ham yo'l qo'yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |